Бола – одоби билан азиз (Фарзанд тарбиялашда ота-оналарга маслаҳатлар) Нашрга тайёрловчи: Зиёвуддин Раҳим



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/210
Sana20.03.2022
Hajmi1,61 Mb.
#503119
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   210
Bolalar lug‘ati
Behuda
– foydasiz, ma’nosiz, bekor; amalga 
oshmaydigan, xomxayol, puch; o‘rinsiz, nohaq.
Sharmanda qilish
– uyatli holatga qo‘yish, 
uyaltirish.
Fosh qilish
– oshkor qilish, ma’lum qilish, 
odamlarga bildirish.


– 286 –
Hikmatlar
1. Ey farzand, dunyoda omon bo‘lay desang, sergap bo‘lma, 
zarurat tug‘ilsa gapir, bo‘lmasa jimlikni ixtiyor qil. Eng yoqimli 
xislat tilni saqlay bilishdir.
2. Sergaplik o‘z dushmaningdir, chunki u sening ayblaringni 
oshkor etadi, dushmaningni esa joyidan qo‘zg‘atadi (Buni 
Muhammad Zehniy shunday izohlaydi: “Ko‘p gapirishdan saqlan, 
chunki ko‘p gapirsang, yashirin sirlaring va kamchiliklaring o‘z-
o‘zidan ochilib qoladi, jim yotgan dushmanlaring esa xatoyingdan 
foydalanib qoladilar”).
3. Gapirishdan ko‘ra eshitishda foyda ko‘p, chunki eshituvchi 
o‘zgalar gapidan ibratli so‘z durlarini terib oladi, bilmaganlarini 
o‘rganadi, hayotning yaxshi-yomon narsalari haqida tajriba hosil 
qiladi.
4. Luqmoni hakimdan:
– Bemorga nima ediraylik? – deb so‘rabdilar.
– Achchiq so‘zdan boshqa nima edirsangiz ediraveringlar, – 
debdi hakim.
Tilini tiymagan bola
(Ibratli hikoya)
amziy hali yosh bola. Har kuni dalada ishlaydigan otasiga 
tushlik olib boradi. Bir kuni olisdagi qoyalar bag‘rida 
noaniq bir narsani ko‘rdi. Shunda Ramziy ko‘tarilib turgan toshni 
o‘ziga o‘xshagan bir bola deb o‘ylab, “bu yoqqa kel”, deb baqirdi. 
Qoyalardagi toshlar orasidan ham “bu yoqqa kel”, degan aks 
sado eshitildi. Ramziy aks-sado nima ekanini bilmasdi. Shuning 
uchun tepalikda bir bola toshlar panasiga berkinib, meni masxara 
qilayapti, deb o‘yladi. Ramziy yana shunday deb baqira boshladi: 
“Menga o‘zingni ko‘rsat, bo‘lmasa afsuslanib qolasan!” Haligi 
tovush ham “menga o‘zingni ko‘rsat, bo‘lmasa afsuslanib qolasan!” 
deb javob qaytardi.
Butun vujudini g‘azab egallagan Ramziy yana bor kuchi 
bilan baqira boshladi: “Chiq bu yoqqa, qo‘rqoq!” Yana xuddi 


– 287 –
shu so‘zlarni eshitgach charchagunicha tepalikka qarab chiqdi. 
Tepalikda hech kimni ko‘rmagan Ramziy bu mag‘rur bola boshqa 
joyda berkinib turibdi deb o‘yladi. O‘sha lahzada u bu bolani tutib 
olsa, boplab adabini berishi mumkinligi, bu qo‘rqoq bolada unga 
ko‘rinish uchun jur’at qilmayotganini o‘ylab, tiliga kelgan so‘zlarni 
aytib qoyalarga tirmasha boshladi.
Birdan otasining qorni qattiq ochib, poylab turgani Ramziyning 
esiga tushib qoldi. Axiyri bu bolani qidirishdan voz kechdi. Dalaga 
etib kelganida otasiga nima bo‘lganini aytib berdi. Otasi unga bir 
hikmatli gapni eslatdi: “Kimki faqat o‘zi rozi bo‘lgan narsalarni 
gapirsa, o‘zi norozi bo‘ladigan narsalarni eshitadi”.
Sir saqlash
ziz bolalar quyidagi nasihatlarni yaxshilab eslab qolinglar:
1. Sir saqlash birovga sir aytib pushaymon bo‘lishdan 
yaxshi.
2. Birovning sirini ochgan kishi sening siringni ham boshqalarga 
etkazadi.
3. Suhbatdosh sirini fosh qilish eng yomon aybdir.
Aziz farzandim, maslahatim shuki, sening aybingdan xabar 
topib, uni birovlarga oshkor qilmaydigan, senga yaxshilik qilsa, 
uni ta’na qilmaydigan, unga yaxshilik qilsang, aslo unutmaydigan 
bolalar bilan do‘st tutin, shunday do‘stni ardoqla, uni qadrla. Sir 
saqlay olmaydigan do‘st bir kuni senga zarar keltirib qo‘yadi.

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish