Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
Asosiy adabiyotlar:
1.
G‘. G‘ulom. Tanlangan asarlar. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi, 2012.
2.
G’afur G’ulom. Mukammal asarlar to’plami. 10-jild. Tarjimalar
3.
G’afur G’ulom. Shum bola qissasi. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-
matbaa ijodiy uyi, 2015.
4.
Mamajonov S. G‘afur G‘ulom prozasi. – T.: Fan, 1966 – B. 50
5.
G‘afur G‘ulom. Mukammal asarlar to‘plami. 6 tom. – T.: Fan, 1986
6.
Matyoqubova T. G‘afur G‘ulom badiiyati. – T.: Fan va texnologiya, 2006
7.
Nazarov B. G‘afur G‘ulom olami. – T.: Fan, 2004.
8.
G‘afur G‘ulom zamondoshlari xotirasida. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi
nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2003
Internet web-saytlar:
1.
www.tadqiqot.uz
2.
www.ziyo.net
331
3.
www.arboblar.uz
4.
www.tafakkur.net
5.
https://arxiv.uz/ru/documents/slaydlar/adabiyot/g-afur-g-ulom
6.
https//ziyo.edu.uz
332
ФИО автора:
Jo'rayeva Shaxlo Baxtiyor qizi
Nizоmiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika Universiteti "Jismoniy tarbiya va sport
mashg'ulotlari nazariyasi va metodikasi" yo'nalishi
1 kurs magistranti
Название публикации:
«GANDBOLCHILARNI
UMUMIY
JISMONIY
TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH»
Annotatsiya:
Maqolada
gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini
rivojlantirish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalar, uslublar va usullaridan
unumli foydalanish to‘g‘risida fikr- muloxazalar keltirilgan.
Kalit so‘zlari:
Gandbolchilar. to‘pni ilish, uzatish, olib yurish, ushlash, to‘pni erga
urib olib yurish, to‘pni egallab olish, chalg‘itish.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari
surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar
Strategiyasida ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish
asosida Oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish,
jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy
nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq, yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni
chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy
faolligini oshirish, yoshlarni ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash
vazifalari belgilab berilgan.
Jismoniy tarbiya —bu sog‘lom turmush tarzini va gigiyenik ko‘nikmalarni
shakllantirishga, salomatlik va jismoniy kuchlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan,
sog‘lomlashtirish va bilish faoliyatlarini tashkil etish jarayoni. Jismoniy madaniyat—
jamiyat qadriyati bo‘lib, insonni garmonik rivojlanishi, tana va ruh to‘g‘risidagi
bilimlar hamda salomatlikni saqlash bo‘yicha faoliyat tizimi, ma’naviy va jismoniy
rivojlanish kuchlari to‘g‘risidagi tasavvurlar yig‘indisidir. Buyuk mutafakkir Abu Ali
ibn Sino birinchilardan bo‘lib, jismoniy tarbiyani bir butun tizimini (jismoniy
mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish, kun tartibi) yaratgan edi.
To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya shaxsning me’yoriy, jismoniy taraqqiyotini
333
ta’minlaydi, salomatligini mustahkamlaydi, yoshlarni mehnatga, turmushga
tayyorlaydi.
1898 yil – qo‘l to‘piga asos solingan yil hisoblanadi.
Daniyaning Ordrupe shahridagi gimnaziyalardan birining o‘qituvchisi Xolger Nilson
futboldan farq qiladigan, qizlar uchun ham mos keladigan, zalda o‘ynasa bo‘ladigan
yangi sport o‘yinini yaratishga qaror qiladi. U darvozabonlarni qoldirib, jamoa sonini
qisqartirib, to‘pni uzatish va otish faqat qo‘l bilan bajarilishini taklif qiladi. SHu tariqa
olamda «Handball» yuzaga keladi va keyinchalik tezda butun jahonga tarqab
ketadi.1904 yili birinchi bo‘lib Daniya qo‘l to‘pi federatsiyasi tashkil topdi. 1906 yili
Kopengagen shahrida qo‘l to‘pi o‘yinining dastlabki qoidalari nashr etildi. Ushbu
qoidalarning muallifi ham Xolger Nilson hisoblanadi.
Gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda o‘yinchilarni har
tomonlama tayyorgarligi va har jihatdan kamol topishiga xizmat qiladi. O‘quv
mashg‘ulotlarida gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish:
Gandbolchilarni to‘pni ilish, uzatish, olib yurish, ushlash, to‘pni erga urib olib yurish,
to‘pni egallab olish, chalg‘itish (fint) va to‘siq (zaslon) qo‘yish usullari darvozaga
otish, maydonda hujumchi, himoyachi sifatida harakat qilish. aldamchi harakatlar,
o‘yinchini baland va past holatda turishi hamda maydonda harakatlanishi kabi texnik
harakatlar ko‘nikma va malakalarini samarali egallashga xizmat qiladi.
Qaysi o‘yinchi maydonda tez va tejamli harakat qilsa, o‘sha o‘yinchi ko‘proq foyda
keltiradi. SHuning uchun har bir o‘yinchi tez start olishni, yugurayotib yo‘nalishni
o‘zgartirishni, to‘xtash va sakrashni, orqa bilan erkin oldinga yurishni, yon tomon bilan
yurishlarni bilishi shart.
Gandbolchilarni umumiy jismoniy tayyorgarligini rivojlantirishda innovatsion
pedagogik texnologiyalar, uslublar va usullaridan unumli foydalanishdan iborat.
Gandbolchini harakatlarga o‘rgatishda mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish orqali
texnik elementini tez va samarali bajara olishini taminlaydi.
O‘rganilayotgan materialni doimiylashtirish usul turlarini tuzukroq tushunishga, ularni
to‘g‘ri tahlil qilishga, ta’lim va olingan bilimlarni takomillashtirish vazifalarini
muvaffaqiyatli hal qilishga yordam beradi.
334
To‘pni ilish. Bu to‘pni egallashga imkon beruvchi usul. To‘pni bir va ikki qo‘llab ilish
mumkin. To‘pni ikki qo‘llab ilishda qo‘llarning panjalari bir-biriga yaqinlashtirilib
voronkasimon chuqurlik hosil qilinadi, barmoqlar to‘pga tekkanidan so‘ng, uchib
kelgan to‘p tezligini pasaytirish uchun qo‘llar bukiladi.
To‘pni bir qo‘lda ilish juda murakkab bo‘lganligi sababli Ilish va keyingi qo‘lni
silkitish ko‘pincha bunday holatda tutash harakatni tashkil etadi.
To‘p bilan muvaffaqiyatli harakat qilish uchun uni to‘g‘ri ushlash lozim. Agar o‘yinchi
uni ikki qo‘llab ushlasa to‘p yaxshi nazorat qilinadi. Lekin to‘pni bir qo‘llab yuqoridan
yoki ochiq kaft bilan ham ushlash mumkin. Faqat bu holda to‘pni qattiq siqib
ushlamaslik lozim, chunki bu qo‘lning panja bo‘g‘imlari qotishiga olib keladi.
To‘p uzatish ko‘p usullar yordamida, ayniqsa, boshqalarga qaraganda ko‘proq
yuqoridan va qo‘l panjalari yordamida bajariladi. Uzatish texnikasining bajarilishi to‘p
otish usulida ham farq qiladi.
Qo‘llarni tirsak qismida bukgan holda yuqoridan to‘pni uzatish - qo‘l to‘pida to‘p
uzatishning asosiy usulidir.
Keyingi vaqtlarda yashirin holda – orqadan, bosh ortidan, oyoqlar orasidan to‘p uzatish
ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lmoqda. To‘p uzatish panjalarning faol ishlashi natijasida
bajariladi. Qo‘l panjalari yordamida uzatilgan to‘p aniqlik va tezlikdan yutadi.
To‘pni erga urib olib yurish
.
Bu usul bir joyda turganda, ko‘proq yurganda, yugurganda
bajarilib, qo‘l to‘pi o‘yinchisining harakat qilishda qo‘llaniladigan asosiy usullaridan
hisoblanadi. To‘pni erdan har-xil: yuqoriroq va pastroq sapchitib turib yurish mumkin.
Bu usulda qo‘l to‘pi o‘yinchisi maydondan sapchib ketayotgan to‘pni pastga tushirib
va keng yoyilgan barmoqlari bilan kutib oladi. U qo‘lini bukib, to‘pni biroz yuqoriga
uzatadi, so‘ng uni yana maydonga ma’lum burchak bo‘yicha keskin itaradi. Bunda
oyoqlar bukilgan, gavda biroz egilgan, bosh to‘g‘ri tutilgan bo‘lishi kerak.
To‘pni erga urib olib yurish to‘g‘ri chiziq, yoysimon chiziq va doira bo‘ylab har xil
yo‘nalishlarda bajarilishi mumkin. Yo‘nalishni, tezlikni, sapchish balandligini
o‘zgartirib hamda to‘pga qaramasdan erga urib olib yurishlar hozirgi zamon qo‘l to‘pi
o‘yinida katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda.
335
To‘pni otish. Otish natijasi bir qator sharoitlarga bog‘liq, shular orasida muhimi
raqiblarga kutilmagan vaziyatda otish yo‘nalishini va usulini o‘zgartirishdir.
To‘pni ko‘zlagan joyga yo‘naltirishda, ayniqsa, tezlik muhim rol o‘ynaydi – uning
kuchi tezligiga bog‘liq.
To‘p otish texnikasini bajarishda uning inersiyasi va vaznini hisobga olish zarur, to‘p
otayotgan qo‘lning keng amplitudadagi harakati mushaklar qisqarishiga va gavdadagi
barcha mushaklarning qisqarishiga qulay sharoit yaratadi. Lekin o‘yinda bir necha
qadamdan so‘ng, keng amplitudada qo‘lni silkitib to‘p otishni qo‘llash anchagina
mushkul. SHuning uchun o‘yinchilar va murabbiylarning ijodiy izlanishdan maqsadi
tez otish texnikasini (harakatni tezlashtirib, to‘p ilgandan so‘ng darrov sakrab va
hokazo) yaratishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |