««xalqaro audit»



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/88
Sana30.10.2020
Hajmi1,06 Mb.
#49999
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88
Bog'liq
xalqaro audit

Tayanch so’z va iboralar: 
 
1. Xalqaro auditorlik 
standartlari 
 
2. Umumiy malaka va 
etika standartlari 
3. Ob’ektlarining ish 
standartlari 
 
 
4. Xulosa standartlari 
 
 
 
 
 
Takrorlash uchun savollar: 
1. Audit standartlari deganda nimani tushunasiz? 
2.  Xalqaro  audit  standartlarini  ishlab  chiqish  va  tatbiq  etish  jarayoni  deganda 
nimani tushunasiz? 
3. Audit standartlarining asosiy tarkibiy qismlari nimalardan iborat? 
4.  Audit  standartlarining  turlari:  umumiy  standartlar,  ishchi  standartlar,  hisobot 
standartlari, maxsus standartlar xususida nimalarni bilasiz? 
 


 
43 
5-BOB. AUDITNING AXLOQ KODEKSI 
5.1. Auditning axloq kodeksi va uning maqsadi 
Etika  –  bu  biror-bir  kishining  yoki  biror-bir  professional  guruhining  axloq 
me’yorlari  tizimidir.  Auditorlik  Axlok  kodeksiga  rioya  qilish  har  bir  auditorning, 
auditorlik firmasi xodimlarini va rahbarlarining oliy burchidir. 
Axloq me’yorlariga rioya etish oliy sifat, professional majburiyat va ma’naviy 
axloqiylikning  ta’minlaydi  va  shu  bilan  birga,  jamiyatda  auditor  kasbiga  hurmat  va 
ishonch tuyg’usi ortadi. 
Jahon  miqyosida  auditorlik  etikasining  vujudga  kelishi  va  rivojlanishiga 
AICPA  (Amerika  qasamyod  qilgan  buxgalterlar  instituti),  GAAS  (Dunyoda  amal 
qilayotgan auditorlar standarti) va SEC (qimmatli qog’oz va birja operatsiyalarining 
baho komiteti)lari katta ta’sir ko’rsatib keladi. 
AICPAning «Kasbiy etika asoslari» auditorlarning ish faoliyatlariga katta ta’sir 
ko’rsatadi.  Mazkur  kodeks  4  qismdan  iborat:  kontseptsiya,  o’zini  tutish  qoidalari, 
tushuntirishlar va etik me’yorlar. 
Kasbiy etika kontseptsiyasi auditorda mujassamlashuvi lozim bo’lgan bir necha 
xususiyatlar (sifatlar), ya’ni etik printsiplar tahlilidan iborat. Ular quyidagilardir: 
1. 
Mustaqillik,  halollik  va  ob’ektivlik.  Mustaqillik  printsipiga  ko’ra,  auditor 
o’z faoliyatida mijoz, u yoki bu bank egasi, yoki boshqa shaxs  manfaatlariga qarab 
ish tutmasligi lozim.  
Mustaqillik auditorning eng muhim xususiyatlaridan biridir. 
Auditor  faqatgina  o’z  xizmati  vazifasini  bajarishi  davomida  audit  predmetiga 
nisbatan mustaqillikni saqlashigina emas, balki moliyaviy hisobdan foydalanuvchilar 
ham auditorning mustaqilligiga ishonishlari muhimdir. Ushbu ikki maqsad haqiqiy va 
tashqi mustaqillik deyiladi.  
Halollik  va  ob’ektivlik  printsipiga  ko’ra,  auditor  dalillarni  qasddan  buzib 
ko’rsatmasligi, boshqalar fikrini o’zining fikriga bo’ysundirmasligi lozim. 
2.  Audit  sohasida  chuqur  huquqiy  va  iqtisodiy  bilim  malakasiga  va  yuqori 
texnik  mahoratga  ega  bo’lish.  Bu  printsipga  ko’ra,  auditor  o’z  faoliyati  davomida 
quyidagi standartlarga muvofiq ish yuritishi lozim: 


 
44 
- kasbiy  chuqur  malakalilik.  Auditor  buyurtmalarni  kasbiy  kompetentlik  bilan 
bajarishiga ishongan taqdirdagina qabul qilishi lozim; 
- topshiriqni  bajarish  vaqtida  auditor  zarur  kasbiy  sinchkovlikni  namoyon  qilishi 
zarur; 
- auditor topshiriqning  bajarilishini  zaruriy tarzda rejalashtirish va nazorat qilishi 
zarur; 
- auditor bajarayotgan topshiriq bo’yicha xulosa va tavsiyalarni qonuniy va ilmiy 
asoslash uchun etarlicha ma’lumotlar to’plashi kerak. 
3. 
Mijozlar  oldidagi  majburiyat.  Auditor  o’zining  mijozlari  bilan  sofdil  va 
ochiq bo’lishi hamda ularga mumkin qadar yaxshiroq xizmat ko’rsatishi zarur; 
4. 
Kasbdoshlari oldidagi majburiyat. Auditor uyushma kasb vakillari bilan 
xushmuomala, mehribon bo’lishi, hamkorlik uchun sharoit yaratishi zarur; 
5. 
Boshqa  majburiyatlar.  Auditor  o’z  kasbi  ustuvorligini  yuqori  ko’tarishi 
va  bu  kasb  egalari  qobiliyatlarini  jamiyat  manfaatlari  uchun  xizmat  qilishga  imkon 
beradigan darajada tutishi zarur. 
O’zini tutish qoidalari. AICPAning «Kasbiy etika kodeksi»dagi mazkur qismga 
har  bir  auditor  bajarishi,  zarur  bo’lgan,  aniq  belgilab  berilgan  qoidalar  kiritilgan. 
Jumladan,  ular  quyidagilardir:  mustaqillik,  halollik  va  ob’ektivlik;  umumiy 
standartlar;  audit  standartlari;  buxgalteriya  hisobi  tamoyillari;  boshqa  texnik 
standartlar; mijozlarning konferentsiya ma’lumotlari; ish uchun mukofotlash; reklama 
va ta’sir etishning boshqa usullari; birgalikda olib borib bo’lmaydigan mashg’ulotlar.   
Axloq  me’yorlariga  rioya  qilmaydigan  auditorlar  jamoasiga  hurmatsizlik, 
ma’naviy hamda moddiy zarar etkazadi. 
Kodeksga  muvofiq  auditor  kasbining  maqsadi,  asosan  jamiyat  ehtiyojlarini  qondirish 
uchun,  eng  yuqori  samaradorlikka  erishish  uchun  oliy  darajadagi  professionalizm 
me’yorlariga mos ishlashdan iborat.  
Auditorlar  o’z  mahoratidan  foydalangan  holda  mijoz  va  ish  beruvchi 
ko’rsatmalarini, agar ular qiziqqonliksiz, ob’ektiv va jamiyat amaliyotida bo’lganida 
mustaqillik  talablariga  mos  ravishda  puxta  bajarishlari  lozim.  Bundan  tashqari,  ular 
texnik va professional standartlarga mos bo’lishlari lozim. 


 
45 
 

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   88




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish