Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet29/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

Traxeya va bronxlar va uning yosh xususiyatlari. 
Traxeya yarim halqa 
shakhda 16-20 ta elastik tog‘aylardan tuzilgan bo’lib, bu tog'aylar halqasimon 
boylamlar yordamida bir-biriga birikkan. Katta odamda traxeyaning uzunligi 13 sm. 
Traxeyaning silliq pardasi hiqildoqnikiga o‘xshydi, lekin burmalar bo’lmaydi. 
Traxeyani orqa tomonidan qizilo’ngach joylashgan. Kekirdak 1V-V ko’krak 
umurtqalari darajasida o’ng va chap birlamchi bronxlarga bo’linadi. Bronxlar o’z 
tuzilishi bo’yicha kekirdakni tuzilishini eslatadi. O’ng bronx chap bronxdan kalta. 
Birlamchi bronx o’pka darvozasiga kirganidan keyin bronxlar daraxatini hosil 
qiluvchi ikkilamchi, uchlamchi va boshqa qatordagi bronxlarga bo’linadi. Eng nozik 
shoxchalar bronxiolalar deb ataladi. So‘ng bronxiolalar kengayib, alveola bilan 
tugaydi.
Bolalarni traxeyasi kattalarnikiga nisbatan kaltaroq va torroq bo’lib, biroz 
yuqoriroqda joylashgan bo’ladi. Traxeyaning uzunligi, tog‘aylari kattaligi bolaning 
yoshi ortishi bilan ortib boradi. Bronxlar ikkiga shoxlanganga qadlar traxeyaning 
uzunligi yangi tugilgan bolalarda 3-4 sm, 5 yoshda 5-6 sm, 10 yoshda 6,3 sm, 15 


yoshda 7,5 sm, kattalarda esa 9-12 smga to‘g‘ri keladi. Bolalarda traxeyaning shilliq 
qavati nozik, qon va limfa tomirlar bilan juda yaxshi ta’minlangan bo’ladi. Shuning 
uchun, ba’zida kattalarga nisbatan chang zarralari va mikroblar bola traxeyasining 
shilliq qavatiga tez o‘rnashib qoladi.
Bir yoshgacha bronxlar juda tez o‘sa boshlaydi. Kichik yoshdagi 
o‘quvchilarning bronxlari tor, tog‘aylari yumshoq, muskul va elastik tolalari ancha 
sust rivojlangan bo’ladi. Bronxlarni qoplab turgan shilliq parda, qon bilan mo’l-ko’l 
ta’minlanadi-yu, lekin bir muncha quruq turadi. Bronxlarning o‘sishi kichik maktab 
davrida sekin boradi va 13 yoshidan keyin ancha tezlashadi. 
O‘pkalar va uning yosh xususiyatlari.
O‘ng va chap o‘pka ko‘krak qafasining 
beshdan to‘rt qismini egallab turadi. Har bir o‘pka alohida seroz parda ichida 
joylashgan bo’lib, u plevra xaltasi pardasi deb ataladi. Har qaysi o‘pkani chuqur 
egatlar bo’laklarga bo’ladi. O‘ng o‘pka uch bo’lakka, chap o‘pka ikki bo’lakka 
bo’linadi. O‘pkaga kirgan bronxlar tarmoqlanib, diametri 1 mm.li bronxiolalar hosil 
qiladi. Bular tarmoqlanib oxirgi bronxiollarni hosil qiladi. Oxirgi bronxiollarning 
uchi pufakchalar-alveolalar bilan tugaydi. Alveolalar nafas yo’llarining oxirgi qismi 
hisoblanadi. Alveollar 400-500 millionta bo’lib, ularning umumiy sathi 60- 120 m
2
gacha yetadi. O’pka pufakchalarining devori bir qavat silliq epitelial hujayralardan 
tashkil topgan va har bir alveola tashqi tomondan qalin kapillyarlar to’ri bilan 
o’ralgan. Alveollalar va kapillyarlar devori orqali gazlar almashinuvi kechadi - 
havodan qonga kislorod, qondan esa alveolalarga karbonat angidrid gazi va suv bug’ 
lari o’tadi.
Alveolalarning katta yuzasi juda yaxshi gazlar almashinuvini ta’minlaydi. Bu 
yuzaning bir tomonida doimiy ravishda tarkibi bo’yicha yangilanuvchi alveolyar 
havo tursa, boshqa tomonida esa – qon tomirlari bo’ylab oquvchi qon turadi. 
Alveolalarning keng yuzasi orqali kislorod va karbonat angidrid gazlarining 
diffuziyasi amalga oshadi. Jismoniy ish bajargan paytda, ya’ni chuqur nafas olish 
paytida alveolalar jiddiy darajada cho’ziladi, nafas olish yuzasining o’lchami ancha 
kengayadi. Alveolalarning umumiy yuzasi qancha katta bo’lsa, gazlarning 
diffuziyasi shuncha jadal kechadi. 
Har bir o‘pkaning vazni 500-600 g keladi. Har bir o’pka seroz po’stloq bilan 
qoplangan bo’ladi va – plevra deb ataladi. Plevraning ikki varag’i bo’lib, ulardan 
biri o’pka bilan zich yopishgan bo’lsa ikkinchisi ko’krak qafasiga yopishgan bo’ladi. 
Plevralar varag’i orasida uncha katta bo’lmagan plevralararo bo’shliq bo’lib, seroz 
suyuqligi (1-2 ml) bilan to’lgan bo’ladi va u nafas harakatlari paytida plevra 
varaqlarini ishqalanishini yengillashtiradi. 
Bolalarda o’pkaning o’sishi asosan alveolalarning hajmini kattalishishi 
hisobiga amalga oshadi. (yangi tug’ ilgan bolalarda alveolalarning diametri 0,07 
mm.ni tashkil etsa, voyaga yetgan odamlarda esa bu ko’rsatkich 0,2 mm.ni tashkil 
etadi). Uch yoshgacha bo’lgan muddatda o’pkaning jadal o’sishi va uning ayrim 
elementlarining tabaqalanishi yuz beradi, bolalar 8 yoshli bo’lganida alveolalarning 
soni voyaga yetgan odamlarnikiga tenglashadi. 12 yoshdan keyin alveolalar juda tez 
o’sadi. O’pkaning hajmi 12 yoshda yangi tug’ilgan bolalarnikiga nisbatan 10 
martaga kattalashsa, jinsiy yetilish davrining oxiriga kelib – 20 martaga ortadi 
(asosan alveolalarning hajmini ortishi hisobiga). 


Bolaning yoshi ortishi bilan o‘pkasining og’irligi, o’lchamlari va hajmi ortib 
boradi, yangi tug’ilgan bolalarda ikkita o‘pkaning og’irli 50-57 g, 1-2 yoshda 350 g, 
9-10 yoshda 395 g, 15-16 yoshda 690 g, kattalarda esa 1000 g bo’ladi. O‘pkaning 
hajmi yangi tug’ilgan bolalarda 70 sm
3
, 1 yoshda 270 sm
3
, 8 yoshda 640 sm
3
, 12 
yoshda 680 sm
3
, katta odamda esa 1400 sm
3
, bo’ladi. O‘pkaning o‘sishi, asosan, 
alveola hujayralarining ortib borishi hisobiga bo’ladi. Yangi tugilgan bolalarda 
alveolalarning soni katta odamnikiga nisbatan 3 marta kam bo’ladi. Alveolalarning 
intensiv o‘sishi ayniqsa bolaning 12 yoshida boshlanadi. 

Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish