Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev


Abdug‘aniyeva Marjona Iskandar qizi



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

Abdug‘aniyeva Marjona Iskandar qizi 
Jizzax davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisligi 
magistranti 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” 
asarida uchraydigan kasb-hunarga, ijtimoiy qatlamga oid so‘zlarga to‘xtalib 
o‘tilgan. XV asrda ijtimoiy hayotda mavjud bo‘lgan kasblar, mansablar va ularni 
ifodalaydigan so‘zlarning leksik xususiyatlari o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
 leksika, kasb-hunar leksikasi, atamalar, XV asr o‘zbek adabiy 
tili, sulton, noib, bek, sadr, shayxulislom, qozi.
Buyuk mutafakkir bobomiz Mir Alisher Navoiy o‘z umri davomida juda ulkan 
ma’naviy meros namunalarini yaratdi. Bu meros o‘zining badiiy qimmati va 
ahamiyati bilan nafaqat o‘zbek adabiyotini, balki o‘zbek tilshunosligi, tarixi, 
madaniyati, etnografiyasini ham boyitib kelmoqda. Jumladan, Navoiyning “Mahbub 
ul-qulub” asari o‘sha davr uchun kam sonli bo‘lgan nasriy asarning go‘zal namunasi 
hisoblanadi. Ushbu asari orqali Navoiy nazm bilan bir qatorda nasr bobida ham 
betakror ijodkor ekanligini isbotlab berdi.
“Mahbub ul-qulub” da XVI asr turkiy tilining leksik xususiyatlari haqida 
tasavvur hosil qilish uchun yetarlicha ma’lumotlar keltirilgan. Unda o‘sha davrdagi 
boshqaruv tizimida mavjud bo‘lgan amal va mansablar, kasb-hunarlar, ijtimoiy 
qatlamlar haqida shoirning tanqidiy va tavsifiy qarashlari aks etgan. Navoiy bular 
xususida yozar ekan, ularni shunchaki tasniflashni maqsad qilmaydi, aksincha o‘zi 
yashagan davr kishilari faoliyati va xarakterida kuzatiladigan qusurlarni yoritib, 
aslida ularning zimmasidagi vazifasi va xalq ulardan kutadigan jihatlarga to‘xtaladi.


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
333 
Asarda davlat rahbari, oliy hokimiyat egasi bo‘lmish sultonlardan tortib 
ularning yordamchilari bo‘lgan beklar, noiblar, vazirlar, sadrlar, sarkardalar, 
yasovullar, askarlarga ta’riflar, islom dini peshvolaridan shayxulislom, qozilar, 
muftiylar, mudarrislarga xos jihatlar, tabiblar, shoirlar, kotiblar, maktab ahli, 
hofizlar, voizlar-u munajjimlar to‘g‘risida, savdogar-u tijoratchilar, hunarmand-
kosiblar, dehqonlar kabi zaruriy kasb egalari bilan bir qatorda axloqi bir qadar 
pastroq qatlamlar tilanchilar, darveshlar xususida ham qimmatli ma’lumotlar 
keltirilgan. Asar leksikasiga murojaat qilish orqali istiorizm va arxaizmga aylangan 
leksik birliklarga duch kelamiz.
Asarning “Odil salotin zikrida” bobida podshohlar haqida so‘z boradi. Salotin, 
podshoh kabi so‘zlar bugungi o‘zbek tilida arxaizm so‘z sanaladi. Negaki davlatni 
boshqaruvchi shaxs hozirgi kunda ham mavjud, lekin uning nomi va mohiyati 
Navoiy davridagi davlat rahnamolaridan farq qiladi. Shu bilan bir qatorda shoir 
hukmdorda bo‘lishi lozim deb hisoblagan jihatlar ayni davrda ham davlat boshliqlari 
uchun zaruruiy sifatlar hisoblanadi: “Odil podshoh haqdin xaloyiqqa rahmatdur va 
mamolikka mujibi amniyat va rafohiyat. Quyosh bila abri bahordek qora tufrog‘din 
gullar ochar va mulk ahli boshig‘a oltin bila durlar sochar... Hirosatidin qo‘y-u qo‘zi 
bo‘ri havfidin emin va siyosatidin musofir ko‘ngli qaroqchi vahmidin mutmain”. Bu 
parchani hozirgi o‘zbek tiliga tabdil qiladigan bo‘lsak, quyidagi mazmunni beradi: 
“Odil podshoh xaloyiqqa Tangri taoloning rahmatidir va mamlakatga omonlik va 
farovonlikdir. Quyosh bilan bahor yomg‘iridek qora tuproqdin gullar ochadi va 
mamlakat ahli ustiga oltin-u durlar sochadi... Uning davlati soyasida qo‘y va qo‘zilar 
bo‘ridan omonlikda. Yomonlarga shafqatsizligidan musofirlar yo‘lto‘sarlar va 
qaroqchilar havfidan omonlikda”.
Yuqorida keltirilgan ko‘pchilik so‘zlar hozirgi kunda arxaizm hisoblanadi, 
ayrimlari esa bugungi kun o‘zbek tili leksikasining kamiste’mol qismiga mansubdir. 
Jumladan, xaloyiq, abr, emin kabi so‘zlar nofaol bo‘lsa, mamolik, mujib, amniyat, 
rafohiyat, mutmain singari leksik birliklar arxaizmlarga tegishli (tushuncha saqlanib, 
faqat so‘zning o‘zi eskirsa, ya’ni iste’moldan chiqib ketsa, arxaizm hodisasi vujudga 
keladi. Boshqacha qilib aytsak, so‘z o‘z o‘rnini boshqa bir so‘zga bo‘shatib beradi).
Asarda biron so‘zga ta’rif berilganda uning etimologiyasi, lug‘aviy ma’nosiga 
ham e’tibor qaratilgan. Masalan, vazir so‘zini olaylik. Tarixdan bilamizki, vazir 
mansabidagi kishi podshohning yordamchisi, turli davlat ishlarida maslahatchi, 
podshohning farmon va amrlarining ijrosini ta’minlaydigan shaxs hisoblangan. 
Navoiy shu amal egasi haqida gapirar ekan, ularning o‘z vazifalarini sitqidildan 
bajarmasligi, xalq manfaati emas, faqat o‘zining nafsi yo‘lida harakat qilishiga 
to‘xtalib, vazir so‘zining ma’nosida ham shunga yaqinlik borligini aytib o‘tadi: 
“Vazir vizrdin mushtakdur va bu fe’l aning ahak va alyakdur”. Ya’ni, “Vazir so‘zi 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
334 
“vizr” – gunoh so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, bu fe’l aning tabiatiga juda mos va 
loyiqdir”.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” 
asari nafaqat o‘zbek adabiyotining, balki o‘zbek tilshunosligining ham bemisl 
xazinasi hisoblanadi. Asar orqali qadim o‘zbek tilining boy leksikasi haqida ko‘plab 
ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish