O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti V. Yu. Ahrorov


X.3. Sotsiallashuv jarayonida shaxs yo‘nalishining shakllanishi



Download 2,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/178
Sana16.03.2022
Hajmi2,25 Mb.
#499203
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   178
Bog'liq
356e0d2adcb72363eba2e275f90ba2fe SOTSIAL PSIXOLOGIYA

 
X.3. Sotsiallashuv jarayonida shaxs yo‘nalishining shakllanishi
Sotsiallashuvning institutlaridan tashqari uning oqibati masalasi ham 
psixologiyada muhim amaliy ahamiyatga ega. Shaxs sotsiallashuvining eng asosiy 
mahsuli – bu uning hayotda o‘z o‘rnini topib, jamiyatga manfaat keltiruvchi 
faoliyatlarda ishtirok etishidir. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, shaxsning 
yo‘nalganligi
masalasiga ham fanda katta e’tibor beriladi. 
Sotsiallashuv jarayonida 
185


shaxs faoliyatini yo‘naltirib turadigan va real vaziyatlarga nisbatan turg‘un, 
barqaror motivlar majmuiga ega bo‘lishlik shaxsning yo‘nalganligi deb ataladi.
Yo‘nalganlikning eng muhim tarkibiy qismlarini quyidagilar tashkil etadi: 
Mas’uliyat. 
Bu sotsiallashuv jarayonida shaxsning yetukligini belgilovchi 
muhim ko‘rsatgichlardan sanaladi. Oxirgi yillarda psixologiyada 
nazorat lokusi 
nazariyasi (teoriya lokusa kontrolya)
keng tarqaldiki, unga ko‘ra, har bir insonda ikki 
tipli mas’uliyat kuzatiladi. Birinchi tipli mas’uliyat shundayki, shaxs o‘zining 
hayotida ro‘y berayotgan barcha xodisalarning sababchisi, mas’uli sifatida faqat 
o‘zini tan oladi. («Men o‘zim barcha narsalarga mas’ulman. Mening hayotim va 
yutuqlarim faqat o‘zimga bog‘liq, shuning uchun o‘zim uchun ham, oilam uchun ham 
o‘zim javob beraman»). Mas’uliyatlilikning ikkinchi turi undan farqli, barcha ro‘y 
bergan va beradigan voqea, hodisalarning sababchisi tashqi omillar, boshqa odamlar 
(ota-ona, o‘qituvchilar, hamkasblar, boshliqlar, tanishlar va boshqalar).
Xorij 
mamlakatlarda 
o‘tkazilgan 
tadqiqotlarning 
ko‘rsatishicha, ikkinchi turli mas’uliyat ko‘proq o‘smirlarga 
xos bo‘lib, ulardan 84% mas’uliyatni faqat boshqalarga 
yuklashga moyil ekanlar. Bu ma’lum ma’noda yoshlar o‘rtasida 
mas’uliyatsizlikning avj olganligidandir. Shuning uchun ham 
«nazorat lokusi» tushunchasini fanga kiritgan amerikalik olim 
J.B.Rotterning fikricha, mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olishga 
o‘rgatilgan bolalarda havotirlik, neyrotizm, konformizm 
holatlari kam uchrarkan.
Ular hayotga tayyor, faol, mustaqil fikr yurituvchilardir. Ularda o‘z-o‘zini 
hurmat hissi ham yuqori bo‘lib, bu boshqalar bilan ham hisoblashib yashashga sira 
halaqit bermaydi. Shuning uchun sotsiallashuvning muhim bosqichi kechadigan 
ta’lim muassasalarida yoshlarga ko‘proq tashabbus ko‘rsatish, mustaqil fikrlash va 
erkinlikni his qilishga sharoit yaratish kerak va bu hozirgi kunda Prezidentimiz 
Sh.Mirziyoyev siyosatining asosini tashkil etadi.

Download 2,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   178




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish