Xi bob. Dars ta’limida rivojlan- tirish texnologiyasi rivojlantiruvchi ta’lim nima?



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/54
Sana21.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504778
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54
Bog'liq
pedagogika-1

Darsga tayyorlanish
„Dars samaradorligi“ degan ifodada ikkita tarkibiy qismni
ko‘rish mumkin, bular: darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish va darsni
o‘tish mahoratidan iborat. Yomon rejalashtirilgan, yetarlicha
o‘ylanmagan, shoshilinch loyihalangan va o‘quvchilar imkoni-
yatlari bilan uyg‘unlashmagan dars yaxshi 
sifatli
bo‘lishi mumkin
emas.
Darsga tayyorlanish
— bu butun bir tadbirlar majmuasini
ishlab chiqish, ayni paytda pirovard natijani ta’minlaydigan o‘quv-
tarbiya jarayonini tanlashdir.
O‘qituvchining darsga tayyorlanishi uch bosqichdan iborat:
aniqlash

oldindan aytib
berish

loyihalash
(rejalashtirish). Bu
o‘rinda o‘qituvchining materialni yaxshi bilishi, o‘z fani doirasida
erkin fikrlay olishi ko‘zda tutiladi. U o‘z shaxsiy mavzuga oid
papkasini yoki ish kitobini yuritib, unga o‘zi dars o‘tadigan fan
sohasidagi eng yangi ma’lumotlarni to‘playdi, muammoli masala
va topshiriqlarni, test materiallarini jamlaydi. Òakror aytamiz,
muvaffaqiyatli dars o‘tish uchun o‘qituvchi amaliy va o‘quv
materialini ishonch bilan puxta egallagan bo‘lishi zarur.
Darsga puxta tayyorgarlik ko‘rish ishlari o‘quv axborotlarini
sinf imkoniyatlariga, yuqori samara beradigan bilish mehnati va
jamoa hamkorligini tashkil etishda qulay shart-sharoit (sxema) ni
baholash va tanlashga „moslashishga“ olib keladi. Dars berishning
oqilona shaklini tanlash uchun o‘quv mashg‘ulotini qat’iy ravishda
rejalashtirish zarur.
Uning asosida darsni tayyorlash algoritmi (qoidalar majmuyi),
barcha muhim omillar va holatlarni hisobga olishni kafolatlaydigan
izchil tadbirlar bo‘lishi zarur.
Demak, algoritm (qoidalar majmuyi)ni amalga oshirish
muayyan shart-sharoitlarni aniqlash bilan boshlanadi. Diagnostika
(aniqlash) bu — tarbiyaviy ishlarni loyihalash munosabati bilan
dars o‘tishdagi barcha vaziyatlarni „ochib“ berish bilan — o‘quv-
chilarning imkoniyati, ularning faoliyati va xulq-atvori motivlari,
o‘qitish darajasi talab qiladigan ehtiyojlar va ishtiyoqlari, qiziqish
va qobiliyatlari, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy
ahamiyati, darsning tuzilishi, shuningdek, o‘quv jarayonida butun
vaqtni qanday sarflanishini — tayanch bilimlarni takrorlash
(aktualizatsiya)ga, yangi axborotlarni o‘zlashtirishga, mustah-
kamlash va sistemalashtirishga, bilim, malakani tekshirish va


208
xatolarni to‘g‘rilashga ketgan vaqtni chuqur tahlil etish bilan
ifodalanadi. Ushbu bosqich mashg‘ulotlar samaradorligini
belgilovchi omillarning ta’sirini yorqin tasavvur etiladigan darsning
diagnostik kartasini vujudga keltirish bilan yakunlanadi.
Oldindan aytish bo‘lajak darsni o‘tishdagi turli variantlarni
baholash va ular orasidan eng maqbulini tanlashga qaratilgan.
Oldindan aytishning zamonaviy texnologiyasi dars samaradorligi
miqdoriy ko‘rsatkichlarini quyidagi yo‘llar bilan chiqarishga yordam
beradi. Darsning asl maqsadi bo‘lgan bilim (malakalar) hajmini
shakllantirish 100% deb qabul qilinadi. Unga to‘sqinlik qiluvchi
omillar, tabiiy ravishda bu ko‘rsatkichni pasaytiradi, yo‘qotishlar
kattaligi (u maxsus metodika orqali aniqlanadi) va u ideal natijada
chegirib tashlanadi, shunday qilib, pedagog o‘ylagan sxema bo‘yicha
dars samaradorligining erishishi mumkin bo‘lgan aniq ko‘rsatkichi
aniqlanadi. Agarda bu ko‘rsatkich o‘qituvchini qoniqtiradigan bo‘lsa,
u darsga tayyorlanishning yakunlovchi bosqichi — rejalashtirishga
o‘tadi. Qoniqtirmasa, o‘zgartirish mumkin bo‘lgan omillar vositasida
darsni tashkil etishning yanada mukammal sxemasini izlashga
majbur bo‘ladi.
Loyihalash
(rejalashtirish) — tayyorlanishning yakunlovchi
bosqichi bo‘lib, u o‘quvchilar bilish faoliyatini boshqarish dasturini
tuzish bilan tugaydi. Boshqarish dasturi bu — qisqa va aniq, erkin
tuzilgan hujjat bo‘lib, unda o‘qituvchi jarayonni boshqarishning
o‘zi uchun zarur o‘rinlarini qayd qiladi, kimdan va qachon so‘rash,
qayerda muammoni yuzaga keltirish, mashg‘ulotning keyingi
bosqichiga qanday o‘tish kerakligi, oldindan ko‘zlangan qiyinchi-
liklar paydo bo‘lganda jarayonni qanday sxemada qayta qurish
mumkin va boshqalar shular jumlasidandir. Boshqarish dasturi
darsning an’anaviy rejasida boshqarish ta’sirini aniq, ravshan
belgilash bilan farq qiladi.
Yosh o‘qituvchilar darsning reja-konspektini batafsil yozishlari
kerak. Bu qoida amaliyot talabi bo‘lib, undan hali biror o‘qituvchi
bo‘lajak darsni tashkil etishning har bir tafsilotigacha o‘ylab
chiqmasdan haqiqiy ustoz bo‘la olmagan. Qachonki, takror-takror
tuzilishlar odatga aylanib qolganda, rejaning hajmi muttasil kamaya
borib, u harakatlarning aniq dasturiga aylangandagina, qisqartirilgan
yozuvlarga o‘tish mumkin bo‘ladi.
Yosh o‘qituvchi rejasida quyidagilar aks etgan bo‘lishi kerak:
— darsning o‘tish sanasi va mavzu rejasiga muvofiq uning
tartib raqami;


209
— dars o‘tilayotgan sinf va dars mavzusining nomi;
— o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish va ularni rivojlantirish
maqsad va vazifalari;
— dars izchilligini ko‘rsatgan holda uning tuzilishi va har bir
bosqichlari bo‘yicha vaqt taxminiy taqsimlangan bo‘lishi;
— o‘quv materialining mazmuni;
— darsning har bir qismida o‘qituvchi tomonidan qo‘llanadigan
metod va ish usullari;
— dars o‘tish uchun zarur bo‘lgan o‘quv qurollari;
— uyga topshiriqlar.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish