216
ФИО автора:
Babayeva Feruza Uralovna
Qo’qon shahar kasb-hunar maktabi o’qituvchisi
Название публикации:
«IQTISODIYOTDA
RAQOBATBARDOSHLIKNI
OSHIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»
Annotatsiya:
Raqobat – ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha
sub’yektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatni ifodalaydi. Raqobat – bozor
sub’yektlari iqtisodiy manfaatlarning to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi
yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Raqobat
mavjud bo‘lishining boshqa shartlaridan biri tovar-pul munosabatlarinig ma’lum
darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidan dalolat beradi.
Kalit so’zlar:
Raqobat, Tovar, bozor konyukturasi, monopoliya,
texnik
taraqqiyot, xususiylashtirish, resurslar, innovatsion vazifa.
KIRISH
Mamlakatimizda keyingi yillarda taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam
qo‘yildi. Iqtisodiyotda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, modernizatsiya,
tarkibiy o‘zgarish va diversifikatsiya natijasida yangidan-yangi zamonaviy tarmoqlar
va ishlab chiqarish quvvatlari, yangi energiya manbalari, turli xil infratuzilmalar,
yo‘llar, transport vositalari ishga tushirilmoqda.
Milliy valyutamizni erkin
konvertatsiya qilishga kirishildi. Bu o‘zgarishlar va xalqimizning fidokorona mehnati
natijasida yaratilayotgan mahsulot va ko‘rsatilayotgan xizmat turlari hajmi ko‘payib,
sifati tubdan yaxshilanib borishiga, aholi daromadlari va turmush darajasining keskin
o‘sishi, ularning ijtimoiyiqtisodiy faolligi ertangi kunga bo‘lgan ishonchining tobora
oshib borishiga olib kelmoqda.
Ayni paytda, mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlis
palatalarining qo‘shma majlisida va boshqa qator majlislarda so‘zlagan nutqlari va
qilgan ma’ruzalaridan, qabul qilingan yangi farmonlar va qarorlardan hamda Oliy
Majlisga
murojaatnomasidan, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
217
bo‘yicha qabul qilingan strategik vazifalardan bizga shu narsa ma’lum bo‘lib turibdiki,
mamlakatimizda erishilgan ulkan yutuqlar bilan bir qatorda o‘z yechimini topmagan
murakkab muammolar, hal qilinishi lozim bo‘lgan o‘ta dolzarb va qiyin vazifalar juda
ko‘p ekan.
Mamlakatimiz prezidenti takidlaganidek, “oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l
turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va
unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak,
albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi”.
Bugungi kunda dunyoning turli mintaqalarida sodir bo‘layotgan
qaramaqarshiliklarning
kuchayib
borishi,
jahon
bozorida
vaziyatning
tez
o‘zgarayotgani dunyoning ko‘plab mamlakatlarida investitsion
faollikning susayishi
real iqtisodiyotda ishlab chiqarishning o‘sish sur’ati susayishi ro‘y berib, jahon
bozorida xarid talabining kamayishi davom etmoqda, ishsizlik darajasi yuqoriligicha
qolmoqda, ijtimoiy keskinlik kuchaymoqda. Bundan tashqari mamlakatimizdagi ayrim
sohalar, tarmoqlar va kompaniyalarda eksport hajmi kamayib, import hajmi oshib
ketishi, ko‘plab kapital mablag‘lar sarflanishiga qaramay
ishlab chiqarish hajmi va
mehnat unumdorligining sust o‘sishi fantexnika taraqqiyoti yuz berib, yangi texnika va
texnologiyalarning kirib kelishiga qaramay ketgan xarajatlar va mahsulot tannarxi
pasayish o‘rniga aksincha, oshishi holati yuz berishi kabi noxush holatlar sodir bo‘lib
turibdi. Bu holatlar mamlakatimiz oldida turgan keng ko‘lamli dasturiy maqsad va
vazifalar – islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish iqtisodiyotni modernizatsiyalash,
diversifikatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish, xususiy mulk, xususiy tadbirkorlikni
kuchaytirish, iqtisodiy rivojlanish yo‘lida g‘ov bo‘lib turgan barcha to‘siq va
cheklovlarni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
qisqa va uzoq muddatga belgilangan strategik vazifalar
va muammolarni hal etish
uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishni talab qiladi.
Bozor iqtisodiyoti o’zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’i
nazar, raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo qiladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyoti
rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini
218
o‘zgartirib boradi. Muhtaram birinchi prezidentimiz I.A. Karimov raqobatning bozor
iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib: “Raqobat bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo
etib bo‘lmaydi. Raqobat – raqobat bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki,
uning
qonunidir”, deb ta’kidlaydi. Raqobat – bozor sub’yektlari iqtisodiy manfaatlarning
to‘qnashuvidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega
bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Aksariyat hollarda raqobatning bevosita tovarlar
yoki tarmoqlar o‘rtasidagi kurash sifatida ta’riflaydilar: “Tovarlar hamda ularning
ishlab chiqaruvchilari – firmalar,
tarmoqlar, mamlakatlar o‘zaro raqobatlashadilar.
Shunga ko‘ra, raqobat va raqobatbardoshlikni ham tovarlar, ham tovar ishlab
chiqaruvchilarga nisbatan ko‘rib chiqish mumkin”.
Do'stlaringiz bilan baham: