Международный научно-образовательный электронный журнал



Download 13,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/344
Sana20.03.2022
Hajmi13,57 Mb.
#503221
TuriСборник
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   344
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Февраль 2022. Том 6

Asosiy muammo.
"Bo'ynidan bog'langan it ovga yaramaydi." 
O'qituvchi opa to'qishni o'rganib oldi. Hayt degan arqonga madad. Paypoqmidi, 
jempermidi to'qib, ro'zg'orga qo'shimcha qilib turadi. Opa o'zi kollejda dars beradi. 
Shuncha hasharlar-u, hujjatlardan vaqtni qanday orttiradi, deysizmi? Yo'li oson. 
Ustoz dars mahal bekor o'tirmaydilar. Davomat bo'lsa bor, o'quvchilar jim o'tiribdi, 
mavzu nomi doskada yozilgan. Ularga dars o'tganing bilan ham,hech qaysinisiga fan 
qiziq emas.Undan ko'ra, o'quvchilar jim telefonini o'ynasin, o'qituvchi opa paypog'ini 
to'qisin. Asosiysi, hamma sinfxonada o'tirsa, bas. Qarabsizki, 3 ta darsda 1 juft 
paypoq tayyor. Siz bo'lsa o'qituvchining kitob o'qishga vaqti yo'q deysiz. Vaqt tiqilib 
yotibdi. Motivatsiya yo'q.
Ta'lim sifatsizligi haqida gapirganda, negadir hamma pedyuklama-yu hujjatbozliklar, 
paxta va obodonchiliklarga o'qituvchilarninig jalb etilishini bosh aybdorlar qilib 
ko'rsatyapti. 
Aslida ham shundaymi? Pedyuklamani yo'q qilib, hasharga ustozlar chiqmay qo'ysa, 
hammasi iziga tushadimi? 
Yo'q. Menimcha, yo'q. Sifatsiz ta'lim ildizlari ancha chuqurroq. Qog'ozbozlik va 
hasharbozlik "o'lganning ustiga tepgan" bo'lyapti, xolos. Tepmay qo'ygan bilan, o'lik 
tirilmaydi. 
O'zi muammoning ildizi qayerda? 
Bolalar maktab hamda kollejga majburligidan boradi. Talabalarning universitetga 
borishdan maqsadi faqat diplomli bo'lish.Iloji bo'lsa, umuman o'qishga bormay, baho 
olib yursa. O'quvchilarda o'rganishga qiziqish yo'q. Borlarida ham katta sinfga o'tgan 
sari qiziqish kamayib boraveradi. Bu endi iqtisodiyot darajasi bilan bog'liq. Yuqori 
malakali kadrga bizda yaxshi haq to'lanmaydi. Ba'zida hatto u ishga olinmaydi, ham. 
Umuman ish beruvchi, hoh u davlat bo'lsin, hoh xususiy tashkilot, eng sara kadrlarni 
ishga olishga intilmaydi. Bozor raqobati muhiti to'la shakllanmagan. Shu bois ham, 
ishning sifatini oshirishga, demakki, eng zo'r kadrlarni jalb qilishga harakat 
qilinmaydi. O'z-o'zidan ota-onalar farzandining bilimli, saviyasi baland bo'lishiga 
ko'pam intilishavermaydi. Ta'limdagi eng katta muammo aynan mana shu. Agar 
aholida ta'limga ehtiyoj yuqori darajada bo'lganida, ular bilimni izlab topishardi.Ular 
bilimli o'qituvchilarni qadrlagan bo'lishardi. Ular baho olishga emas, bilim olishga 


359 
qiziqqan bo'lishardi. Ular o'qituvchidan yaxshi darsni talab qilib olgan va shunga 
yarasha haq ham to'lashga tayyor bo'lishardi. 
Savollarga javoblar yoxud muammolarning yechimlari. 
Ta'lim sifatini oshirish uchun nima ishlar qilish mumkin? Tushunarliki, 
iqtisodiyotning ko'tarilishi ta'limga ham keskin turtki bo'ladi. Oxirgi yillardagi 
islohotlar bundan umid qilish uchun yaxshi asos beryapti. Lekin, yangi sharoitlarga 
tezroq moslashish va yangi ilmli avlodni tezroq vujudga keltirish zarur. 
Ustozlar nima qilishi mumkin? 
Avallari maktab bilim olishning qariyb yagona manbai bo'lgan, kitoblar ham o'sha 
yerda, muallim ham. Hozirgi Google va Wikipediya davrida maktab va 
o'qituvchining vazifalari birmuncha o'zgarmadimikan? 
Muallim, demakki o'quv yurti ham ma'lumot manbai sifatidagi o'z ahamiyatini tobora 
yo'qotib bormoqda. Bizda hali Internet tezligi maqtagulik bo'lmagani tufayli bu narsa 
unchalik yaqqol ko'zga tashlanmayapgandir. Lekin bu vaqt masalasi, xolos. 
Agar o'quvchi bilimni muallimsiz qidirib topish imkoni bo'lsa, unda ustoz oldidagi 
vazifa nima? Men 4 ta asosiy vazifani ko'rsatgan bo'lardim: 
1. Qiziqtirish
2. To'g'ri yo'nalish berish
3. Fikrni tarbiyalash
4. Motivatsiya uyg'otish
Motivatsiya masalasiga alohida to'xtalib o'tsam. Shu yerida juda katta 
kamchiliklarimiz ko'zga tashlanadi. Maktabdanoq o'quvchilarni faqat tanbeh yoki 
maqtov yordamida tarbiyalaymiz. "Qamchi va pryanik" uslubidan boshqasiga yo 
erinamiz, yo aqlimiz yetmaydi. 
Vaholanki, bolaning o'zidagi ishtiyoqni kuchaytira olish zarur. 


360 
Farzandlarimiz ustozdan dakki eshitmaslik uchun yoki maqtov eshitish uchun o'qiydi. 
Fanning o'ziga bo'lgan qiziqish so'nib qoladi. Shu usulda tarbiya olgan kadrlar 
keyinchalik qaysi sohada ishlasa ham "qullik falsafasi"ga tayanib yashovchi, o'zidan 
yuqori odamga o'ylamay-netmay bo'ysunuvchi, oz'idan quyidagini esa bir tiyinga 
olmaydigan manqurtga aylanadi-qoladi. 
Davlat miqyosida nima qilish mumkin? 
1. Aholi, ayniqsa bolalar, o'smirlar va yoshlar orasida ilm-fanga qiziqish uyg'otish
Ilmni keng reklama qilish kerak. Ilmni chiroyli qilib ko'rsatish zarur. Buni 
havaskorlarga ishonib topshirish kerak emas. Bunday ishlarning ham o'z ustalari bor. 
Marketologlar, ijtimoiy tarmoq mutaxassislari, sotsiologlar, degandek. Shunday 
mutaxassislarni jalb qilish kerak. 
Ta'lim deganda hayolimizga faqat maktab, universitet, kollej, xullas muayyan bino 
keladi. Ammo zamonamizda ilm olishning ko'plab boshqa manbalari mavjud: 
televideniya, Internet, radio, jurnallar, gazetalar va albatta, kitoblar. 
Ta'lim sifatini oshirish deganda, endi faqat maktab yoki universitetdagi ta'limni emas, 
Internetdagi ta'limni, televideniya, umuman OAVdagi ta'limni, kitob do'konlari 
orqali bo'ladigan ta'limni ham hisobga oladigan payt keldi. Masalan, Xalq ta'limi 
vaziri o'rinbosari Alisher Sa'dullayev "TED Talks"ning o'zbekcha muqobilini 
yaratamiz, deganida juda quvongan edim. Negadir bu loyiha haliyam amalga 
oshmadi. 
2. O'qituvchilar obro'sini oshirish 
Bu haqida faqat dangasalar yozmadi, xolos. O'qituvchining jamiyatda nufuzini 
oshirish kerak, busiz iloji yo'q. 2021-yilning 30-oktyabrida Shavkat Mirziyoyev 
raisligida ta’lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta’lim sifatini oshirishga 
bag‘ishlangan videoselektor o‘tkazildi “Biz ustozni otaday ulug‘ deb bilgan, doimo 
ardoqlagan ma’rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o‘qituvchi, muallim 
deganda o‘zim uchun eng aziz va hurmatli bo‘lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va 
mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq 
va ta’lim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan. Bugungi kunda 
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng 
yaqin ko‘makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir”, – dedi 
Prezident yig‘ilishda. 


361 
“Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o‘qituvchi va murabbiylarga 
ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari 
bo‘lgan bu mo‘tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko‘rsatishimiz kerak”, – dedi 
Shavkat Mirziyoyev. 
3. Ilm-fanga bag'ishlangan sifatli saytlar va kanallarni ko'paytirish 
Internet - ilm tarqatishning juda samarali yo'li. Albatta, sifatli sayt yoki kanal yaratish 
uchun kuchli mutaxassislarni (xususan xorijdan ham) - malakali ustozlar, turli soha 
ekspertlari va dasturchilarni jalb etish darkor. 
4. "Dunyo bo'ylab", "Madaniyat va Ma'rifat" va "Yoshlar" kanallarini rivojlantirish, 
ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash 
Ilmiy-ommabop film va ko'rsatuvlar aholida ilm-fanga qiziqish orttirishning juda 
ham samarali yo'li. Haftasiga kamida bir marta "Discovery"ni ko'radigan boladan 
ekstremist chiqmasa kerak. 
Xorijdagi muqobil telekanallar bu sohada ancha ilgarilab ketgan. To'g'ri, ularning 
byudjetidagi raqamlar biznikidan bir necha xona ko'proq. 
O'zimiz hozircha o'sha darajada yarata olmasak ham, tayyorini tarjima qilish ham 
mumkin. Shunday qilinyapti ham. Lekin, hozirgi efirga berilayotgan dasturlarni 
ko'rgan bo'lsangiz bilasiz - 15-20 yil avval ishlanganlarni tarjima qilishyapti. 
Ta'lim sohasidagi vazirliklar nima qilishi mumkin? 
1. O'quv dasturlarini batamom yangilash 
Bu birinchi navbatda oliy ta'limga tegishli. Talabalarimiz institutni tamomlab, ishga 
kirgach, hamma narsani noldan boshlab o'rganyapti. Universitetlarimiz o'z ishining 
ustalarini tayyorlay olamayapti.
O'tiladigan fanlar o'ta ko'p. Biz negadir qomusiy olimlarni yetishtirishga intilamiz. 
Tor doiradagi mutaxassislar yetishmaydi. 
Tarix yo'nalishidagi talabalarga Oliy matematikaning nima keragi bor? Fanlar sonini 
keskin qisqartirish zarur. 


362 
Har sohadan bir shingilni kim hohlasa, bo'sh vaqtida kitob o'qisin, televizordagi 
ilmiy-ommabop dasturlarni ko'rsin. Har tomonlama inson shakllantirish uchun 
universitet dars jadvalini band qilish shart emas. 
2. Darsliklarni jamoatchilik muhokamasiga qo'yish 
Darslik joriy qilinishidan avval uni ana shu kitob bo'yicha bevosita ishlaydigan 
insonlar-maktab, kollej yoki universitet o'qituvchilari ko'rib chiqsin. Aynan ular 
ma'qul topgan darslikkina tasdiqlansin. Zar qadrini zargar biladi. 
3. Pedagoglardan muntazam fikr so'rab turish 
Ha, aynan shunday. Komissiya jo'natib, "anovi hujjat qani?" , "manovi plakat nega 
yo'q?" deyish oson. O'qituvchining yoki direktorning, yoxud dekan va rektorning 
oldiga borib 
"Hoy, sening nima darding bor? Bizdan qanday yordam kerak?" deb ham kimdir 
so'rashi kerakmi?
4. Onlayn darslarni tashkil qilish 
Bu o'quvchilar uchun o'tilgan darsni yanada mustahkamlash, o'qituvchilar uchun esa 
tayyor tekinga malaka oshirish bo'ladi. Yaxshi yangilik shuki, hozir bu masalada ilk 
qadamlar qo'yilyapti. Umid qilamiz, yana ham jadalroq qadamlar hali tashlanadi. 
5. Intizomsiz bolalar bilan ishlashning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish va unga 
amal qilish 
Sinfdan sinfga qoldirish amaliyoti deyarli yo'qolib ketdi. Nega? Chunki, biz 
statistikadan qo'rqamiz. Hozirgi tizimda intizomsiz o'quvchilarga qarshi hech qanday 
tayinli chora yo'q. Dars qoldirsa nima jazo, vazifa qilmasa, nima jazo, ikki marta dars 
qoldirsa, nima jazo, sinfdoshini haqorat qilsa, nima jazo - hammasi qati'y belgilangan 
bo'lishi kerak. O'qituvchi va maktab ma'muriyati hatto jinoyatchi o'quvchilarga ham 
tishini tishiga qo'yib chidaydi. Tegishli joyga xabar bersa, kaltak yana o'zining 
boshida sinadi. Nega tarbiyaviy ishlar bilan shug'ullanmagansanlar, degan dakki 
eshitadi. Oqibatda, direktorlar hammasini yaxshi qilib ko'rsatishga odatlanishgan. 
Kasalini yashirishadi, ba'zida isitmasi oshkor qilib turadi. 


363 
Xulosa 
Yuqorida aytib o’tilgan fikrlardan anglashiladiki, ta’lim inson uchun asosiy 
predmetlardan biri bo’lishi lozim. O’zimizning davlatchiligimizdan kelib chiqib 
aytadigan bo’lsam, biz mamlakatimizni rivojlantirmoqchi bo’lsak, albatta, birinchi 
navbatda ta’lim tizimimizga katta ahamiyat berishimiz lozim. Bizda ta’lim tizimi bor, 
lekin u bizga yakunda nima beryapti, shuni rahbariyatimiz ko’rib chiqishi 
kerak.Kerak bo’lsa dunyoning ta’lim sifati rivojlangan davlatlardan mutaxasislar jalb 
qilinishi talabalarning zamonaviy-amaliy ko’nikmalarini shaklllantirish, quyi ta’lim 
tizimini tubdan isloh qilish, bolalarni yoshlikdan ta’lim olishga qiziqishini ta’minlash 
- ustuvor masalalardan biri deb bilaman. 

Download 13,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish