Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Литература:
1.Научная электронная библиотека; Монографии, изданные в издательстве 
Российской Академии Естествознания. 
2.
Сидоров С.В. Теоретическая педагогика 

3.
Авторское дидактическое пособие по сенсорике для детей
“разложи по 
цветам”. 


92 
4.
Современные 
педагогические 
технологии 
https://kp-
muk1.edu.yar.ru/metodicheskie_rekomendatsii/sovremennie_pedagogicheskie_teh 
nologii.html


93 
ФИО авторов: 
Utepbergenov Maxset Sadikbaevich 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
yuridik texnikumi direktori 
Odilov Farxodjon Komiljon Oʻgʻli 
Qoraqalpogʻiston Respublikasi 
yuridik texnikumi oʻquvchisi 
Название 
публикации:
«KONSTITUTSIYASIYANING 
YOSHLAR 
TAQDIRIDAGI OʻRNI VA AHAMIYATI» 
Anotatsiya. 
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yoshlar tarbiyasi taqdiri va ularning 
kelajagida tutgan oʻrni va ahamiyati borasidagi tushunchalar.
Kalit so
ʻ
zlar. 
Konstitutsiya, Inson huquqlari va erkinliklari, tarixiy tajribalar, Fuqarolik jamiyati
Yoshlarga oid davlat siyosati, Demokratiya tamoillari, Yoshlar huquqlari. 
Konstitutsiya- inson huquq va erkinliklarining yuksak ifodasi. Unda davlatdan oldin inson omili 
birinchi oʻringa qoʻyiladi. Inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz 
huquqlari oliy qadriyatlar deb eʼlon qilindi. Mustaqil Oʻzbekistonning Konstitutsiyasida lX asr 
oxirlarida yashab ijod etgan Forobiyning "Fozil odamlar shahri", Yusuf Xos Xojibning "Qutadgʻu 
bilig", Sohibqiron Amir Temurning "Temur tuzuklari" asarlari qolaversa butun jahon 
Konstitutsiyasiyaviy tajribasi oʻrganilib, mukammal tartibga kelguncha qayta tuzatishlar va 
yangilanishlar orqali hozirgi biz koʻrib turgan yetuk holga keltirildi. Konstitutsiyasiyamizda ayni 
oʻtgan tarixiy tajribalarga tayangan holda ishlanganligining sababi shuki, chunki ular oʻz davrida 
davlatni odilona boshqarish, mamlakat osoyishtaligini saqlash, xalq manfaatlarini ifoda etishga 
qaratilgan edi. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish uchun esa Amir Temurning "Kuch -adolatda", degan 
soʻzlari shior qilib olindi. Har bir yosh avlodning oʻz huquq va erkinliklarini bilishi, burchlarini ado 
etishi, oʻzlarining vazifalari ekanligini toʻgʻrisidagi tushuncha oʻz aksini topgan. Konstitutsiya 
jamiyat yuksalishining nurafshon yoʻlida mayoq vazifasini oʻtab kelmoqda. 
"Oz-oz oʻrganib boʻlur", -deydi donolar. Albatta yoshlarning oʻz konstitutsiyaviy huquqlarini 
bilishi demokratik huquqiy davlat barpo etishning asosiy omilidir. Bilim olish, malakali tibbiy 
xizmatdan foydalanish, erkin kasb tanlash, har kim mulkdor boʻlishga haqli ekanligi, har kimga ilmiy 
va texnikaviy ijod erkinligini bevosita berilishi va boshqa bir qator huquq erkinliklarning qonun yoʻli 
bilan muhrlab qoʻyilishi, oʻsib kelayotgan yosh avlodni oʻz imkoniyatlarini va qobiliyatini, 
salohiyatini erkin namoyish qilish uchun bevosita sharoit yaratib berildi. Qolaversa xotin-qizlar va 
erkaklar teng huquqliligi, ham intiluvchan bilimli tajribali oʻziga ishongan ayol va qizlarning ham 
davlat boshqaruvi tuzilmasida oʻz oʻrniga ega boʻlish huquqini berdi. Oila - bu jamiyatning asosiy 


94 
boʻgʻinidir. Undagi farzandlar millatning, davlatning, kelajagi sifatida kamol topadi. Konstitutsiyada 
bu borada alohi bob mavjud boʻlib, unda ota - otaning farzand oldidagi va farzandlarning ham oʻz ota 
- onalari oldidagi burch va masʼuliyatlari aks etgan.
Shu bilan birga ushbu qonunda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari boʻlgan mahalla 
va uning vakolatlariga alohida oʻrin ajratilgan. Bu ham aslida ertangi fuqarolik jamiyati asoslarini, 
demokratiya tamoyillarini rivojlantirishning, mustahkamlashning yorqin ifodasi hisoblanadi. 
Shuningdek Konstitutsiyasiyada tarixiy madaniy yodgorliklarni asrab avaylashi kerakligini aytib 
oʻtilgan, ayni paytda oʻsib kelayotgan yosh avlod bu vazifani ham qadriyatlarlarini ulugʻlagan holda 
bajarishi kerak hisoblanadi. Bunga qoʻshimcha tarzda atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda 
boʻlish kerakligi aytiladi. Oʻzining yashayotgan yurtini, vatanini obodligi va musaffoligini asrash 
aslida sharaf hisoblanadi. 
Konstitutsiyada oʻrnatilgan qonun qoidalar, huquq va erkinliklar, burchlar, majburiyatlar 
Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqaronisining va ayniqsa endi maydonga qadam qoʻyib borayotgan
yoshlarni oʻz haq-huquqlarini anglab olishida va shu asnoda oʻz huquqlarini har qanday joyda 
munosib himoya qila olishida juda katta roʻl oʻynaydi. Konstitutsiyada umumiy maʼnoda 
mamlakatning, xalqning, hayot qoidalarini belgilaydi. Bolalarning, yoshlarning huquqlari alohida 
ajratib koʻrsatilgan Konstitutsiya boshqa meʼyoriy huquqiy hujjatlar uchun asos boʻlib xizmat qiladi. 
Barcha qonun va kodeklarning maxsus moddalari yoshlarning alohida huquqlarini qayd etadi. Shu 
jumladan, Konstitutsiyada inson, uning hayoti, erki, oʻz nomusi, sohani qadr-qimmati va boshqa 
ajralmas huquqlari oliy qadriyat deb eʼlon qilingan. 
Yuqorida keltirilgan barcha Konstitutsiyasiyaviy qoidalar va normalar asosida, va ularning isboti 
ham amaliy koʻrinishi sifatida mamlakatimizda "Yoshlarga oid davlat siyosati" tizimi belgilandi 
uning asosiy vazifa va ustuvor vazifalari uning umumiy qoidalarida belgilab qoʻyilgan yani: 
yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib, uning 
maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida 
imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan 
shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga asoslanadi: 
millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar, yoshlar 
to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish; 
yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish; 
milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi; 
yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, 
yoshlar O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlay 
olishlariga kafolat berish; 


95 
jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni ishlab 
chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi; 
huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligidir. 
Shuningdek yoshlarga oid davlat siyosati sohasida O‘zbekiston Respublikasi tasarrufiga 
quyidagilar kiradi: 
respublika hududida yoshlarga oid davlat siyosatining ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy va tashkiliy 
asoslarni belgilash; 
yoshlarni ijtimoiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va ta’minlash; 
yoshlarga oid davlat siyosati boshqaruv idoralarini tuzish; 
yoshlarga oid davlat siyosati sohasida respublika kompleks va aniq maqsadli dasturlarini ishlab 
chiqish hamda amalga oshirish; 
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga mo‘ljallangan moliyaviy mablag‘larni tasarruf 
etish; 
respublika yoshlarining manfaatlarini O‘zbekistonning respublikalararo va xalqaro 
majburiyatlari doirasida ifodalash; 
respublika hududida yoshlarning va ular birlashmalarining ijtimoiy munosabatlarini huquqiy 
jihatdan tartibga solish; 
respublika yoshlarining, yoshlar jamoat uyushmalarining tashabbuslarini iqtisodiy, huquqiy va 
tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; 
hamma huquq subyektlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida yoshlarga nisbatan 
belgilab qo‘yilgan majburiyatlarga rioya etishlarini nazorat qilish, O‘zbekiston Respublikasida 
yoshlarga oid siyosatni shakllantirish hamda amalga oshirishning boshqa masalalari hisoblanadi. 
Albatta bu tizimning tartibga solish va uning oʻz mehanizmi maqsadi va vazifalarini hamda 
vakolatlarini belgilash borasida Konstitutsiyasiya asosida "Yoshlarga oid Davlat siyosati 
toʻgʻrisidagi" Oʻzbekiston Respublikasi qonuni ishlab chiqilgan va shu sohani tartibga solib 
kelmoqda. 
Xulosa qilib aytganda Konstitutsiya yoshlarning kelajagi, ertangi kunidagi va huquqiy davlat va 
fuqarolik jamiyati qurish yoʻlidagi chinakam huquqlari qoʻrgʻoni va erkinliklarining ishonchli 
kafolatidir. Qaysi sohada boʻlmasin har bir yosh avlod birinchi oʻrinda Konstitutsiyasiyaning 
qoidalariga amal qilishi va oʻz huquq va erkinliklarini bilishi va uni himoya qila olish qobiliyatiga 
ega boʻlgan holda maydonga chiqishi kerak. Shunday holdagina fuqarolik jamiyati qurish jarayoni 
tezlashadi va har kim oʻzini u jamiyatning erkin a'zolari sifatida namoyon qiladi. 


96 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish