Reja: Og’iz bo’shlig’ida, me’da va ichakda ovqat hazm bo’lishining xususiyatlari


Nafas organlarining yosh xususiyatlari va gigienasi



Download 477,26 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/34
Sana19.03.2022
Hajmi477,26 Kb.
#501228
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34
Bog'liq
3-MA’RUZA Ovqat hazm qilish tizimining yosh xususiyatlari va ovqatlanish gigienasi. Qon va qon aylanish tizimining yosh xususiyatlari va gigiyenasi. Ayiruv va nafas tizimlarining yosh xususiy

Nafas organlarining yosh xususiyatlari va gigienasi.
Nafas organlariga: burun, tomoq, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, bronxiollar va 
o‘pka kiradi.
Burun bo‘shlig‘i va uning yosh xususiyatlari.
Nafas organlarida nafasga 
olinayotgan va chiqarilayotgan havolar o’tuvchi –havo yo’llari, hamda atmosfera 
havosi bilan qon orasida gazlar almashinuvi bajariladigan –o’pka farqlanadi. Nafas 
yo’li og’iz bo’shlig’idan to’siqlar bilan ajralib turuvchi burun bo’shlig’idan 
boshlanadi: oldindan – qattiq tanglay, ortdan esa yumshoq tanglay bilan ajralib 
turadi. Burun bo’shlig’iga havo burun teshiklari orqali kiradi, uning tashqi 


chekkalarida burunni chang zarrachalari kirishidan himoya qiluvchi tukchalar 
joylashgan. 
Burun bo‘lig‘i suyak tog‘aylaridan tuzilgan bo‘lib, peshona suyagining ichki 
yuzasi silliq qavat bilan qoplangan. Uning pastki, yuqorigi va ikki yon devori bor. 
Burun bo‘shlig‘i to‘siq yordamida ikkiga bo’linadi. Burun bo’shlig’ining shilliq 
qavati qalin qon tomirlari bilan ta’minlangan va ko’p qavatli hilpildoq epiteliy bilan 
qoplangan. Epiteliylarda esa shilliq ajratuvchi bezchalar joylashgan. Shilliq esa 
nafasga olinayotgan havo bilan kirgan chang zarrachalari bilan birgalikda 
kiprikchalarning hilpillovchi harakatlari bilan chiqarib tashlanadi.
Burun bo’shlig’ida nafasga olinayotgan havo isitiladi, qisman chang 
zarrachalaridan tozalanadi va namlanadi. Burun bo’shlig’i orqa tomondan teshik 
orqali – xaonlar –hiqildoq bilan tutashgan bo’ladi. 
Nafasning yoshga oid xususiyatlari kattalarnikidan farq qiladi. Yangi 
tug’ilgan bolalarda tomoq halqumi tor va burun teshigi ingichka, kichik bo’lib, 
shilliq qavati qon va limfa tomirlari bilan ko‘p ta ’minlangan. Ba’zida bu qismlar 
biroz shishib bolaning nafas olishini qiyinlashtiradi.
Yangi tugilgan bolalarda gaymarov bo‘shligi g‘alvirsimon suyakdagi 
qo'shimcha yo’llar yaxshi rivojlangan bo’ladi. Gaymarov bo‘shligi yangi tug’ilgan 
bolalarda ikki yoshdan kattalasha boradi. Pastki burun yo’li bolaning 4 yoshida 
vujudga keladi, gaymarov bo‘shligi 5-6 yoshda rivojlanib tugaydi. Burun bo‘shligi 
bolaning yoshi ortishi bilan 2,5 marta ortadi.
Yangi tugilgan bolalarda ogiz bo‘shligida va yutqichidagi bezlar nisbatan 
kattaroq bo’ladi. 
Bolalar hayotining birinchi kunlarida burun bilan nafas olishi biroz qiyinroq. 
Bolalarning burun yo’llari voyaga yetgan odamlarniki singari holatga 14-15 yoshga 
kelib to’liq shakllanib bo’ladi.
Burun-halqum va uning yosh xususiyatlari.
Burun-halqum yutqinning 
yuqorigi qismidir. Burun-halqum muskulli naycha holida bo’lib burun bo’shlig’i, 
og’iz bo’shlig’i va kekirdakga ochiladi. Halqumga xaonlardan tashqari yutqin 
bo’shlig’ini o’rta quloq bo’shlig’i bilan bog’lab turuvchi eshitish naylari ochiladi. 
Halqumdan havo yutqinning og’iz qismiga va undan kekirdakga o’tadi.
Bolalarda yutqin keng va kalta bo’lib eshitish nayi ancha past joylashgandir. 
Yuqorigi nafas yo’llarining kasallanishi ko’pchilik holatlarda o’rta quloqning 
yallig’lanishinining asoratlari kuzatiladi, qaysiki infeksiya keng va kalta eshitish 
nayi orqali osongina o’rta quloqqa tushadi.
 
Hiqildoq va uning yosh xususiyatlari.
Hiqildoq halqumning oldi, bo'yining 
oldingi qismida, til osti suyagining ostida joylashgan, hiqildoq, asosan, 
qalqonsimon, uzunsimon, cho'michsimon, hiqildoq ustligi, shoxsimon va 
ponasimon tog‘aylardan tuzilgan.
Hiqildoq skeleti bo’g’inlar, naylar va muskullar orqali bir-biri bilan tutushgan 
qator tog’aylardan hosil bo’ladi. Bular orasida eng yirigi - qalqonsimon tog’aydir. 
Hiqildoqqa kirish joyining ustki qismida tog’ay, hiqildoq usti plastinkasi joylashgan. 
Bu plastinka yutinish paytida hiqildoqni kirish qismini yopib turuvchi klapan rolini 
bajaradi.


Hiqildoq bo’shlig’i shilliq qavat bilan qoplangan, ya’ni ikki juft qat hosil 
qiladi, bular ham o’z nabvatida yutinish paytida hiqildoqqa kirish qismini yopadi. 
Qatlarning pastki jufti tovushlog’ich (tovush) naychalarini qoplab turadi. 
Hiqildoq ichki yuzasidagi shilliq parda tukli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, 
unda bezlar ko‘p. Hiqildoqda tovush apparati joylashgan. Tovush naychalari 
orasidagi bo’shliq tovush oralig’i deyiladi. Shunday qilib, hiqildoq faqatgina 
halqumni kekirdak bilan bog’lamay, balki nutq funksiyasida ham ishtirok etadi. 
Odatiy nafas olishlarda tovush naychalari bo’shashgan bo’ladi va ular orasidagi 
yoriqlar torayadi.
Chiqarilayotgan havo, tor bo’shliq (yoriqdan o’tish nayida tovush 
naychalarini torayishiga majbur etadi) – tovush yuzaga keladi.
Tovush naychalarining taranglashish darajasiga qarab tovushlarning past-
balandligi yuzaga keladi: naychalar tarang bo’lsa tovush-baland, bo’shashgan 
paytda esa past bo’ladi. Tovush naychalarining titrashini va tovushning hosil 
bo’lishini tilning, lablarning va yuzning harakati, hiqildoqni o’zini muskullarini 
qisqarishi ta’min etadi.
Erkaklarda tovush naychalari, ayollarnikiga qaraganda ancha uzun, shuning 
uchun erkaklarning tovushi ancha yo’g’on. 
Yosh bolalarda hiqildoq qisqa, tor, voronkasimon shaklda bo’lib, tog'aylar 
yumshoq ko'rinishdadir. Hiqildoq bolaning 5 yoshida jinsiy balog‘at yoshida 
intensiv rivojlanadi. 3 yoshidan qizlarning hiqildogi shu yoshdagi o‘g il bolalarga 
nisbatan kichikroq va torroq bo’la boshlaydi. Hiqildoqning jinsiy farqi bolaning 10 
yoshidan vujudga keladi. Hiqildoqning o‘sishi odamning 20-30 yoshigacha davom 
etadi. Yosh bolalarda ovoz yorigi tor, hiqildoq va ovoz boylamlari qisqa bo’ladi. 
Bolalarda 5 yoshgacha ovoz apparati rivojlanib borib 5 yoshdan esa ovoz boylamlari 
muskullari intensiv ravishda rivojlana boshlaydi. 12-14 yoshli o’g’il bolalarda 
qalqonsimon tog’aylarni plastinkasi qo’shtomoq yoki kekirdak olmasi tutashgan 
joyida o’sa boshlaydi, tovush naychalari uzunlashadi, hiqildoqni o’zi kengayadi va 
uzayadi, bu o’zgarishlar, qiz bolalarda ancha past bo’ladi. O’g’il bolalarda bu davrda 
tovushning buzilishi (yo’g’onlashishi) kuzatiladi.

Download 477,26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish