105
ketishi faol zonada harorat va bosimni hamda issiqlik tashuvchi konturida keskin
oshib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu reaktor binosini buzilishi
bilan reaktorni issiqlik
portlashiga sabab bo‘ladi.
Portlashning sababi vodorod bo‘lishi mumkin. U issiqlik ajratuvchi elementlar
bilan suvning o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lgan. Hosil bo‘lgan kislorod bilan birikib
portlash xavfli aralashma hosil qiladi, ya’ni suvning vodorod
va kislorod holatiga
o‘tishi sodir bo‘lgan.
Portlash oqibatida ko‘plab yong‘inli joylar hosil bo‘lgan. Bu issiqlik ajratuvchi
elementlarni eritib yuborgan. Erigan qismlarning harorati 2000 °C dan oshib ketgan.
Bundan tashqari olov neytronlarni sekinlashtiruvchi grafitlar blokini egallagan.
Natijada yadro eritmalaridan ajraladigan va keyinchalik atmosferaga chiqarilgan
parchalangan radioaktiv moddalarni o‘ziga tortgan olov bo‘roni yuzaga kelgan.
4-energiyablokning faol zonasida 200 t uran, shu jumladan 3 t uran-235 izotopi
bo‘lgan. Stansiya hududiga ko‘p miqdorda radiaktiv chiqindilar(elementlar) otilib
ketgan. Energiyablok atrofidagi radiatsiya darajasi 200 R/soat ga, reaktorning 200 m
ust balandligida 340 R/soat ga etgan.
Osmonga ko‘tarilgan gaz aerozol aralashmasi 1.5 km gacha borgan va shamol
yo‘nalishi bo‘yicha tarqalgan. Hammasi bo‘lib havoga 300
atrofida radionuklidlar
chiqqan, shulardan
90
Sr,
137
Cs,
131
I,
95
Zr,
140
Va lar ham.
Buzilgan reaktordan chiqayotgan radiaktiv moddalarni bartaraf qilish maqsadida
unga 2,5 ming tonna qum, 1,5 ming tonna qo‘rg‘oshin, 60 tonna bor moddalar
tashlangan. Bu ishlar salbiy natija bilan yakunlanadi.
Materiallarni reaktorga
balandlikdan tashlash va uni tushishi jarayonida atmosferaga ko‘p miqdorda radiaktiv
chang tarqalgan. Qo‘rg‘oshin va qum yuqori haroratda erib birikishi natijasida qattiq
birikma(korka) hosil bo‘lgan. Uning ostida qolgan gaz to‘siqni yorib chiqishi
natijasida atmosferaga ko‘p miqdorda changni chiqargan.
Reaktor portlab ketmasin degan maqsadda unga ko‘p miqdorda suv quyilgan.
Reaktor ostida 10 ming m
3
atrofida suv to‘plangan. Yuklar ta’sirida reaktorning suvda
portlash xavfi sodir bo‘lgan. Kuchli issiqlik portlashi bo‘lishi mumkin edi.
Suvni
tezdan chiqarib tashlash va reaktorga yuk tashlashni to‘xtatish tadbiri bajarilishi
bilan xavfning oldi olingan.
Etarli darajada eksperiment sharoitida ishlovdan o‘tkazmasdan qabul qilingan
qarorlar qabul qilinsa yuqorida ko‘rsatilganlardan battar va og‘ir oqibatlar yuz berishi
mumkin.
106
Chenobil AES to‘g‘risidagi rasmiy ma’lumotlarni axborot vositalarida etarlicha
berilgan emas. Uning og‘irlik darajasini o‘rtachadan past qilib ko‘rsatilgan.
AES dagi holat bo‘yicha qilingan ishlar 2 hafta natijasi bo‘yicha
avariya
bo‘linmalari tomonidan faqat erib ketgan reaktorni nazoratga olingan, bu bilan yirik
masshtabli radiaktivlikni chiqib turishi, portlashni qaytalanishi,
erigan materiallarni
fundament orqali faol zonaga kirishini oldi olingan.
Avariyaning birinchi oyida 30 kishi atrofida odamlar nur kasalidan o‘lgan.
Nofaollashtirish ishlari 1987 yilgacha davom etgan. Bu ishlarda ishtirok etish uchun
xoxlovchilar topilmay, unga majburiy ravshda ishlovchilar jalb etilgan, shu jumladan
harbiylarni ham.
Buzilgan reaktor ustidan beton sarkofag (qoplama) qurilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: