Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

lingvistik protsessorlar, 
kompyuter uchun 
tabiiy tilli interfeys 
bo‘yicha 
olib borilayotgan tadqiqotlar mantiq, grammatika, semiotika, kompyuter 
texnologiyalari sohalarning ijodiy hamkorligi asosida amalga oshirilmoqda. Bu 
sohada juda ko‘p yutuqlarga erishildi, lekin hali hanuz mo‘jizakor tabiiy til ham, sirli 
inson tafakkuri ham to‘la modellashtirilgani yo‘q. Ayni shu masala - til va tafakkurni 
modellashtirish kompyuter lingvistikasi fanining istiqbolli yo‘nalishi sanaladi. [4]
 
Adabiyotlar: 
1. I. Aldashev. Use of interactive learning technologies in teaching a foreign 
language in high school. "Экономика и социум" №11 (78) 2020 www. iupr. ru  
2. С. Т. Жабборова
 
Проблема повышения интереса студентов к 
русскому языку в вузе. "Экономика и социум" №12 (79) 2020 www. iupr. ru  
3. Jurafsky D., M artin J. H. Speech and Language Processing. – New Jersey, 
2000.
4. A. Rahimov Kompyuter lingvistikasi asoslari «Akademnashr» nashriyoti, 
2011-yil 
BO‘LMOQ FE’LINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI 
 
Mahammadjonova Zebiniso Anvarjon qizi 
talabasi 
Andijon davlat universiteti 
O‘zbek tilida fe’l so‘z turkumi so‘z turkumlari orasida alohida o‘ringa ega. 
Fikr ifodalashda fe’lning mavqei baland ekanligini izohlashga hojat yo‘q. Fe’l 
guruhiga xos so‘zlarni talqin etish bilan uning ma’no imkoniyatlari keng ekanligiga 
amin bo‘lamiz. Fe’l ish-harakat va holatni jarayon sifatida ifodalaydi. 
Biz o‘rganmoqchi bo‘lgan " bo‘lmoq " fe’lining ma’no xususiyatlarini ko‘rib 
chiqamiz. O‘zbek tilidagi fe’llar leksik - grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikki
guruhga bo‘linadi: 1) Mustaqil fe’llar ; 2) Yordamchi fe’llar. 
Mustaqil fe’llar ma’no mustaqilligiga ega bo‘ladi, gapda biror gap bo‘lagi 
vazifasida keladi, biror so‘zni boshqarib keladi. Bo‘lmoq fe’li mustaqil fe’l bo‘lib 
kelganda: 
1. Butunni bo‘laklarga ajratmoq 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
292 
Patirni ikkiga bo‘lmoq, qog‘ozni to‘rt bo‘lmoq. 
Yuk mashinasi changni qoq ikkiga bo‘lib yo‘lga tushdi. [N. Qobul Bemorlar] 
2.Matematikada bo‘lish amali 
Katta sonni kichik karrali songa bo‘lmoq. 
3.O‘rtada taqsim qilmoq, ulashmoq. Daromadni yoki merosni bo‘lmoq 
Xotinlar dasturxondagi tuz, mayiz va choyni bo‘lishib olishdi. [S.Ahmad 
Hukm] 
4. Gap yoki suhbatni kesib qo‘yish 
Eshikdan kirib kelgan mahdum ularning so‘zini bo‘ldi. [A. Qodiriy 
Mehrobdan chayon] 
5. Xayol, o‘y, fikr va boshqalarga halaqit bermoq 
Hamisha ish chog‘ida kelib xayolimni bo‘lasan. [Mehrobdan chayon] 
Bo‘lmoq fe’li ko‘makchi fe’l bo‘lib kelganda: 
1.Yuz bermoq, voqe bo‘lmoq 
Bir oydan keyin mana shu katta bog‘da dang‘illama to‘y bo‘ldi. [O‘tkir 
Xoshimov Qalbingga quloq sol] 
2. Kelmoq, o‘tmoq, kechmoq (fasl, davr, payt va shu kabilar haqida) 
Bahor bo‘ldi, kech bo‘ldi, vaqt bo‘ldi 
Buvaydadan chiqib ketganimga yigirma yildan oshgandir, ko‘p ham 
bo‘lgandir. [A.Qahhor Qo‘shchinor chiroqlari] 
3. Baholanmoq, biror narxga olinmoq 
-Sigir qancha bo‘ldi ? - Arzon bo‘ldi. - Bo‘lishi qancha? Olavering, ot bilan 
tuya bo‘larmidi! 
4. Yetarli bo‘ldi deb hisoblanmoq, to‘ymoq 
-Oshdan oling! -Rahmat, men bo‘ldim. 
Bo‘ldim,opa, - dedi Charos choy quyayotib. [Oybek Oltin vodiydan 
shabadalar] 
5. Yaramoq, to‘g‘ri, muvofiq kelmoq 
Bu ish menga bo‘lmaydi. Bu palto senga bo‘ladi. 
6. Biror joyda bo‘lmoq, ishtirok etmoq, qatnashmoq 
Ko‘p marta mehmon bo‘ldim,- dedi qutidor,-ul vaqtda bobongiz ham hayot 
edilar [A.Qodiriy O‘tkan kunlar] 
Yaxshi, sen bu to‘rtovining o‘tirishida bo‘lganmiding? [O‘tkan kunlar] 
Qayerda bo‘ldi? Kim o‘zi? - Zoirjon hozir borib mushtlashmoqchi bo‘lganday 
rangi o‘chib ketdi.[Oybek Oltin vodiydan shabadalar] 
Shundan keyin Solijon yana ko‘p janglarda bo‘ldi. [A.Muxtor Daryolar 
tutashgan joyda] 
7. O‘smoq, bitmoq (o‘simlik, hosil haqida) 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
293 
Bizning yerlarda xurmo bo‘lmaydi.O‘zbekistonda paxta yaxshi bo‘ladi. Bu 
yerga anjir ek, laganday bo‘lmasa kallamni ol. [Oybek Oltin vodiydan shabadalar] 
8.Ega bo‘lmoq ma’nosi 
Shunday qilib Solih mahdum xotinlik bo‘ldi.[A.Qodiriy Mehrobdan chayon] 
Rahmatillaning yuziga kitob otib hayfsanli bo‘ldim.[E.A'zam Otoyining 
tug‘ilgan yili] 
9.Hisobni ifodalash(o‘yinlarda) 
Hali ham ikki-yu ikki bo‘ldik 
10.Farzand ko‘rish ma’nosida 
To‘rtinchisi o‘g‘il bo‘ldi 
11.Ko‘nikish, odatlanish ma’nosi: 
Palovni qoshiqda yeydigan bo‘ldi. Ajabtovur kiyimlar kiyadigan 
bo‘ldi.[T.Murod Momo yer qo‘shig‘i] 
Shu-shu har kuni sovunmi, tish cho‘tkami, tugmachami bahona qilib, 
univermagga keladigan bo‘ldi.[Oybek Oltin vodiydan shabadalar] 
12. Moqchi+ bo‘lmoq 
Qo‘lidagi tugunni ostonaga qo‘yib, ro‘molini qayta o‘ramoqchi bo‘ldi-yu, 
bo‘shashib turib qoldi.[ Oybek Oltin vodiydan shabadalar] 
Oradan yana bir necha daqiqa fursat o‘tib,Hasanali tamom tinchlandi ham 
turib ketmakchi bo‘ldi va shu holatda ichkaridan uyqisirash eshitildi.[O‘tkan kunlar] 
Mohlaroyim mahdumning uylanishiga mazkura Naimani vosita qilmoqchi 
bo‘ldi.[A.Qodiriy Mehrobdan chayon] 
Men seni sirtingdan necha vaqtdan buyon otangning oshnasi Fayziboy bilan 
qizini senga olib bermakchi bo‘lub, so‘ylashib yurar edim.[A. Qodiriy Baxtsiz 
kuyov] 
Manzura 
o‘rnidan turib uyni biroz tozalamoqchi, bezamoqchi 
bo‘ldi.[A.Muxtor Daryolar tutashgan joyda] 
13. Marosimlarga qo‘shilganda 
Fayziboynikiga borib,fotiha ham olug‘-solug‘larni gaplashib, birato‘lasiga 
to‘y bo‘ladurg‘on qilib kelaman. [A.Qodiriy Baxtsiz kuyov] 
14.Nutqiy odat undovlari tarkibida kelishi 
Xushvaqt bo‘ling, balli, rahmat. [A.Qodiriy Baxtsiz kuyov] 
15.Vaqt bildirgan so‘zlar bilan birga kelganda 
Yo‘q,- dedi maxdum sallasini qoziqqa ila-ila, - bir manti qilaylik,- dedim,- 
man ti yemaganimga ko‘p bo‘ldi. [A. Qodiriy Mehrobdan chayon] 
So‘zim shulki, ota - onangning o‘lganlariga to‘rt yil bo‘lub qoldi, shundan 
buyon shu xo‘jayiningda xizmatda yuribsan, qancha oqcha yig‘ding? [A.Qodiriy 
Baxtsiz kuyov] 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
294 
16. Turli turkumdagi so‘zlarga qo‘shilib, qo‘shma fe’l hosil qiladi Kelib 
turg‘an sovchiga quda bo‘libqolsam ham, ehtimol,dedi [Baxtsiz kuyov] 
Ichkari ravona bo‘ldi. [T.Murod Momo yer qo‘shig‘i] 
Odamlar davra bo‘ldi. [T.Murod Momo yer qo‘shig‘i] 
Manzura direktorning yana aralashuvi va Vasiliy Ivanovichning yordami 
bilangina uni ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. [A.Muxtor Daryolar tutashgan joyda] 
Charosni ko‘rdi-yu,xuddi qiznikiga o‘xshash yirik, qop-qora ko‘zlarida 
qo‘rquv paydo bo‘ldi. [ Oybek Oltin vodiydan shabadalar] 
Hammasi tamom bo‘ldi, deb o‘yladi Yodgor.[Oltin vodiydan shabadalar] 
Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib, o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchoq 
bo‘lg‘anligini iqror etishga majbur bo‘ldim. [A.Qodiriy O‘tkan kunlar] 
Bo‘lmoq fe’linig semantikasi juda boy.Birgina bo‘lmoq so‘zining ham 
etakchi, ham ko‘makchi fe’l bo‘lib kelishi, ot, olmosh va otlashgan so‘zlarga 
qo‘shilib,qo‘shma fe’l hosil qilishi va shunga o‘xshash jihatlarini ham ko‘rib 
chiqdik. Bundan ko‘rinib turibdiki, bo‘lmoq fe’li o‘zbek adabiy tilida salmoqli o‘rin 
egallaydi.Qo‘shma fe’llarning ko‘pgina qismi qil, et, ayla yoki bo‘l fe’llari boshqa 
so‘zlar bilan birikuvidan hosil bo‘ladi. Lekin shuni aytish kerakki, fe’l bo‘lmagan 
so‘zning qil, et, bo‘l so‘zlari bilan birikishidan hosil bo‘lgan har qanday birikma ham 
qo‘shma fe’l bo‘lavermaydi.Qil,et,bo‘l so‘zlari bog‘lama vazifasida ham keng 
qo‘llaniladi.Ular bunday vaziyatda qo‘llanganda qo‘shma fe’l hosil bo‘lmaydi. 
Qiyoslash: usta edi- usta bo‘ladi.Bunda usta bo‘ladi birikuvi qo‘shma fe’l 
emas.Chunki usta vabo‘l so‘arining birikuvidan qo‘shma fe’l hosil bo‘layotgani 
yo‘q. Tasdiq qildi,ado bo‘ldi birikuvlari esa qo‘shma fe’l hisoblanadi. Buni qil va 
bo‘l so‘zlarini -la, -lan affikslari bilan almashtirish mumkinligi ham ko‘rsatib 
turibdi.Bunday holatda qil, et, bo‘l so‘zlarining fe’l yasash yoki bog‘lama vazifasida 
qo‘llanishini farqlash kerak bo‘ladi. 

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish