Qurilishda menejment



Download 1,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/159
Sana20.03.2022
Hajmi1,93 Mb.
#502550
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159
Bog'liq
Qurilishda menejment

Ikkinchidan, 
bo`sh pul mablag`larini harakatdagi, ishdagi kapitalga aylantirib, 
pulni pul topadi, degan qoidani amalga oshiradi.
Uchinchidan, 
qarz berish orqali pul mablag`larini turli tarmoqlar o`rtasida 
qayta taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining ko`chib turishini ta‘minlaydi.
To`rtinchidan, 
qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy o`sish 
rag`batlantiriladi.
Kredit va undan foydalanishda turli natijalarga erishiladi. Bu natijalar ijobiy 
yoki salbiy bo`lishi mumkin. Ijobiy natijalar deganda, kreditdan samarali foydalanish 
natijasida qo`lga kiritilgan yutuqlar tushuniladi. Masalan, Andijonning Asaka 
shahrida asosan, bank krediti hisobidan qurilayotgan yangi avtomobil zavodi 


respublikaning yyengil avtomobillarga ehtiyojini ma‘lum darajada qondirsa va jahon 
bozorida munosib o`rin egallasa, bu kreditning ijobiy yo`li hisoblanadi.
Kreditning salbiy roli, asosan, quyidagi ikki holatda namoyon bo`ladi:
- kredit turli yo`llar bilan asossiz ravishda ko`p berilsa va oqibatda pul massasi 
ko`payib, milliy pul qadrsizlansa;
- agar olingan xalqaro kreditlardan samarali foydalanilmasa va mamlakat 
boshqa daromad manbalari, masalan, oltinini sotish hisobidan kreditni qaytarsa.
Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o`rtasida bevosita va bilvosita 
bo`lishi mumkin. Birinchi holda ular to`g`ridan-to`g`ri muomalaga kirishadi. Ikkinchi 
holda ular aloqachi vositachilar orqali yuz beradi. Shunga qarab, kreditning quyidagi 
asosiy shakllari kelib chiqadi:
1. Tijorat krediti.
2. Bank krediti.
3. Iste‘molchi krediti.
4. Davlat krediti.
5. Xalqaro kredit.
Tijorat krediti
sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida beriladigan 
kreditidir. Bunda tovarlar ma‘lum muddatda pulini to`lash sharti bilan nasiyaga 
beriladi. Tijorat kreditini nasiyaga oluvchi uning egasiga veksel (qarzning 
majburiyatnomasi)ni beradi.
Nasiyaga olish orqali berilgan qarz yig`indisi tovarning o`z narxi va miqdoriga 
bog`liq bo`ladi. Masalan, 1000 metr duxoba nasiyaga har bir metri 2 dollardan 
beriladi. Bunda duxoba egasining xaridorga bergan qarzi 2000 dollarni (1000x2) 
tashkil etadi.
Tijorat kreditida foiz nasiyaga sotilgan duxoba narxiga ustama shaklini oladi, 
shu sababli, duxoba nasiyaga o`z narxidan yuqori narxda beriladi. Masalan, duxoba 
naqd pulga har metri 2 dollardan sotilsa, nasiyaga 2,5 dollar ustama foiz bo`ladi. 
Bizning misolimizda 1000 metr duxobaga ustama 500 dollarni tashkil etadi (1000 x 
2,5 q 2500; 2500 2000 q 500).
Tijorat krediti berishning, asosan, beshta usuli mavjud:
- veksel usuli;
- ochiq schyot orqali berish, chegirma berish usuli;
- mavsumiy kredit;
- konsignatsiya.
Veksel usulida tovar yetkazib berilganda sotuvchi xaridorga trattani taqdim 
etadi. Xaridor o`z navbatida, uni akseptlaydi, ya‘ni trattada ko`rsatilgan summani o`z 
vaqtida to`lashga rozilik beradi.
Ochiq schyot orqali tijorat kreditini berishning mazmuni shundaki, xaridor 
tovarga buyurtma berishi bilanoq u yuklab jo`natiladi, to`lov esa o`rnatilgan 
muddatlarga vaqt-vaqti bilan amalga oshirib boriladi. Bunda xaridor har gal tovar 
olishda kreditni rasmiylashtirib o`tirmaydi, ya‘ni kreditga murojaat etmaydi.
Chegirma berish usulida xaridor to`lov hujjatlari yozilgandan so`ng, 
shartnomada kelishilgan ma‘lum davr ichida to`lovni amalga oshirsa, to`lov 
yig`indisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davr ichida to`lay olmasa, unda to`lovni 
belgilangan muddatda to`liq amalga oshiradi.


Mavsumiy kredit, odatda, o`yinchoqlar, suvenirlar va boshqa keng iste‘mol 
mollarini sotishda keng qo`llaniladi. Masalan, chakana savdo tashkilotlari yil 
davomida archa o`yinchoqlarini sotib oladilar va shu yo`l bilan o`yinchoqlar uchun 
katta zahira to`playdilar, o`yinchoqlar haqini esa yangi yil bayrami o`tgandan so`ng 
yanvar-fevral oylarida to`laydilar. Ishlab chiqaruvchilar uchun bunday usulning 
qulayligi shundaki, ular o`yinchoqlarni omborlarda saqlash xarajatlaridan xolos 
bo`ladilar.
Konsignatsiya shunday usulki, bunda sotib oluvchilar tovarlarni majburiyatsiz 
sotib oladilar, ya‘ni tovar sotilgandan so`ng puli to`lanadi. Agar tovar sotilmay qolsa, 
u egasiga qaytarib beriladi.

Download 1,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish