II b o b
1
Qayta qurish sharofati bilan depara qidiruv bo‘limining inspektori, leytenant Zohid
Sharipovning yelkasiga oftob tegdi. «Halolligi, o‘z ishiga vijdonan munosabatda
bo‘lganligi» tufayli uni shahar prokuraturasiga ishga olishdi. Jumlaboshini qo‘shtirnoq
orasiga olganimga, kinoya qilyapti, demang. Bu jumla depara ichki ishlar bo‘limi
boshlig‘ining tavsiyanomasidan ko‘chirmadir. Zohid chindan ham halol, vijdonli yigit.
Uning aynan shu fazilati boshliqqa yoqmas edi. Boshliq «qayta qurish, oshkoralik degan
balo qayoqdan chiqdi!» deb norozi bo‘lib yurganida, aynan shu qayta qurish joniga ora
kirdi: yoshlarni ko‘tarish masalasi kun tartibiga qo‘yilganda shartta Zohidning nomzodini
ko‘rsatdi.
Mahmadona leytenantning har majlisda bir igna sanchib olishi, haqiqat talab etishi
boshliqning esini teskari qilib yuborgan, majlis desa ko‘ngli ag‘dariladigan, ko‘z oldiga
Zohid keladigan bo‘lib qolgan edi. Zohid ketgach, atrofidagi ikki-uch
Shaytanat (1-kitob). Tohir Malik
Do'stlaringiz bilan baham: |