1. Fonetika nimani o‘rganadi?
2. Tovush va fonemaning farqini ayting.
3. Urg‘u nima? Uning qanday turlari bor?
4. Yozuv nima?
5. O‘zbek xalqi ajdodlari qaysi yozuvlardan foydalangan?
6. Orfografiya nima? Orfografiyaning asosiy imlo qoidalarini ayting.
7. Alfavit nima? Uning ahamiyatini ayting. O‘zbek yozuvining o‘ziga xos xususiyatlarini ayting.
8. Qo‘shib, ajratib, chiziqcha bilan yoziladigan so‘zlar imlosini tushuntiring.
9. “Leksikologiya” so‘zining ma’nosi va mohiyatini tushuntiring
Javob
Fikr gap orqali ifoda qilinadi. Gap, odatda so‘zlardan tashkil topadi. Gap tarkibida so‘zlar va shu so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi grammatik vositalar (qo‘shimchalar, yordamchi so‘zlar) ma’lum nutq tovushlari orqali shakllanadi. Masalan: Biz ulug‘ayyomni mana shu cho‘lda kutib olyapmiz (Y.Shamsharov). Bu gapni tuzishda biz, ulug‘ , ayyom, mana, shu, cho‘l, kutib, olmoq so‘zlari, ularning o‘zaro bog‘lanishini ta’minlovchi –ni (tushim kelishigi qo‘shimchasi), -yap (zamon ma’nosini ifodalovchi qo‘shimcha), -miz (shaxs-son qo‘shimchasi) qo‘shimchalari qatnashgan; har bir so‘z va qo‘shimcha esa nutq tovushlari vositasida (masalan, biz - b, i, z; ulug‘ - u, l, u, g‘ ; -ni - n, i; -da - d, a kabi) shakllandi. Ko‘rinadiki, nutq tovushlari so‘z va gaplarni tuzishda moddiy baza hisoblanadi, chunki inson tili tovush tilidir. Fonetika tilshunoslikning bir bo‘limi bo‘lib, unda nutq tovushlari, ularning hosil bo‘lishi, turlari, o‘zgarishi, urg‘u, bo‘g‘in, ohang kabilar o‘rganiladi. Fonetika grekcha phone so‘zidan olingan bo‘lib lug‘aviy ma’nosi tovush Nutq tovushlarining tasnifi
Nutq tovushlari ikki xil: unli tovushlar, undosh tovushlar. Bular quyidagicha farqlanadi: 1) unli tovushlar hosil bo‘lishida o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida hech qanday to‘siqqa uchramasdan o‘tadi, undosh tovushlarni hosil qilishda esa o‘pkadan chiqayotgan havo og‘iz bo‘shlig‘ida turli to‘siqlarga uchraydi va buning natijasida shovqin hosil bo‘ladi; 2) unli tovushlarni cho‘zib talaffuz qilish mumkin, undoshlarni esa cho‘zib talaffuz qilib bo‘lmaydi; 3) unli tovushlar talaffuzida tovush paychalari albatta titraydi, undoshlar talaffuzida esa tovush paychalari titrashi ham (jarangli va sonorlarda), titramasligi ham (jarangsizlarda) mumkin. 4. Bo‘g‘in o‘pkadan chiqib kelayotgan havo oqimiga berilgan bir zarb bilan aytiladigan tovushlar yoki ayrim bir tovushdir. Unli tovush bo‘g‘in hosil qiluvchi tovushdir. Shuning uchun so‘zda nechta unli tovush bo‘lsa, bo‘g‘inlar soni ham shuncha bo‘ladi. Masalan, adolat so‘zida uch bo‘g‘in bor: a-do-lat. Birinchi bo‘g‘in bir tovushdan, ikkinchi bo‘g‘in ikki tovushdan, uchinchi bo‘g‘in uch tovushdan iborat. Demak, bo‘g‘inlar bir tovushli, ikki tovushli va ko‘p tovushli bo‘lishi mumkin. Bo‘g‘inlar qanday tovushlar bilan boshlanishi va qanday tovushlar bilan tugashiga qarab turlarga ajratiladi. Qanday tovush bilan tugashiga ko‘ra ikki xil: 1) ochiq bo‘g‘in – bir tovushli yoki oxiri unli tovush bilan tugagan bo‘g‘in: o-vo-za, o-i-la, ba-ho, bi-no, de-le-ga-tsi-ya, ja-zi-ra-ma, Ra-hi-ma; 2) yopiq bo‘g‘in undosh tovush bilan tugagan bo‘g‘in: zarb-dor, zum-rad, id-rok. Bo‘g‘inlari qanday tovush bilan boshlanishiga ko‘ra ham ikki xil bo‘ladi: 1) berkitilgan bo‘g‘in undosh bilan boshlanadi: ta-lab, tinch-lik. 2) berkitilmagan bo‘g‘in unli bilan boshlanadi: o‘-qish, a’-lo.
Urg‘u
So‘z bo‘g‘inlaridan birining yoki gap tarkibidagi so‘zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq yoki cho‘ziqroq talaffuz qilinishi urg‘u deb ataladi. Urg‘u, odatda, bo‘g‘indagi unli tovushga tushadi. So‘z nechta bo‘g‘indan tuzilganligidan qat’i nazar, unda bitta urg‘u bo‘ladi (gap bo‘laklaridan birini ajratib ko‘rsatish ham xuddi shunday xususiyatga ega). So‘z tarkibidagi urg‘u olgan bo‘g‘in urg‘uli bo‘g‘in, urg‘u olmagan bo‘g‘inlar esa urg‘usiz bo‘g‘in deyiladi. Masalan: Sizlarning matonatli mehnatlaringiz Ulug‘ Vatan urushi yillaridagi muqaddas g‘alabamizni yaqinlashtirdi. (S. Karomatov) Bu gapdagi har bir so‘z o‘z urg‘usiga ega (chunonchi, «sizlarning» so‘zida uchta bo‘g‘in bo‘lib, oxirgi bo‘g‘in (-ning) urg‘u olgan; «matonatli» so‘zida to‘rtta bo‘g‘in bo‘lib, oxirgi bo‘g‘in (-li) urg‘u olgan va hokazo). Bundan tashqari, shu gap tarkibidagi sizlarning so‘zi boshqa so‘zlarga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinadi. Demak, har xil obyektga – so‘z tarkibidagi biror bo‘g‘inga ham, gap tarkibidagi ayrim so‘zga ham urg‘u tushishi mumkin. Shunga ko‘ra, urg‘u ikki turga ajratiladi: 1) so‘z urg‘usi (yoki leksik urg‘u) so‘z bo‘g‘inlaridan biriga tushadigan urg‘udir. Yozuvda urg‘u bo‘g‘indagi unli ustiga qo‘yiladigan maxsus belgi ( ´ ) orqali ko‘rsatiladi. Masalan: А́́slida insо́n tabiatní́ng oltindа́n hа́m bebahо́ mo‘jizasí́́́ -ku! Dunyodа́ insondа́n azí́z, insondа́n qimmatlí́ narsа́ bо́rmi o‘zí́? (O.Husanov). Leksik urg‘u so‘zning qaysi bo‘g‘iniga tushishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: a) bog‘liq urg‘u; b) erkin urg‘u. So‘zning leksik va grammatik ma’nolari So‘z nutq tovushlarining muayyan tartibda birikishidan hosil bo‘lib, ma’no anglatuvchi til birligidir. So‘zning tovush tomoni fonetikada, grammatik tomoni grammatikada, ma’no tomoni leksikologiyada o‘rganiladi. So‘zning barcha tomonlari nazarda tutilsa, u til va nutqning eng muhim elementlaridan biri ekanligi anglashiladi.
Til va yozuv
Til va yozuv o‘zaro uzviy bog‘liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo‘lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo‘lmaydi. Yozuv – jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. Yozuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko‘p hollarda yozuv tilning o‘rnini bosadi. Lekin til va yozuvning o‘ziga xos ahamiyatli tomonlari bor. Yozuv fikrni yetkazishda masofa jihatidan chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |