3. Monografik usul.
Bu usulning mohiyati shundaki, baxtsiz hodisa yuz byergan ayrimssex,
uchastka yoki ishlab chiqarish xonasi chuqur va har tomonlama o‘rganiladi. Asosiy diqqat-e’tibor
texnologik jarayonlarning cheklanishi, ayrim ish usullari, ishlab chiqarishning xavfli lahzalari va
sanitariya-gigiyenik mehnat sharoitiga qaratilishi kerak. Bu usulda korxonalarda ruy byergan baxtsiz
hodisalar, avariyalar va kasb kasalliklarining sabablari aniqlanadi va o‘rganiladi.
Xuddi shunday tahlillar turdosh korxonalar bo’yicha ham o‘tkaziladi.
Monografik usul ishlab chiqarish sharoitida kelib chiqishi mumkin bo‘lgan potensial baxtsiz
hodisalarni aniqlash imkoniyatini beradi. SHuningdek, ko‘rilayotgan yoki loyihalanayotgan turdosh
korxonalarda shunga o‘xshash baxtsiz hodisalarning kelib chiqmasligini ta’minlashga harakat qilinadi.
Bu usul xulosalari asosida loyihalanayotgan sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni o‘zgartirish
va mukammallashtirish chora-tadbirlari ko‘riladi.
4. Ergonomik usul.
Bu usulda mehnat turlarining o‘ziga xos tomonlari ergonomik omillarning
mehnat xavfsizligiga ta’sir darajasi baholanadi.
5. Iqtisodiy usul.
Bu usulda ishlab chiqarishdagi jarohatlanishdan keltirilgan iqtisodiy zarar,
shuningdek, mehnat xavfsizligiga sarflangan mablag‘ning to‘g‘ri taqsimlanishi baxtsiz voqeani oldini
olishga ketgan harajatlarni samaradorligi aniqlaniladi. Bu usul qo‘shimcha usul bo‘lib hisoblaniladi
chunki u baxtsiz hodisalarni aniqlashga imkon bermaydi.
Mehnat sharoitlari ish jarayonida inson salomatligi va ishga layoqatliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi
ishlab chiqarish muhiti omillari yig’‘indisidir. Mehnat sharoitlari shikastlanishlar va kasb kasalliklari
yuzaga kelishi uchun har qanday shart-sharoitni istisno etish kerak. Mehnat sharoitlarini tashkil
qiluvchi omillar odatda 4 ta asosiy guruhga bo‘linadi.
Jarohatlanish va kasb kasalliklarining sabablarini tahlil qilish.
Baxtsiz hodisalarni qayd qilish va hisobga olish bilan baxtsiz hodisalarning sabablarini aniqlab
bulmaydi, bu faqat baxtsiz hodisa sabablarini aniqlash uchun material bo‘la oladi. Ishchining ish
sharoitida ishlash faoliyatini o‘rganish uning ishlash qobiliyati bilan ish vaqti o‘rtasida bog‘lanish
borligini aniqlash imkoniyatini beradi
.
4.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishlarini
tekshirish va hisobga olish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi
286-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar
salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish” to‘g‘risidagi nizomi asosida olib
boriladi.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning barcha shakllaridagi
korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda, shuningdek, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan ayrim
fuqarolarda mehnat faoliyati bilan bog‘liq holda yuz bergan hodisalarni va xodimlar salomatligining
boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olishning yagona tartibini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |