1-bob. YUQUMLI KASALLIKLAR HAQIDA UMUMIY
MA‟LUMOT
Yuqumli kasalliklar qadim zamonlardan buyon uchrab, vaqti-vaqti bilan keng
tarqalib millionlab kishilarning yostig‗ini quritgan, jamiyatga ko‗p talafot
yetkazgan. Yuqumli kasalliklarning mohiyati, ularning kelib chiqish, tarkalish
sabablari uzoq vaqt davomida noma‘lum bo‗lib kelgan. Qadimda bunday
kasalliklarni qo‗zg‗atadigan sababni «kontagium» va kasalliklarning o‗zini esa
«kontagioz kasalliklar» deb yuritish rasm bo‗lgan.
O‗rta asrning mashhur olimi va shifokori vatandoshimiz Abu Ali ibn Sino
(980—1037) o‗z asarlarida, xususan «Al-qonun»da, «O‗lat, chinchechak, qizamiq
va boshqa yuqumli kasalliklarni ko‗zga ko‗rinmaydigan jonivorlar qo‗zg‗atsa
kerak» deb gumon qilgan. U kasalliklarning bemorlardan sog‗lom kishilarga
yuqish mumkinligini bilgan va qarshi kurash choralarini ko‗rishga xarakat qilgan.
Oradan 400 yil o‗tib 1478—1553 yillarda yashagan italiyalik olim Frakastoro ham
yuqumli kasalliklarni ko‗zg‗atuvchi omil tirik jonivor ekanligi haqida ishonch
bilan gapirib, bu omil o‗ziga hos xususiy tabiatga ega degan fikrni olg‗a surgan.
Frakastoro yuqumli kasallik uch xil yo‗l bilan: 1) muloqot yo‗li; 2) bemor
foydalangan turli buyumlar (o‗rin-ko‗rpa, kiyim-kechak va boshka buyumlar) va 3)
havo orqali yuqishini ta‘kidlaydi.
Angliyalik shifokor Eduard Jenner (1749—1823 yillar) sigir chechagini
odamlarga emlash yo‗li bilan kuchli immunitet hosil qilib, chinchechakka qarshi
yaxshi natija beradigan profilaktika usulini ishlab chiqdi. Chechakka qarshi emlash
usuli qisqa muddatda, deyarli yer yuzidagi hamma mamlakatlarda qo‗llanila
boshladi.
Mashhur fransuz olimi Lui Paster (1822—1895 yillar) maxsus tadqiqotlar
o‗tkazib, odamlarda yuqumli kasalliklar paydo bo‗lishida mikroorganizmlarning
rolini ishonarli dalillar bilan isbotlab berdi. L.Paster mikroorganizmlarni
kuchsizlantirish yo‗li bilan yuqumli kasalliklarga qarshi emlash uchun
qo‗llaniladigan em dori, ya‘ni vaksinani olish usulini amalda joriy etdi. U
quturishga va kuydirgiga qarshi emlash uchun vaksina ishlab chiqdi va buni
10
amaliyotda keng qo‗llashga tavsiya etdi. Shu vaksina tufayli hamma vaqt o‗lim
bilan tugaydigan qo‗rqinchli quturish kasalligini oldi olindi.
Yuqumli kasalliklar haqidagi ta‘limotning rivojlanish tarixida nemis olimi
Robert Kox (1843—1910) alohida o‗rinni egallaydi. Danilo Samoylovich (1724—
1805 yillar) yuqumli kasalliklarni tirik jonivorlar quzgatishini aniq taxmin qilgan.
U o‗lat mikrobini mikroskop yordamida izlagani haqida tarixiy dalillar bor.
Samoylovich kasalliklarning muloqot yo‗li bilan yuqishi ustida ko‗proq tekshirish
o‗tkazgan, xususan u o‗lat bilan og‗rigan bemorning kiyim-kechaklarini
dezinfeksiya qilish usuli bilan kasallikning boshqalarga yuqishi va tarqalishiga
chek qo‗yishga xarakat qildi.
I.I.Mechnikov (1845—1916 yillar) infeksiya va immunitet haqidagi ta‘limotni
asoslab berdi. Undan tashqari, u vabo, qaytalama terlama, zahm, ichburug‗, sil
kasalliklarining epidemiologiyasini yangi dalillar bilan boyitdi va rivojlantirdi.
Yuqumli kasalliklar haqidagi ta‘limotni rivojlantirishda S.P.Botkin (1832—
1889), A.A.Ostroumovlarning roli ham katta bo‗ldi. S.P.Botkin 1860 yillarda
«kataral sariq kasalligi yuqumli kasallikdir», deb ta‘kidladi. Shuningdek, u o‗sha
yillarda ich terlama klinikasining ba‘zi bir xususiyatlarini xar tomonlama o‗rgandi
va klinik kechishini batafsil yoritdi.
A.A.Ostroumov (1844 – 1908 yillar) yuqumli kasalliklarni davolashda, bemor
organizmining kuch-quvvatini oshirish hal qiluvchi rol o‗ynashini alohida
ta‘kidlaydi.
Parazitologiya va parazitar kasalliklar epidemiologiyasining rivojlanishida
Ye.N.Pavlovskiyning (1884 – 1956) roli beqiyosdir. «Tabiiy o‗choqli yuqumli
kasalliklar» haqidagi Pavlovskiy ta‘limoti butun yer yuzidagi mutaxassis olimlar
tomonidan e‘tirof etilgan.
Akademik K.I.Skryabin (1878 – 1972 yillar) turli gijjalar, ya‘ni gelmintlarni
o‗rganish sohasidagi tadqiqotlari bilan mashhur bo‗ldi. Bir qancha gelmintlarni
butunlay tugatish g‗oyasi K.I.Skryabinga mansubdir.
1920 yilda Toshkentda tashkil topgan Turkiston universiteti tarkibidagi
tabobat fakultetida ishlagan A.I.Kryukov (1878 – 1952), P.F.Borovskiy (1863 –
11
1932), N. I. Ragoza (1883 – 1956), I.A. Kassirskiy (1898 – 1971) va boshqalar
O‗rta Osiyoda o‗sha vaqtlarda keng tarqalgan turli infeksion va parazitar
kasalliklarni xar tomonlama o‗rganish va ularga qarshi chora-tadbirlarni amalga
oshirishda katta xizmat ko‗rsatdilar.
1921 yilda Moskva universitetini tugatib, 1922 yilda Buxoroga ishga kelgan
L.M.Isaevning O‗rta Osiyo sharoitida tarqalgan bezgakni o‗rganish va mutlaqo
tugatish sohasidagi ishlari alohida tahsinga sazovordir. L.M.Isaev tashabbusi bilan
Buxoro viloyatida rishta kasalligi tugatildi. Uning boshchiligida tropik ilmiy-
tekshirish instituti tashkil topdi. N.I.Xodukin O‗zbekistonda vaksina va zardob
ilmiy tekshirish institutini tashkil etish va bu ilmiy markaz raxbarligida O‗rta
Osiyoda uchraydigan turli parazitar va virusli kasalliklarni o‗rganish hamda ularga
qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda jonbozlik ko‗rsatdi.
N.I.Ragoza (1883 – 1956) O‗zbekistonda brutsellyozning klinikasi va
tashxisotini xar tomonlama o‗rganib, uning patogenetik tasnifini ishlab chiqdi.
P.F.Samsonov (1892 – 1964) O‗rta Osiyoda brutsellyozning epidemiologiyasini
xar tomonlama kuzatib uning asosiy qonuniyatlarini aniqladi.
Ikkinchi jahon urushidan oldingi yillar N.I.Ragoza, A.L.Katsenovich va
bularning rahbarligidagi mutaxassislar o‗sha vaqtlarda O‗zbekistonda keng
tarqalgan ich terlama (qorin tifi) va paratiflarni xar tomonlama o‗rgandilar va bu
kasalliklarning klinik xususiyatlarini batafsil yoritdilar.
Ulug‗ Vatan urushidan keyingi davrlarda I.Q.Musaboev rahbarligida bir
guruh ilmiy xodimlar O‗zbekiston sharoitida qator yuqumli kasalliklarning
klinikasi, tashxisoti va davosi borasida mukammal ilmiy tadqiqot ishlarni ado
etdilar. O‗zbekistonda yuqumli kasalliklarni o‗rganishda o‗zlarini katta xissalarini
qo‗shib, maktab yaratgan olimlar: X.A.Yunusova, O.S.Maxmudov, I.K.Musabaev,
Sh.X.Xodjaev, T.O.Daminov va yana ko‗plab olimlarni aytish mumkin.
XIX asrning birinchi yarmida ba‘zi yuqumli kasalliklarning qo‗zg‗atuvchi
mikroblari ma‘lum bo‗lgach, ular haqidagi ta‘limot tez rivojlana boshladi. XIX
asrning ikkinchi yarmiga kelib ko‗pgina kasalliklarni qo‗zg‗atuvchilari ketma-ket
12
kashf etila boshladi. Buning natijasida yuqumli kasalliklar haqidagi ta‘limot ancha
rivojlandi va tabobat fakultetlarida u mustaqil fan qilib o‗qitiladigan bo‗ldi.
Yukumli kasalliklar odamlar hayotida muhim rol o‗ynaydi. Shu vaqtgacha yer
yuzida ma‘lum bo‗lgan va o‗rganib chiqilgan yuqumli kasalliklarning soni 1060
dan ortishi va ularning ba‘zilari hali ham vaqti-vaqti bilan epidemiya, hattoki
pandemiya shaklida keng tarqalib turishini ozgina o‗ylab ko‗rilsa, ularning kishilar
sog‗ligi va umuman jamiyatga keltiradigan zarari qanchalik katta ekani yaqqol
gavdalanadi.
Yuqumli
kasalliklar
haqidagi
ta‘limot
mikrobiologiya,
epidemiologiya, parazitologiya, immunologiya, eksperimental ximioterapiya,
patologik anatomiya va patologik fiziologiya bilan chambarchas bog‗lik. Ikkinchi
tomondan, infeksion patologiya ichki kasalliklarning ajralmas bir qismidir.
Darhaqiqat, tibbiyot hodimi ichki kasalliklar haqida puxta va asosli bilimga ega
bo‗lmasdan turib, yukumli kasalliklarga tashxis ko‗ya olmaydi. Chunki xar bir
infeksion kasallikda organlardagi patologik o‗zgarishlarning sababi va mohiyati
haqida fikr yuritish va ularni bartaraf qilish choralarini ko‗rish uchun, tibbiyot
xodimi, tabiiyki, ichki kasalliklar sohasida yetarli bilimga va tajribaga ega bo‗lishi
zarur.
Mamlakatimizda ba‘zi yuqumli kasalliklar butunlay tugatildi (chinchechak,
qaytalama tif, rishta, leyshmanioz), boshqalari (tepkili terlama, difteriya, qizamiq)
ancha kamaydi. Vabo vaqti-vaqti bilan hali ham uchrab turadi. Qizilkum, Kaspiy
bo‗yi cho‗llari va boshqa joylarda o‗latning endemik o‗choqlari mavjud. Ikkinchi
tomondan, rivojlangan mamlakatlarda tugatilgan ba‘zi yuqumli kasalliklar yaqin va
O‗rta Sxarq, shuningdek, sxarqi-janubiy Osiyo va Afrika mamlakatlarida haligacha
uchrab turadi. Horijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy va ilmiy-texnika
sohasidagi aloqalar kengayib borayotgan hozirgi sharoitda bizda hozir
uchramaydigan kasallikning jahonning istalgan joyidan mamlakatimizga kirib
kelishi ehtimoldan uzoq emas. Bu ham tibbiyot hodimining yuqumli kasalliklar
haqidagi bilimi yetarli bo‗lishini talab qiladi. Yuqumli kasalliklarni garchi
patogen bakteriyalar, viruslar va bir hujayrali sodda jonivorlar quzg‗atsada,
ularning paydo bo‗lishini faqat qo‗zg‗atuvchining organizmga kirishi natijasi deb
13
hisoblab bo‗lmaydi. Infeksiya avj olishi murakkab ijtimoiy-biologik jarayon
bo‗lib, mikroorganizm bilan makroorganizmning o‗zaro ta‘siri natijasiga bog‗liq.
Patogen mikroorganizm bilan odam organizmi o‗rtasidagi munosabat turlicha
bo‗lishi mumkin, bu bir tomondan mikrorganizmning virulentligi va ikkinchi
tomondan odam organizmining ana shu kasallikka moyilligi va immun faolligiga
bog‗liq. Odam organizmi patogen mikrorganizmga duch kelganida ba‘zan unda
hech qanday o‗zgarish bo‗lmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |