2.3. Mamlakatni modernizatsiyalash sharoitida korxona samaradorligini
oshirishda xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish masalalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish maqsadi – mamlakatimiz iqtisodiyotini yangilash,
ilm-fan yutuqlari keng qo‘llaniladigan ustuvor sohalarni rivojlantirish asosida milliy
iqtisodiyotimizni innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, uning raqobatdoshligini
oshirish
va aholining o‘sib, o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish hisoblanadi.
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiya qilishning jahon tajribasi tahlili shuni ko‘rsatadiki,
mamlakatni modernizatsiya qilish uchun dastlab mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan,
sanoatning hozirgi holatini chuqur va konkret baholash lozim.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “...
iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta
jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy
infratuzilma obyektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo‘nalishga aylandi”.
2015-2019 yillarga mo‘ljallangan mamlakatni rivojlantirish dasturi quyidagi
tarkibiy qismlardan tashkil topgan.
1. 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ko‘lamini
kengaytirish choralari dasturi.
2. 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan infratuzilmani,
transport va kommunikatsion
qurilishni jadal rivojlantirish dasturi.
3. Moliya-bank tizimini yanada isloh etish va barqarorligini oshirishning 2015-2019
yillarga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari dasturi.
4. O‘zbekiston Respublikasi sanoatining 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan ustuvor
yo‘nalishlari dasturi.
Mamlakatimizda chuqur o‘ylangan va puxta tahlillar asosida 2015–2019 yillarga
mo‘ljallab ishlab chiqilgan, bir-biri bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan to‘rtta
strategik dastur
amalga oshirilmoqda. Ularda sanoat, infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini
rivojlantirish, moliya-bank tizimini yanada isloh etish va uning barqarorligini oshirish,
shuningdek, mamlakatimizda qulay investitsiya muhiti
va uni baholashning xalqaro
mezonlarini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
2015–2019 yillardagi eng muhim vazifa – makroiqtisodiy barqarorlik va izchil yuqori
iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, uning sifat ko‘rsatkichlarini iqtisodiyot tarmoqlarini
yanada diversifikatsiya qilish, ishlab chiqarishni
modernizatsiya etish, texnik va texnologik
yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulot hamda xizmatlarning ichki va tashqi
bozorlardagi raqobatdoshligini oshirish hisobidan yaxshilashdan iborat .
Do'stlaringiz bilan baham: