O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

uyda 
o‘tiradigan ayollar
, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida 
o‘qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar 
o‘rtasidagi farq bor yo‘qligini tekshirishdir. Tadqiqot asosan 
o‘z-o‘zini analiz qilish 
metodi 
yordamida o‘tkazilgan bo‘lib, ayollarga turli savollar orqali o‘z shaxsiga xos 
xususiyatlarni, o‘zidagi yetakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga 
baho berish topshirig‘i berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim 
saviyasiga va sotsial aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Uyda 
o‘tirgan ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. 
Luriya shu narsaga iqror bo‘ldiki, o‘zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga 
bog‘liq ekanligi, tobelik psixologiyasi ko‘pligini aniqladi. Masalan, ayollarga 
o‘zidagi yomon sifatlarni aytish topshirig‘i berilganda, ular yomon qo‘shnilarni 
ko‘rsatishar va umuman o‘z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga 
sifat xarakteristikalari berish ancha yengil tuyuladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, A.R.Luriyaning asosiy maqsadi milliy 
psixologik xususiyatlarni o‘rganishda tarixiy tayanish lozimligini isbotlash hamda 
milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari 
tizimida tutgan o‘rniga bevosita bog‘liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning 
ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o‘rganishga yordam 
beruvchi metodlar va metodologik prinsiplar sanab ko‘rildi. To‘g‘ri, bu tadqiqotda 
to‘plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bo‘lmaydi. 
Qolaversa, bu konsepsiyaning o‘zi necha bor qayta ishlovni talab qildi, lekin milliy 
psixologiya bo‘yicha o‘tkazilgan kross tadqiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. 
123


Qo‘llangan piktogramma «so‘z portretlarini», o‘z-o‘zini analiz qilish metodlarini 
hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik prinsiplarda 
qo‘llash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq ittifoq olimlarining tadqiqotlarini 
umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari 
sezilmoqda. Bu sohada mashhur rus etnografi va psixologi Yu.Bromley olib borgan 
ishlar, uning laboratoriyasida to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘lishi mumkin. Yulian 
Vladimirovich Bromley etnik guruhlar psixologiyasida 
ikki
tomonni farq qiladi: 
1. Psixik asos – etnik xarakter, temperament milliy an’analar va odatlardan 
iborat barqaror qism. 
2. Hissiyot sohasi etnik yoki milliy his kechinmalarini o‘z ichiga olgan dinamik 
qism. 
Lekin tadqiqotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan 
shug‘ullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadilarda, u 
yoki bu millatlargagina xos bo‘lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika 
rivojlangan, millatlar uyg‘unligi, millatlarning doimiy o‘zaro hamkorligi va muloqoti 
sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos 
bo‘lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, o‘zbeklar o‘rtasida o‘tkazilgan 
kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, go‘yoki mehmondo‘stlik, 
kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar o‘zbek xalqigagina xos emish. To‘g‘ri, bu 
sifatlar albatta o‘zbeklarda bor. Lekin aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida 
yo‘q deyishga haqqimiz yo‘q.
Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar ya’ni o‘rnashib qolgan obrazlar 
bo‘lganidek, har bir oila, yaqin oshna og‘aynilar va o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan 
muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o‘z millatiga xos bo‘lgan sifatlar 
haqida steriotiplar paydo bo‘lib, ular ongida o‘rnashib boradi. Bunday stereotiplar o‘z 
millatiga va boshqa xalqlarga nisbatan bo‘lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha 
sodda, yuzaki, mazmunan tor bo‘ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga 
nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik 
munosabatlari shakllanadi. O‘z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy 
124


«etnotsentrizm» hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh vakillarida 
boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo‘lishi, bu esa millliy 
adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu borada, sotsial psixologlar va 
mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vakillarida milliy g‘ururning 
qay darajada bo‘lishini aniqlash muammosi turadi. Chunki ko‘pincha milliy g‘urur 
tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi g‘urur yoki milliy 
hislarni tan olmaslik hollari kuzatilmoqda.
Umuman, milliy adovatlar asosida yotgan etnotsentrizm va milliy g‘ururning 
salbiy ko‘rinishlari boshqa millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va 
hokazolarini bilmaslikdan kelib chiqadi. Milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilishi 
lozim bo‘lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar 
psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vakiliga 
hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir. Chunki, o‘zini hurmat qilmagan odam boshqani 
hurmat qilmaydi. Fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar 
majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta guruh 
hisoblangan millatlar psixologiyasini ham boshqarish mumkin bo‘lsin.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish