5-tajriba. Karbonat kislota tuzlarini hosil qilish.
Ishning bajarilish tartibi.
1) Probirkaning yarmigacha oxakli suv soling va
unga ingichka shisha nay yordamida og‘zingizdan sekin-asta havo jo‘nating.
Bunda probirkadagi eritmaning loyqalanishini va so‘ngra loyqa yo‘qolishini
kuzating. Buning sababini tushuntiring. hosil bo‘lgan eritmani ikkiga bo‘lib,
Kuchkarov M.A.
-73-
Anorganik kimyo
17. Cho‘g‘langan ko‘mirga qor solinganda yonishga yordam berishini
izohlang.
18. Uglerodning qaytaruvchilik xususiyatidan qayerlarda foydalaniladi?
19. “Tuxumxo‘r kolba” tajribasining mohiyatini tushuntiring.
20. G‘orlardagi stalaktitlarni qanday hosil bo‘lishini izohlang.
21. “It g‘ori” sirini izohlab bering.
Mavzu: KREMNIY VA UNING BIRIKMALARI
Ishning maqsadi.
Kremniy va uning birikmalariga xos tajribalarni amalga
oshirish va unga doir ko‘nikmalarni shakllantirish.
Kerakli asbob va jihozlar
.
Tigel, asbestlangan to‘r, pinset, filtr qog‘ozi,
shisha tayoqcha , farforli idish, shtativ, temir qoshiqcha , spirt lampa, probirka .
Kerakli reaktivlar.
Natriy ishqori (NaOH) 2 n li,magniy metali, silikogel,
kvars qumi, konsentrlangan xlorid kislota, natriy silikat (Na
2
SiO
3
), kalsiy xlorid
(CaCI
2
), qo‘rg‘oshin ikki nitrat (Pb(NO
3
)
2
, kobalt ikki nitrat (Co(NO
3
)
2
, mis sulfat
(CuSO
4
),ammiak (NH
3
) kons, ammoniy xlorid eritmalari (NH
4
CI) eritmalari, silan
(SiH
4
), fenolftalein.
Nazariy ma’lumot.
Kremniy – IV- guruh, 3-davrda joylashgan, tartib
rakami Z=14, elektron konfigurasiyasi KL 3s
2
3p
2
bo‘lgan element. Ionlanish
energiyasi -8,15 eV, elektromanfiylik- 1,75, valentligi –, II, IV, oksidlanish
darajasi -4, 0, +2, +4 teng. Kremniy birikmalari avvaldan ma’lum bo‘lsa ham,
uni 1811- yilda fransuz olimlari Gey- Lyussak va Tenar tomonidan erkin holda
ajratib olindi. Kremniy to‘q-kulrang yoki jigarrangli kristal(ba’zan kukunsimon)
moddadir. suyuqlanish temperaturasi 1425
0
C , qaynash temperaturasi 2620
0
C,
Uning barkaror izotoplari
28
Si
(tabiiy kremniyning 92.2%),
29
Si
(tabiiy
kremniyning 4.7%), va
30
Si
(tabiiy kremniyning 3.09%). Kremniy og‘irlik jihatidan
yer po‘stlog‘ining 28% ini tashkil qiladi; u asosan, kremniy (IV)-oksid va silikatlar
holida uchraydi; Masalan, albit NaAlSi
3
O
8
Texnikada qumni yuqori haroratda koks bilan qaytarish orqali amorf
kremniy olinadi. Yarim o‘tkazgichlar sanoati uchun kerak bo‘lgan toza kremniy
olishda, avval yaxshi tozalanmagan kremniyga xlor ta'sir ettirib SiCl
4
hosil
qilinadi; bu modda uchuvchan bo‘lgani sababli uni fraksion haydash yo‘li bilan
yaxshi tozalanadi, so‘ngra uni issiq nayda vodorod bilan qaytariladi:
SiCl
4
+ 2H
2
→ 2HCl + Si
Laboratoriyada kremniy hosil qilish uchun kremniy (IV)-oksid magniy
bilan qaytariladi.
SiO
2
+ 2Mg -→ 2MgO + Si
Kremniy ikkita allotropik shakl o‘zgarishi hosil qiladi. a)kristall
kremniy, b)amorf kremniy. Kristall kremniy juda qattiq va mo‘rt kul rang tusli
yaltiroq oktaedr shaklidagi kristallardan iborat; d=2.328 g/sm
3
. Amorf kremniy
qo‘ng‘ir tusli kukun bo‘lib, kremniy (IV)-oksidning qaytarilishidan hosil bo‘ladi.
Amorf kremniyni biror suyuq metalldagi eritmasini sovitish yo‘li bilan kristall
kremniy olinadi.
Kuchkarov M.A. -74- Anorganik kimyo
Kristall kremniy mo‘rt bo‘lganligi uchun maydalanganda osonlik bilan
amorf kremniyga aylanadi. Kremniy nisbatan inert modda. U kuchli
oksidlovchilar bilan ham reaksiyaga kirishadi. Amorf kremniy oddiy haroratda
ftor bilan birikib SiF
4
ni, 400°S da xlor bilan SiCl
4
ni, 600°Sda kislorod bilan SiO
2
ni, 1000°S da azot bilan Si
3
N
4
ni, 2000°S da ko‘mir bilan SiC ni, bor bilan SiB
3
va
SiB
6
ni hosil qiladi. Kremniy (HF + HNO
3
) aralashmasidan tashqari boshqa
kislotalarda erimaydi.
Lekin ishqorlarning suyultirilgan eritmalari kremniy bilan reaksiyaga
kirishadi. Natijada metall silikat va vodorod hosil bo‘ladi:
Si + 2NaOH + H
2
O -→ Na
2
SiO
3
+ 2H
2
Silikat kislota erkin holda tabiatda uchramaydi, uning faqat tuzlari
ma'lum. Ularning eritmalari suyuq shisha deb ataladi. Ular yelim sifatida
ishlatiladi. Natriy silikatlarga kuchli kislotalar ta'sir ettirib suvda erimaydigan
silikat kislotani olish mumkin:
Na
2
SiO
3
+ 2HCL -→ 2NaCL + H
2
SiO
3
Berilgan ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi tajribalar bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |