Ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt monopoliyaga
qarshi qonun xujjatlarini
buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy
tarzda bo‘lib yuborish yoki undan tarkibiy bo‘linmalar negizida bir yoki bir necha yuridik shaxsni ajratib
chiqarish haqida sudga da’vo arizasi berishga haqlidir.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lib yuborish quyidagi shartlarning hammasi
bo‘lganida, ya’ni:
bo‘lib yuborilayotgan tarkibiy bo‘linmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin
bo‘lsa;
uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida texnologiya jihatdan o‘zaro uzviy bog‘lanish bo‘lmaganida;
bo‘lib yuborish natijasida tarkibiy bo‘linmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash
imkoniyatiga ega bo‘lganida amalga oshirilishi mumkin.
V. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
17-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari
18-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar
19-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni to‘lash
Do'stlaringiz bilan baham: