Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev



Download 3,59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/240
Sana20.03.2022
Hajmi3,59 Mb.
#502566
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   240
Bog'liq
Тилшуносликдаги муаммо ва ечимлар 2022 3

Dada, -dedim titrab. -Qayoqqa ketyapsiz? 
Dadam rangi quv o‘chgancha muzdek labi bilan peshonamdan o‘pdi. 
(“Ikki 
eshik orasi”) Ushbu jumlalar konteksdan tashqari sof so‘roq mazmunini ifodalashi 
mumkin. Ammo pragmatik qiymatiga keladigan bo‘lsak, subyektning yalinishi, 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
19 
tashlab ketmaslikka iltijo qilishini ko‘rishimiz mumkin. Ikkinchi gapda esa darak 
mazmuni bilan birgalikda, qo‘rqinch va umidsizlikni kuzatishimiz mumkin. 
Jumladagi har bir so‘z voqeaga o‘zgacha qiyofa bag‘ishlaydi. 
Rangi quv 
o‘chgancha, muzdek lab, titramoq
kabi birliklar asardagi qahramonlarning ruhiy 
holatini ochib berish uchun xizmat qilyapdi.
Yana bir misolga e’tibor qaratsak, 
-Amal nima?!-Oqsoqol beparvo qo‘l siltadi. 
Menga qolsa, raislik uyoqda tursin, ming marta katta amaliyam misoli oyog‘ingdagi 
etikday gap. 
Ushbu jumlada birinchi gapda so‘roq gap so‘roq mazmunidan tashqari 
inkorni ham ifodalash uchun xizmat qilmoqda. 
Amalni 
oyoqdagi etikka o‘xshatilishi 
esa subyektning xususiyatini va xarakterini ochib berishga xizmat qilyapdi. Bu ham 
pragmatik ma’noni ifodalashga xizmat qilyapdi.
Bizga ma’lumki, fikrning asosiy mazmuni bosh bo‘laklarda aks etadi. Lekin 
har doim ham bosh bo‘laklar orqali fikr to‘liq va mukammal ochib berilmaydi. Fikrni 
to‘liq bayon qilish, harakat, holat, shaxs, narsa va hodisalar haqida axborotni 
reallashtirish, mukammal tarzda ifodalash, so‘zlovchining bayon etayotgan 
voqelikka bo‘lgan munosabatini aniqlashtirishda ikkinchi darajali bo‘laklarning 
ahamiyati nihoyatda katta. Kesimga kelishiklar va ko‘makchilar orqali birikib, 
jumlani to‘ldirib, ma’lum bir ma’noda aniqlashga xizmat qiluvchi ikkinchi darajali 
bo‘lak bu –to‘ldiruvchi. To‘ldiruvchi shaxs, narsa, miqdor, harakat, holat, ko‘rsatish 
kabi semantik ma’nolardan tashqari, pragmatik qiymatga ham ega. Ayniqsa, 
to‘ldiruvchilar ko‘makchilar bilan birgalikda kelganda turli ma’no nozikliklarini 
ifodalashini ko‘rishimiz mumkin. Masalan: 
Bizning tomorqadagi chillaki 
hammanikidan oldin chumak uradi. 
(“Ikki eshik orasi”)
 
Ushbu jumladagi chiqish 
kelishigi grammatik vazifani bajarish bilan birga, qiyoslash ma’nosini ham 
ifodalayapdi.
Aniqlovchi badiiy matnda tasvirni kengaytirish, qahramonlar tashqi ko‘rinishi 
va ruhiy holatni obrazli aks ettirish, zamon va makondagi o‘ziga xos xususiystlarni 
aniq va ishonarli bayon qilish hamda baholash munosabatini ifodalash vazifasini 
bajarishga xizmat qilishi bilan pragmatik qiymatga ega. Masalan: 
Qalamdek 
tortilgan qoshlari, yonib turgan qop-qora xumor ko‘zlari, sutday oppoq yuz, 
ingichga iyagidagi mitti xoli, angishvonadek og‘zi-hammasi ataylab chizib 
qo‘yilgan suratga o‘xshaydi. 
(“Ikki eshik orasi”) 
Ba’zi holatlarda aniqlovchining uyushmagan holatda kelishini kuzatganmiz. 
Bunday holda qo‘llanishi tasvirga badiiylik bo‘yog‘ini beradi va ma’noni 
kuchaytiradi. Masalan:
Uncha-muncha kolxozchi charlab chaqirsa bormaydigan, 
do‘ppisi yerga tushib ketsa, birobga pul berib oldiradigan Umar zakunchi ham 
peshonasiga munchoq taqilgan jiyron otini gijinglatib keldi. 
(“Ikki eshik orasi”) 
Ushbu misolda uyushgan va uyushmagan aniqlovchini ko‘rishimiz mumkin. 
Uyushgan aniqlovchi shaxsning xarakterini aniqlab kelgan bo‘lsa, uyushmagan 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
20 
aniqlovchi esa jonivorning tashqi ko‘rinishi bilan birgalikda uning harakat 
xususiyatini aniqlab kelgan. Jumlada aniqlovchilar orqali pragmatik ma’no 
ifodalangan.
Gaplarda hollar ham o‘zining ahamiyatiga ega. Jumladan, holning ishtirok 
etishi sabab, holat, o‘rin, payt, miqdor, maqsad ma’nolarini ifodalash bilan birga 
voqeani kitobxon ko‘z o‘ngida jonli gavdalantirishga xizmat qiladi. Bu ayniqsa, 
o‘rinni ifodalaganda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan: …
Oqsoqolning kattakon, 
kungirador darvozasidan kirsam, Zuhra kelin atirgullar g‘unchalay boshlagan 
gulzor chetidagi ariq bo‘yida kir yuvib o‘tirgan ekan. 
(“Ikki eshik orasi”) 
Sintaktik birliklar ichida kirish so‘z va birikmalar Ifoda etilayotgan fikrga 
munosabat baldirish bilan birga pragmatik qiymatga ham ega. Kirish so‘zlar orqali 
ajablanish, gumon, qoyil qolish, taajjub, tasdiq, inkor xulosa kabi ma’nolar 
ifodalanadi. Bu kabi so‘zlar obrazga so‘zlashuv bo‘yog‘ini berish maqsadida 
qo‘llanadi.
Ajablanish va taajjub manosida: 
Ajab, u xushchaqchaq qo‘shiq aytardi-yu, 
ovozi mungli edi. Ajab, inson xotirasi-eshigi yopib qo‘yilgan omborga o‘xsharkan. . 
(“Ikki eshik orasi”) 
Gumonni ifodalaydi: 
Ehtimol, kecha onam ham shu oymomoga termulib, meni 
o‘ylab yotgandir. 
(“Ikki eshik orasi”) 
Tasdiq ma’nosida: 
To‘g‘ri, urush bitganiga besh yildan oshdi. 
(“Ikki eshik 
orasi”) 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sintaktik birliklar ichida gap asosiy fikr 
almashinuv manbayi hisoblanib, unda har bir bo‘lak pragmatik ma’no ifodalashi 
mumkin. Gap tarkibida keluvchi kirish so‘z va birikmalar ham pragmatik mazmun 
ifodalashini ko‘rib o‘tdik. Nasriy asarlarga obrazlar xususiyatini ochib berishda, 
ijtimoiy hayot tarzini tasvirlab berishda, muloqot jarayonida o‘zaro munosabatni 
ifodalashda fonetik, leksik hamda sintaktik birliklarning pragmatik xususiyati 
yaqqol ko‘zga tashlanadi, kirish so‘z va birikmalar o‘zining semantik ma’nosi bilan 
birgalikda pragmatik qiymatga ham ega. Bu birliklar matnda so‘zlovchi va 
tinglovchiga emotsional-ekspressiv ta’sir etish uchun xizmat qiladi.

Download 3,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish