Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili:
“Axborotlashgan jamiyat “tushunchasi 1960-yillarning ikkinchi yarmidan qo’llanila
boshlagan bo’lib ,ushbu atamani ilmiy muomalaga Tokio texnologiya instituti
professori ,yapon olimi Yu.Xayashi kiritgan.Axborotlashgan jamiyat u tomonidan
kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalariga ulanish
imkonini beradigan ,ularni har kuni bir xil va zeriktiradigan ishlardan halos
qiladigan ,ishlab chiqarishni avtomatlashtirish darajasi yuqori bo’lishini
ta’minlaydigan deb tavsiflangan.hamma uchun odatiy bo’lgan iqtisodiyot o’rniga bir
qator xususiyatlarga ega bo’lgan raqamli iqtisodiyot kirib kelmoqda:
Asosiy resurs tugab bo’lmaydigan axborotga aylanadi
Internet savdo maydonlari cheklovlari belgilanmagan
Bitta jismoniy resursning o’zi turli xizmatlar taqdim qilish uchun cheksiz marta
foydalanish imkonini beradi
Operatsion faoliyat ko’lami faqat Internet kuchi bilan belgilanadi
Raqamli inqilob bizning hayotimiz va jamiyatlarimizni misli
ko’rilmagan darajada o’zgartirib ,25 yil ichida ulkan imkoniyatlar bilan bir
qatorda ayrim muammolarni keltirib chiqardi.Agar biz raqamli
texnologiyalarning to’liq ijtimoiy va iqtisodiy potensialiga erishmoqchi
bo’lsak ,kutilmagan oqibatlarga yo’l qo’ymagan holda davlatlar o’rtasidagi
hamkorlikni zudlik bilan rivojlantirish zarur. Yangi texnologiyalar barqaror
rivojlanish maqasadlarini amalga oshirishda katta hisa qo’shishi
mumkin,ammo biz kutilgan ijobiy natijalarni ololmasligimiz
mumkin.Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev 2018-yil 28-dekabrdagi Oliy
343
Majlisga Murojaatnomasida 2030-yilgacha “Raqamli O’zbekiston-2030”
dasturini amalga oshirishni taklif etdi.
Tahlil va natijalar
Raqamlashtirish bilimga asoslangan va markazlashtirilmagan ishlab chiqarishga
olib keladi va osonlashtiradi,shuningdek ,texnologik jihatdan rivojlangan
xizmatlarni (“smart-aqlli ximatlarni”) rivojlantirish imkonini beradi .Raqamli
iqtisodiyotning mehnat bozoriga ta’sirini o’rganish va bunda to’rtinchi sanoat
inqilobining(The Forth Industrial Revolution )tutgan o’rni katta ahamiyatga
ega.Ma’lumki birinchi sanoat inqilobi –bu bug’ dvigateli,ikkinchisi –
elektrlashtirish va ommaviy ishlab chiqarish uchinchisi kompyuter va “sanoat
4.0 –AKTdan iborat bo’lgan raqamli inqilob,ommaviy tarzda qo’l mehnatidan
mashinaga o’tishni bildiradi.
2020 yil mamlakatimizda “Ilm,ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili “deb nomlanishi ,2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot
va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida “gi qarori
,”Raqamli O’zbekiston-2030” strategiyasining qabul qilinishi raqamli
iqtisodiyotni shakllantirish ,elektron hukumat tizimini takomillashtirish ,davlat
xizmatlarini raqamli shaklga transformatsiya qilishga qaratilgan. Shuning uchun
ham koronavirus pandemiyasi davrida iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash
,investitsiyaviy faollikni rag’batlantirish ,hududlarning ishab chiqarish
imkoniyatlarini kengaytirish ,soliq yukini kamaytirish ,aholi bandligini oshirish
hamda tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlashga hukumat tomonidan
e’tibor qaratildi.”Covid-19”pandemiyasi O’zbekiston iqtisodiyotini qo’llab –
quvvatlash uchun telekommunikatsiya infratuzilmasining ulkan ahamiyatini
namoyish etdi va ushbu sohada shoshilinch islohotlar o’tkazilish zarurligini
isbotladi.Qolaversa ,ishlab chiqarishda yangi IT texnologiyalar qo’llanilishi
tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayishi kuzatildi.Raqamli
texnologiyalar rivojlanishi oxir-oqibat nomoddiy aktivlar ,ya’ni fizik jihatdan
mavjud bo’lmagan nomonetar aktivlar oshishiga olib kelmoqda.Masalan ,1975
yilda Amerikaning yirik korporatsiyalari nomoddiy aktivlari 17 foizni tashkil
etgan bo’lsa, 2019 yilga kelib ,bu ishora 85 foizdan ortdi.Aniqroq
tushuntiradigan bo’lsak ,buxgalteriyadagi moddiy va nomoddiy aktivlar o’rni
almashdi.Raqamli iqtisodiyot zamonaviy ko’rinishi sifatida mobil to’lov
tizimilarini ko’rsatish mumkin.Bunda barchamizga ma’lum ,mijozlarning hisob
raqamlari smartfonlariga bog’langan holda bo’ladi .Bu esa mijozlarga onlayn
xaridlarni amalga oshirish ,mobil qurimalar yordamida pul mablag’larini erkin
o’tkazishga imkon yaratdi.
344
Iqtisodiyotni raqamlashtirish jamiyat hayoti va mamlakatning barqaror
rivojlanishga ukan iqtisodiy va ijtimoiy samara va afzalliklar olib
keldi.Masalan,O’zbekistonda “Yagona milliy mehnat tizimi “idoralararo
dasturning joriy etilganligi yaqqol misol bo’la oladi.Ushbu tizimda xodimning
mehnat daftarchasi ,mehnat stajini hisoblash ,hisoblangan ish haqi ,daromad
soliqlari ,pensiya hisoblash uchun mehnat staji,mavjud bo’sh ish o’rinlari haqida
ma’lumotlar elektron tarzda shakllandi va buning natijasini biz
aholi,idora,tashkilotlarning
erkin
,qulay
foydalanishlari,ortiqcha
qog’ozbozikning oldini olinganligida ko’rishimiz mumkin.Shuningdek
ish.mehnat .uz ,rabota.uz, uzjobs.uz v boshqa bir qator qurilmaviy dasturlar
nafaqat ish beruvchilar ,balki ish qidirayotganlar uchu ham xizmat qilishiga
erishildi.AKT ni samarasini pandemiya sharoitida biz ijtimoiy ta’minot uchun
to’lovlarni soddalashganida,innovatsion vositalarni rivojlantirib ,inklyuzivlikni
Raqamlashtirishda
n olingan samara
Turdosh tarmoqlarda
ish o’rinlari sonining 3-5
barobar o’sishi
Ommaviy xizmat
ko’rsatishning narxining
pasayishi va
ochiqligining ortishi
Mehnat
unumdorligini
o’sishi
Moliyaviy
servislar
ochiqligining
ortishi
Tibbiy xizmat
ko’rsatish
ochiqligi va sifati
ortishi
Qashshoqlikning
qisqarishi va
inklyuzivlik ortishi
Kichik va o’rta
biznesning o’sish
sur’ati ortishi
Atrof –muhitga
salbiy ta’sirning
pasayishi
345
rivojlantirilganida,ijtimoiy
himoyani
kengaytirishda
yordam
bergan
vaziyatlarida guvohi bo’ldik.Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlik va nostandart
bandlik ,jumladan o’zini o’zi band qilish uchun yangi imkoniyatlar
yaratadi.Asosan AKTni rivojlantirish orqali yangi ish o’rinlari yaratish ,aholi va
biznes uchun yangi xizmat turlarining paydo bo’lishi ,electron hukumat
loyihalari tarmog’i atrofida harajatlarni qisqartirish kabi loyihalar o’z tasdig’ini
pandemiya sharoitida topdi .Dunyoda virtual xizmatlarga bo’lgan tendensiya
oshayotgan bo’lib ,jahon banki ma’lumotlariga qaraganda ,2016 yilda 82 ta
mamlakatda korxonlar uchun electron ro’yxatga olish xizmatlari taklif etilgan
,ammo atigi 13foizi kam ta’minlangan mamlakatlarga to’g’ri kelgan.Raqamli
iqtisodiyotining
Kengayishiga asosiy sabab –davlat boshqaruvi ,konsalting va axborot xizmatlari
,moliya,ulgurji va chakana savdo ,turli kommunal xizmatlar shaxsiy va ijtimoiy
xizmatlarda tranzaksiya segmentining o’sishi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |