108
5.3-rasm. Chernobil 30 km li zonasidagi radiatsiya miqdori (2017 y.).
Yangi sarkofagning uzunligi 257 m, kengligi 150 m va balandligi 108 m
bo‘ladi. U 100 yilga hisoblangan. Uzoq yashovchi radiaktiv moddalarning
parchalanish davrini hisobga olganda yopilib ketgan sarkofagdagi radiaktiv moddalar
uchun 100 yil hech narsa emas. Masalan plutoniy faolligi 24 ming yilda 2
marta
kamayadi. Avariya bo‘lgan reaktordagi odamni o‘ldirish darajasidagi xavflilik 24
ming yilda ham saqlanib qoladi deb tushunish mumkin.
5.4. Radiatsion xavfli obyektlardagi avariyalarning umumiy tavsifi
Radiatsion xavfli inshoot (RXI) - muassasa bo‘lib, unda sodir bo‘lgan halokat
tufayli ommaviy radiatsion zararlanish holati vujudga kelishi mumkin. Bu turdagi
xavfli obyektlarga fuqaro muhofazasining shayligini ta’minlash uchun Qonunning 2-
moddasida bayon etilganidek radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustida
kuzatish
va laboratoriya nazorati olib borish lozim.
Radiatsion havfli inshootlar toifasiga quyidagilar kiradi:
-yadro yoqilg‘isi korxonalari: uran va radiokimyo sanoati, radioaktiv
chiqindilarni qayta ishlash va ko‘mib yo‘q qilish joylari;
-atom stansiyalari:
atom elektr stansiyalari, atom issiqlik elektr stansiyalari,
atom issiqlik qurilmalari;
-yadroviy energetik uskunali obyektlar (YAEU): kema YAEU, kosmik YAEU,
askarlik YAEU;
-yadro jangovar zahiralari va ularni saqlash joylari.
Radiatsion avariya – bu jihozlarni buzilishi tufayli, ishchi (xodim)larni noto‘g‘ri
faoliyatlari sababli, tabiiy ofat yoki boshqa sabablar tufayli
odamlarni belgilangan
109
me’yordan ortiq nurlanishga yoki atrof muhitni radioaktiv ifloslanishiga olib keluvchi
ionlashtiruvchi nurlanish manbaining boshqaruvini yo‘qotishdir.
Radiatsion havfli inshootda avariyalar quyidagilarga bo‘linadi:
-loyihaviy radiatsion avariya – bular uchun loyiha bo‘yicha boshlang‘ich va
oxirgi holat oldindan belgilangan va xavfsizlikni ta’minlash tizimi oldindan
belgilangan bo‘ladi, demak, avariya oqibatlari oldindan bashorat qilingan bo‘ladi.
-loyihadan tashqari radiatsion avariya – xodimlarning og‘ir
oqibatlariga olib
keluvchi hato qarorlari bilan bog‘langan, xavfsizlikni ta’minlash tizimining buzilishi
bilan bog‘liq oldindan noma’lum oqibatlarga olib keluvchi avariyalar.
Ifloslanish ko‘lami bo‘yicha radiatsion avariyalar quyidagicha bo‘ladi:
-cheklangan (lokal) – bunda radiatsiyaviy xavfli inshootda yo‘l qo‘yilgan
nosozlik tufayli, radioaktiv xossaga ega bo‘lgan moddalar shu inshootdagi uskunalar
chegarasida bo‘lib, tashqariga chiqmagan;
-
mahalliy – bunda radioaktiv xususiyatga ega bo‘lgan moddalar miqdori yuqori
bo‘lib, sanitar himoya hududida tarqalishi mumkin va zarari yuqori bo‘ladi. O‘z
miqdoriga ko‘ra shu radiatsion xavfli inshoot uchun belgilangan me’yoriy miqdordan
oshiq bo‘lib, radioaktivlashgan holatning ta’siri katta hisoblanadi;
-
umumiy – radiatsiyaviy xavfli inshootda sodir bo‘lgan nosozlik tufayli halokat
katta xududga tarqalishi va odamlarning nurlanishiga olib keladi.
Radiatsion avariya holatida asosiy
Do'stlaringiz bilan baham: