1. Analizatorlarning umumiy tuzilishi va ahamiyati. Analizatorlarning turlari


Ichki sekretsiya bezlari haqida tusuncha va ularining joylashuvi



Download 382,42 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/29
Sana19.03.2022
Hajmi382,42 Kb.
#501402
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29
Bog'liq
2-MA’RUZA Analizatorlar va ichki sekretsiya bezlarining yosh xususiyatlari. Tayanch-xarakat apparatining yosh xususiyatlari va gigienasi. (1)

Ichki sekretsiya bezlari haqida tusuncha va ularining joylashuvi. 
Organizm funksiyalarining doimiy kelishilgan holda ishlashini ta’minlovchi 
murakkab boshqarish sistemasi, uning ichki hayoti va tashqi muhitdagi xulq-
atvoriga bog‘liqdir.
Evolyutsiya jarayonida, shunday o'ziga xos organlar sistemasi hosil bo‘ldiki, 
bu sistema murakkab kimyoviy moddalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, 
hatto hayot jarayonlarini ham boshqara oladi. Bu ichki sekretsiya bezlaridir. 
Organizmning boshqa organlari singari ichki sekretsiya bezlari ham hayvonat 
olamining evolyutsion taraqqiyoti mahsuli bo‘lib, dastavval qurtlarda, yumshoq 
tanlilarda asta-sekin rivojlangan va takomillashgan. Umurtqali hayvonlarda, asosan 
insonlarda esa ichki sekretsiya bezlari yuksak darajada taraqqiy etgan.
Ichki sekretsiya haqidagi tushuncha birinchi marta fiziologiyaga Klod Bernar 
tomonidan kiritilgan. Klod Bernar 1855-yilda maxsus tekshiruv o‘tkazib, jigarning 
ovqat hazm qihsh organlariga o‘t suyuqligi va qonga glikogen chiqarishini 
aniqlagan.
 


Ma’lumki organizmdagi mavjud bezlar spesifik moddalar-sekretlar ishlab 
chiqaradi. Sekretlar oqish yo’llari orqali gavdaning bo’shliqlariga (og’iz bo’shlig’i, 
me’daga, ichaklarga) yoki tashqi muhitga ajratiladi. Bunday holda tashqi sekresiya 
haqida ham gap yuritishga to’g’ri keladi: Tashqi sekretsiya bezlari; so’lak, me’da, 
yog’, ter bezlari – tashqi sekretsiya bezlariga kiradi.
Lekin organizmda yana shunday bezlar borki, qaysiki ularning alohida 
chiqaruv yo’llari bo’lmay, balki ajratgan sekretlarini to’g’ridan-to’g’ri qonga 
ajratadi. Bunday bezlar ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlari deb yuritiladi 
va bu so’z grekcha endon – ichki, krinin ajratadi degan ma’noni beradi. Endokrin 
bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez yoki qalqonsimon bezoldi bezchalari
me’daosti bezi, jinsiy va ayrisimon bezlar kiradi.
Me’daosti va jinsiy bezlar – aralash bezlar hisoblanadi, ya’ni ularning ayrim 
hujayralari tashqi sekretorlik funksiyasini bajarsa, ayrimlari ichki sekretorlik 
funksiyasini bajaradi. 
Jinsiy bezlar jinsiy gormonlar ishlab chiqarish bilan birga, jinsiy hujayralarni 
(tuxum va spermatazoidlar) ham ishlab chiqaradi. Me’daosti bezining hujayralarini 
bir qismi insulin va glyukogen gormonlarini ishlab chiqsa, qolgan qismi me’daosti 
bezining hazm shiralarini ishlab chiqaradi.
Odamning endokrin bezlari o’lchami jihatidan unchalik katta emas, og’irligi 
ham unchalik katta emas (grammning bir qismidan, bir necha grammlargacha) lekin 
qon tomirlari bilan juda yaxshi ta’minlangan. Qon ularga zarur bo’lgan qurilish 
materiallarini olib keladi va undan kimyoviy jihatdan faol sekretlarni olib ketadi.
Endokrin bezlarga juda katta tarmoqlangan asab tolalari keladi va ularning 
faoliyati doimiy ravishda asab tizimi bilan nazorat qilinadi.Ichki sekretsiya bezlari 
funksional jihatdan bir-biri bilan uzviy bog’langan va bitta bezning jarohatlanishi 
boshqa bir bezning faoliyatini buzilishini chaqiradi. 
Shunday qilib, organizmda tashqi sekretsiyadan boshqa ichki sekretsiya 
jarayonlari ham borligini isbot etgan va o‘z sekretlarini organizm ichiga chiqarib 
beradigan bezlarni ichki sekretsiya bezlari deb atagan. Bu so‘z grekcha endo - ichki 
va krino - ajratish, chiqarish so‘zlaridan olingan. Ichki sekretsiya bezlarining 
chiqarish yo‘llari bo‘lmaydi.
Ichki sekretsiya bezlarining funksiyasi vegetativ nerv sistemasining 
faoliyatiga bog‘liq bo‘lib, bosh miya po‘stlog‘ining idora qiluvchi, hamda nazorat 
etuvchi roliga bo‘ynsunadi. 
Endokrin bezlar joylashgan o‘rniga ko‘ra 4 ta guruhga bo‘linadi.
1. Epifiz va gipofiz bezi;
2. Bo‘yin va ko‘krak qafas bezlari: qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi
ayrisimon bez;
3. Qorin bo‘shlig‘i bezlari: me’da osti bezi va buyrak usti bezi kiradi.
4. Chanoq bezlari: jinsiy bezlar kiradi.

Download 382,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish