O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

XI BOB. SOTSIAL USTANOVKA
 
XI.1. Sotsial ustanovka tushunchasi
Psixologiya 
fanida 
shaxsning 
xulq-atvori 
va 
faoliyatga 
qaratilgan 
anglanilmagan mayllari orasidagi bog‘liqlik muayyan darajada tadqiq etilgani 
ustanovka borasidagi muammolarga tegishlidir. 
Ustanovka inglizcha «Set» so‘zidan 
olingan bo‘lib, 
ko‘rsatma berish, anglanilmagan mayllar, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish 
ma’nolarida qo‘llanib kelinadi. Ustanovkalar dunyoni bilishning samarali usulidir. 
Bizda biror-bir voqea-hodisa yoki shaxsga nisbatan ma’lum bir munosabat mavjud 
bo‘lsa, bu munosabat bizning his-tuyg‘ularimiz va harakatlarimizda ifodalanishi 
bizning ustanovkalarimiz bilan bog‘liqdir.
Masalan, bizda biror-bir millat yoki xalqqa tegishli bo‘lgan ma’lumotlar 
asosida ularni dangasa, tajovuzkor degan tasavvur mavjud bo‘lsa, o‘sha xalqning 
istalgan vakilini ko‘rganimizda unga nisbatan bizda salbiy his-tuyg‘u paydo bo‘ladi 
va bu harakatlarimizda ham aks etadi. Ba’zi jamoa, guruh va oilalarda ustanovkaga 
asoslanish, ishonish ba’zi noxush oqibatlarga olib keladi.
Demak, ustanovka – insonning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holda his-tuyg‘ularini 
namoyon qilishi yoki o‘zi bilmagan holda harakat qilishidir, desak bo‘ladimi? Bu 
savolga ustanovkalar haqidagi ilmiy ma’lumotlarni bilish asosida javob berishga 
harakat qilamiz.
Bir qarashda «ustanovka» va «sotsial ustanovka» tushunchasi bir-biriga juda 
yaqin va o‘xshash. Ayniqsa, shaxs, faoliyat, yo‘nalish, tayyorgarlik, munosabat 
tushunchalari ikkala tushuncha uchun ham birday ahamiyat kasb etadi, qolaversa, 
bularni bir-biridan ajratgan holda ta’riflash ham juda mushkul.
Lekin fanda aniqlik va har bir sohaning ilmiy yo‘nalishi nuqtai nazaridan, 
shuningdek, ustanovka muammosining umumiy psixologiyadagi va sotsial 
psixologiyada tutgan o‘rni va o‘ziga xos vazifalarini belgilash maqsadida 
«ustanovka» va «sotsial ustanovka» tushunchalari shartli ravishda qabul qilingan. 
Balki, bu ustanovka muammosini yanada chuqurroq, yanada mukammalroq 
o‘rganishga xizmat qiladi.
191


Ustanovka shaxsning o‘zi anglab yetmagan muayyan ruhiy holati yoki 
maylidir. Bunday holatda shaxs biron-bir ehtiyojni qondirish mumkin bo‘lgan 
ma’lum faoliyatga nisbatan ruhan tayyor turadi. Avtoritar tafakkur, milliy stereotip, 
etnik rasm-rusumlar ham ustanovkaga misoldir. Ba’zi hollarda shaxs uchun 
anglanilmagan ustanovka o‘z pozitsiyasini aniq namoyish qilishda e’tiqod sifatida 
gavdalanadi, anglanilmagan omillar tariqasida aks etadi.
Ustanovka – insonning o‘zi bilmagan holda yon-atrofidagi insonlar va 
voqelikni baholashi va ularga nisbatan munosabat bildirishidir.
Ustanovka – bu faoliyatga mustaqil tayyorlikdir.
Ustanovka – insonning ichki o‘ziga xos tuyg‘ularini namoyon etishga ruhan 
tayyorlik holatidir.
Ustanovka uzoq vaqt davomida shakllanadi va u insonning qadr-qimmati bilan 
uzviy bog‘liqdir. «Moyillik», «yo‘nalganlik», «tayyorlik» kabi mazmunni 
anglatuvchi, 
bir-biriga 
o‘xshovchi 
«ustanovka» 
va 
«sotsial 
ustanovka» 
tushunchalarini bir-biridan farqlash lozimligi ko‘pchilik olimlar tomonidan qayd 
etilgan.
Sof psixologik ma’noda yangicha tafakkur va dunyoqarashni shakllantiruvchi 
va o‘zgartiruvchi sotsial psixologik mexanizm – bu sotsial ustanovkalardir.
192


Bu – shaxsning atrof muhitida sodir bo‘layotgan sotsial hodisalarni, 
ob’yektlarni, sotsial guruhlarni ma’lum tarzda idrok etish, qabul qilish va ular bilan 
munosabatlar o‘rnatishga ruhiy ichki hozirlik sifatida odamdagi dunyoqarashni ham 
o‘zgartirishga aloqador kategoriyadir. 

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish