F a n I n I n g f a n L a r a r o



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana20.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
etika fani javoblari

Qadimgi 
Sharqdagi 
dastlabki 
estetik tasavvurlar 
 
Shumer va Bobil.
Shumer insoniyat tarixidagi hozirgacha bizga ma‘lum bo‘
lgan ilk qudratli davlat bo‘lgan.
SHubhasizki, miloddan avvalgi IV ming yillikda bu davlatning qudrati uning
madaniyatida, fuqarolarining badiiy-
estetik darajasida hamda badiiy-
estetik faoliyatida namoyon bo‘lgan. Shumerliklar birinchi bo‘lib yozuv
ni kashf
etdilar va giltaxtachalarga qamish qalamlar bilan ilk rivoyatlarni, ilk nasih
atlarni yozib qoldirdilar. SHuni alohida
ta‘kidlash joizki, hech bir qadimgi madaniyatdan bizning davrimizgacha b
u qadar ko‘p sonli yozma hujjatlar etib
kelgan emas. San‘at namunalarining ko‘pligi jihatidan Somirni ancha o
rqada qoldiradigan Misr madaniyati ham
yozma yodgorliklar borasida Somirga yon beradi. Chunki misrliklar yozib q
oldirgan minglab papiruslar chirib,
yonib, yo‘qolib ketgan, shumerliklarning giltaxtalardagi yozuvlari esa saqlanib
qolgan, hozir ham ularni qumlar
ostidan topib, sharhlash davom etmoqda.
Qadimgi Somirdagi dastlabki estetik g‘oyalar haqida gap ketganda, eng avval
o undagi tasviriy


san‘atning ilk namunalariga to‘xtalib o‘tish joiz. Qadimgi Shumer tasviriy san‘a
ti asosan muhrlar, idish - 
tovoqlardagi rasmlar va releflardagi tasvirlardan iborat. Bular orasidagi eng
qadimiysi va bizgacha ko‘p
miqdorda etib kelgani muhrlardir. Ilk sulolalar davridayoq Somirda tosh o‘y
makorligining badiiy -estetik
tamoyillari ishlab chiqilgan va mustahkamlangan, sayqal berish texnikasi muk
ammallasha boshlagan.
SHuning uchun ularga faqat moddiy madaniyat namunalari emas, balki san‘at
yodgorliklari sifatida ham
qarash maqsadga muvofiq. Shumer muhrlariga razm solgan har bir inson ula
rda asotir yoki xalq og‘zaki
ijodiga doir syujetning ifodasini ko‘radi: qanotli ajdaholarning u stida turgan erk
ak bilan ayol, etti boshli
ajdahoni o‘ldirayotgan pahlavon, xayoliy mavjudotlar – qush-odam va odam-
arslon ustidan olib
borilayotgan sud va boshqa tasvirlar shular jumlasidandir. Qisqasi, ularda go‘
zallik va xunuklik,
ulug‘vorlik va tubanlik, xayoliylik va mo‘‘jizaviylik haqidagi dastlabki tasavvurlar
ni ilg‘ash qiyin emas.
Shumerliklarning falsafiy-estetik qarashlariga kelsak, ularda falsafiy-
kosmologik yoxud ilohiyotga, yoxud
nafosatshunoslikka bag‘ishlangan risolalar qabilidagi maxsus adabiy shakllar b
o‘lgan emas. Bunday qarashlarni
(albatta ibtidoiy holda) bizgacha to‘liq yoki qisman etib kelgan asotirlarda uc
hratish mumkin. Shumerliklardagi
estetik tasavvurning paydo bo‘lishi va, umuman, nafosatli tafakkurning kelib chiqis
hi asotirnomaga (mifologiyaga)
borib taqaladi. Ma‘lumki, qadimgi odam oldida turgan turli xil masalalardan
biri estetik tabiatga ega bo‘lish
muammosi edi. Bu muammoni o‘ziga xos tarzda hal etish uchun u dastlabki usul –
mifologiyadan foydalandi. SHu
bois asotirlarni inson yaratgan ilk nafosat konstepstiyasi, falsafiy umumlashma de
b atash mumkin; faqat u nazariy
emas, balki badiiy, timsoliy shaklda ifodalangan. Zotan asotirlardagi badiiy angla
shda inson o‘zi haqida, o‘zining
real borliq go‘zalligi bilan bog‘liqligi haqida fikr yuritishga ilk bor intiladi. Boshq
acharoq qilib aytganda, asotirlar
qadimgi tarixda birinchi marta olamni 
badiiy-
estetik borliq sifatida taqdim etadi. Dastlabki faylasuflar (agar shunday
deyish mumkin bo‘lsa) mirza-
xattotlar va shoirlar ekanini ilg‘ash qiyin emas. Mirza-


xattot va shoirlar asotirlarni
yozib olishar hamda yozar ekanlar, ular uchun asosiy maqsad ma‘budlar va
ma‘budlarni a‘mollarini ulug‘lash
bo‘lgan. Keyingi davrlar faylasuflari kabi ularni muayyan kosmologik yoki il
ohiyotga oid haqiqatlar qiziqtirgan
emas. Asotirlarni tadqiq etish shuni ko‘rsatadiki, shumerliklar badiiy-
estetik anglash orqali insoniyat jamiyatining
tadrijiy va izchil 
rivojlanishi 
haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lganlar.
Shumer ma‘budlari antropomorf (odam qiyofali). Ular ichida eng donishmand va e
ng qudratlisi ham o‘z qiyofasi,
orzu-
o‘ylari va a‘mollari bilan odamlarga o‘xshaydi. Ma‘budlar odamlarga o‘xshab rejal
ar tuzadi, harakat qiladi, ichadi,
eydi, uylanadi, oila quradi, katta xo‘jalikni boshqaradi, ilohiy zaifliklar va kasallikl
arga ham duchor bo‘ladi, hatto o‘ladi
ham. Zero ularning ulug‘vorligi va go‘zalligi odamlarga nisbatan olib qaraladi.
Qadimgi shumerliklarda «Me» tushunchasi mashhur bo‘lgan. «Me» ilohiy qo
nun va ko‘rsatmalar majmui
bo‘lib, Shumer faylasuflari fikricha, bu qonun –
qoidalar olam yaratilgan kundan boshlab uni boshqarishni va
olamning abadiy harakatini ta‘minlab kelganlar. Unda «ulug‘vor va abadiy to
j», «ulug‘vor ramz», «ulug‘vor
ibodatxona», «san‘at», «musiqa», «yog‘ochni ishlash san‘ati», «metallni ishlas
h san‘ati» «mirzalik (xattotlik)
san‘ati» singari nafosatshunoslik tushunchalarini anglatuvchi iboralar ham ma
vjud. SHunisi e‘tiborga sazovorki,
qadimgi shoir-
faylasuf san‘at bilan hunarni ajratishga harakat qiladi. Chunonchi, «yog‘ochso
zlik san‘ati» bilan
yonma-
yon «quruvchilik hunari» va «savatchilik hunari», «temirsozlik san‘ati» bilan
yonma-yon «temirchilik
hunari» iboralari keladi. Bundan tashqari, unda besh xil musiqa asbobining nomi 
ham qayd etilgan.
Shunday qilib, Shumer san‘ati va adabiyoti insoniyat tarixidagi dastlabki estetik g‘
oyalardan va iboralardan
bizni 
xabardor qiladi
, bizga ba‘zi janrlarning kelib chiqishi 
bilan tanishish imkonini 
beradi.
Shumerliklar va ularning shimoliy qo‘shnisi bo‘lmish akkadlar asrlar mobayni
da olib borgan janglar
oqibatida akkadlar podshosi Sargon I (milodgacha 2369-
2314 yillar) Somirni Akkadistonga bo‘ysindiradi. Dastlab


akkadlar Shumer tilini ham, yozuvini ham qabul qiladilar va birgalikda somi
r-akkad madaniyatini yaratadilar.
Keyinchalik bu ikki xalq qo‘shilib, Bobil davlatini tashkil etadi, akkad tili esa aso
siy tilga aylanadi. SHunda ham
Shumer tili maktablarda o‘qitiladigan o‘lik til, Yevropaliklar uchun lotin tili qanda
y bo‘lsa, shunday til 
bo‘lib qoladi.
Umuman olganda, qadimgi 
Sharq madaniyati 
ko‘ptillilik yoxud ikki 
tillilik asosida bunyodga kelgan.
Bobil so‘z san‘atida «Enuma elish» («Osmonda qachonki...») dostoni, Agusha
yya, Gilgamesh, Adan, Etana,
«Ishtarning qa‘rga tushishi» haqidagi epik dostonlar, «Iztirobda qolgan haqgo‘y», 
«Xo‘jayinning qul bilan suhbati» singari
diniy-
falsafiy dostonlar muhim ahamiyatga ega. Ularning hammasidagi asosiy g‘oy
a – hayot va mamot o‘rtasidagi
kurashdan iborat. «Xo‘jayinning qul bilan suhbati» deb atalgan doston ular orasida 
kulgililik tabiatiga ega ekanligi bilan
alohida ajralib turadi. Unda xo‘jayinning har bir buyrug‘i oqilona ekanini maqollar
va matallar bilan asoslashga intilgan
qul – oqil, quv xizmatkor qiyofasi tasvirlangan. Bu suhbat-
aytishuv deyarli oxirigacha kulgililik bilan yo‘g‘rilgan. Faqat
uning nihoyasidagina hayot joniga tekkan xo‘jayin «Endi nima yaxshi?» deb 
so‘raganida qul: «Bo‘ynimni mening
sindirmoq va bo‘yningni sening sindirmoq va daryoga tashlamoq, ana bu yaxshi. K
im shuncha balandki, osmonga esta,
kim shuncha ulkanki, erni to‘ldirsa!», –
deydi. G‘azablangan xo‘jasi qulga o‘ldiraman, deb do‘q uradi. Doston-suhbatda
so‘nggi so‘z qulga beriladi va u: «Unda mening xo‘jam mendan uch kun ortiq yash
asin», – deb o‘zini qutqaradi.
24.

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish