Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari


Nafas olishning ahamiyati va vazifasi



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

Nafas olishning ahamiyati va vazifasi. 
Nafas olish – odam organizmi bilan uni o’rab turuvchi tashqi muhit orasidagi 
hayot uchun zarur bo’lgan doimiy gazlar almashinuvi jarayonidir. Odam nafas 
olganda tashqi muhitdan havo o‘pka hujayralariga undan qonga, o‘tib qon orqali 
barcha hujayralarga yetkazib beriladi. Organizmdagi moddalarning oksidlanishi va 
qaytarilishi bo’yicha barcha murakkab reaksiyalar albatta kislorod ishtirokida 
kechadi. Oksidlanish jarayonlari paytida parchalanish mahsulotlari hosil bo’ladi, shu 
jumladan karbonat angidrid gazi ham organizmdan ajratib chiqariladi.
Natijada, yuqori molekulyar organik moddalardan ma’lum miqdorda energiya 
ajralib chiqadi. Agarda organizm hujayralariga kislorod yetishmasa hujayralar 
o‘ladi. Nafas olish va chiqarish paytida organizm bilan uni o’rab turuvchi tashqi 
muhit orasida gazlar almashinuvi kechadi, ya’ni organizmga doimiy ravishda 
kislorodning tushishini va undan karbonat angidridning chiqarilishini ta’min etadi. 
Bu jarayon o’pkalarda kechadi. O’pkadan to’qimalarga kislorodni va to’qimalardan 
o’pkaga karbonat angidridni tashuvchi bo’lib qon hisoblanadi. Modda almashinuvi 
natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid gazi va suv parlari o‘pka orqali tashqariga 
chiqarib yuboriladi.
 
Nafas olish va nafas chiqarish aktlari. 
Nafas olish va nafas chiqarishning bir 
maromda almashinib turishi nafas akti deb ataladi. Ritmik ravishda bajariluvchi 
nafas olish va nafas chiqarish aktlari tufayli atmosfera va o’pka pufakchalarida 
bo’lgan alveoleyar havolar orasidagi gazlar almashinuvi amalga oshadi.
O’pkada muskul to’qimalari yo’q, ana shu sababli ham u faol qisqarish 
xususiyatiga ega emas, nafas olish va nafas chiqarish aktlarini bajarilishida faol rolni 
nafas muskullari o’ynaydi.
Nafas olishda tashqi qovurg’alararo muskullar va diafragma qisqaradi. 
Qovurg’alararo muskullar qovurg’alarni biroz ko’taradi va ularni atrofga 
kengaytiradi. Bu paytda ko’krak qafasini hajmi ortadi. Diafragma qisqarganida 
uning gumbazi tekislanadi, bu esa ko’krak qafasini hajmini kenagyishiga olib keladi. 
Chuqur nafas olinganida ko’krak va bo’yinning boshqa muskullari ham ishtirok 
etadi. O’pka germitik holdagi yopiq ko’krak qafasida joylashib, nafas olish va 
chiqarish paytida uning devorlari harakati orqasidan passiv ergashib qisqarib 
kengayadi, chunki bu holat plevraning ko’krak qafasiga tutashganligi hisobiga yuz 
beradi, va bu holatga ko’krak bo’shlig’idagi manfiy bosim ham yordam beradi. 
Manfiy bosim – bu atmosfera bosimidan past bosimdir. Nafas olinayotgan paytda u 
atmosfera bosimidan 9-12 mm sim.ust.past, nafas chiqarishda esa –2-6 
mm.sim.ust.past bo’ladi. 


Shu vaqtda atmosfera havosi havo o’tkazuvchi yo’llar orqali kirib, 
alveolalalarni to’ldiradi. Nafas olinayotgan paytda ko’krak qafasining hajmi qancha 
ortsa, shunchalik o’pka kengayadi, nafas olish shuncha chuqur bo’ladi.
Nafas muskullarining bo’shashidan keyin qobirg’alar avvalgi holatiga qaytib 
tushadi, diafragmaning gumbazi yuqoriga ko’tarilib konus shaklini oladi, oqibatda 
ko’krak qafasining hajmi va o’pka kichiklashadi (qisqaradi) va havo tashqariga 
chiqariladi. Chuqur nafas chiqarishda qorin muskullari, ichki qovurg’alararo 
tishsimon va boshqa muskullar ishtirok etadi. 
Yangi tug’ilgan bolalar qorin tipida ya’ni, asosan diafragma muskuli 
qisqarishi hisobiga nafas oladi. Bolaning 3-7 yoshdan boshlab ko‘krak tipidagi nafas 
olishi vujudga kela boshlaydi. Bolalarning nafas olishi kattalarnikiga qaraganda tez 
va yuzakidir. Yangi tug’ilgan bolaning nafas olishi bir me’yorda emas, chuqur nafas 
olish yuzaki nafas olish bilan almashinib qoladi. Bolaning ilk yoshida bog‘cha va 
maktab yoshidan boshlab asta-sekin nafas olish bir me’yorda bo’la boshlaydi. 
Nafas olish nafas harakatlarining bir daqiqadagi soni nafas tezligi deb ataladi. 
Nafas tezligi erkaklarda 16 ta ayollarda 18 ta bo’ladi.

Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish