quyon qonidagi qand darajasini pasaytirish qobiliyatiga egadir. Gormonlarning
molekulasining o’lchami unchalik katta emas, bu esa ularni qon tomirlari
devorlaridan to’qimalarga o’tishni ta’minlaydi. Bundan tashqari molekulalarning
kichik o’lchamda bo’lishi o’larning to’qimalar membranasidan chiqish imkonini
beradi.
Gormonlar to’qimalarda
juda tez parchalanadi, shu sababli ularni doimiy
ta’sirini ta’minlash uchun doimiy ravishda qonga ajralib turishi kerak. Faqat ana
shunday holda qondagi gormonlar konsentrasiyasini doimiy holda saqlab turish
mumkin.
Gormonlar nisbatan turga xos spesifiklik xususiyatiga ega, bu esa muhim
ahamiyatga ega, chunki odam organizmidagi u yoki
bu gormonni yetishmasligini
hayvonlarni shunga mos bezlaridan olinadigan gormonal preparatlarni kiritish yo’li
bilan kompensatsiya qilish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda ko’plab gormonlarni faqatgina ajratibgina qolmay, balki
ulardan ayrimlarini sintetik yo’l bilan olish imkoni ham yaratildi. Ular o’zlarining
kimyoviy tuzilishi bo’yicha polipeptidlarga kiradi (insulin va gipofizning ko’pgina
gormonlari).
Qalqonsimon bezning gormonlari - tiroksin va triyodtreonin hamda buyrak
usti bezining mag’iz qavatidan ishlab chiqiladigan adrenalin va noradrenalin
gormonlari aminokislotalarning hosilalari hisoblanadi. Buyrak usti bez po’stloq
qismining va jinsiy bezlarning gormonlari tabiati bo’yicha steroidlar hisoblanadi.
Gormonlarning ahamiyati.
Gormonlar moddalar almashinuviga ta’sir qiladi,
hujayralar faoliyatini boshqaradi, hujayralar
membranasi orqali moddalar
almashinuvi mahsulotlarini o’tishini ta’minlaydi. Gormonlar nafas olishga, qon
aylanishiga, ovqat hazmiga, ta’sir ko’rsatadi, ko’payish funksiyasi ham gormonlar
ajralishi bilan bog’langan.
Organizmning o’sishi va rivojlanishi, turli yosh davrlarining almashinishi,
ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog’liq. Gormonlar to’qimalarning o’sishi va
tabaqalanishiga ta’sir ko’rsatadi. Gipofizning oldingi qismini funksiyasini pasayishi
natijasida organizmdagi oqsillar sintezi keskin pasayadi va buning natijasida
organizm o’sishdan to’xtaydi. Qolqonsimon bez gormonlarining yetishmasligi
natijasida to’qimalarning tabaqalanishi buziladi.
Bunga juda yengil ishonch hosil qilish mumkin, agar it baliqning qalqonsimon
bezi
olib tashlanganda, itbaliq o’sadi. Lekin uning metamorfozi yetilgan baqaga
aylanishi yuz bermaydi. Jinsiy bezlarning rivojlanishi to’xtatilganda ikkilamchi
jinsiy belgilarning rivojlanishi kechikadi yoki zaif rivojlanadi, gipofizning
gonadotrop gormonlarining yetarlicha ishlab chiqilmasligi jinsiy bezlarning
yetilishini va spesifik jinsiy hujayralarning hosil bo’lishini buzadi. Qolqonsimon
bezning yod saqlovchi gormonlari regeneratsiya jarayoniga stimullovchi ta’sir
ko’rsatadi. Ularning ta’siri ostida teri va muskullarning
jarohatlari va singan
suyaklarning bitishi tezlashadi.
Gormonlarning ta’sir mexanizmi.
Gormonlarning ta’sir mexanizmi haligacha
to’liq aniqlanmagan. Gormonlar o’z ta’sirini organizmga hujayra membranalaridan
o’tishini o’zgartirish yo’li bilan va hujayra yadrolaridagi genetik jarayonlarni
stimullash yo’li bilan ferment tizimlarini faollashtirish yoki to’xtatish yo’li bilan
ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydilar.
Gormonlar fermentlarga qo’shilib ularningg buzilishini o’zgartiradi va bu
bilan fermentativ reaksiyalarning kechishiga ta’sir qiladi degan taxminlar ham bor.
Lekin gormonlarning bunday mexanizmlar ta’siri ularning ayrimlari uchungina
ko’rsatilgan.
Me’daosti bezining gormoni insulinning hujayra membranalaridan
glyukozaning o’tish xususiyatiga ta’siri juda yaxshi o’rganilgan, ya’ni
insulin
membranalarni o’tkazuvchanlik xususiyatini yaxshilaydi. Xuddi shunday
xususiyatga jinsiy gormonlar va o’sish gormoni ham egadirlar. Lekin buyrakusti
bezining po’stloq qismining gormonlari; gidrokortizon va kortikosteronlar hujayra
membranalarining o’tkazish xususiyatini pasaytiradi.
Deyarlik barcha gormonlar, hujayralarning genetik apparati orqali ta’sir
ko’rsatish xususiyatiga ega (me’da osti bezi, qalqonsimon bez,
buyrakusti, jinsiy
bezlar, gipofizning gormonlari) va nuklein kislotalar oqsillarni sintezlanishida
ishtirok etadi.
Masalan insulin glyukozaning parchalanishini bajaruvchi fermentlarni
sintezlanishida faol ishtirok etadi. Bu gormonning taqchilligi paytida glyukozaning
parchalanish jadalligi juda pasayib ketadi, bu esa o’z navbatida qon tarkibida
glyukozani miqdorini ortishiga olib keladi.
Ko’pchilik steriodli gormonlar axborotchi
RNKning sintezlanishini
tezlashtiradi va shu yo’l bilan oqsillar va ayrim oqsil-fermentlarni sintezlanishini
faollashtiradi.
Ayrim gormonlar hujayra yadrosiga kirib xromatin (oqsil va DNK kompleksi)
bilan bog’ hosil qiladi, ya’ni genetik material bilan birikadi va irsiy axborotlarning
navbatma navbat va to’liq namoyon bo’lishini boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: