Fiskal siyosat, davlat byudjeti va uning taqchilligi
.
466
to‘xtalib o‘tdilar. Jumladan, mamlakatimiz Prezidenti o‘z ma’ruzalarida soliq
to‘lovchilarga soliqqa tortish tizimida qo‘shimcha imtiyozlar va preferensiyalar
berish, soliqlarni unifikatsiya qilish, soliq yukini engillashtirish, soliq
qonunchiligining barqarorligini ta’minlash hamda ushbu yo‘nalishda ilg‘or
mamlakatlar ijobiy tajribalaridan foydalanish lozimligini ta’kidlab o‘tdilar.
"Prinsipial muhim ustuvor vazifalardan biri - soliq siyosatini yanada
takomillashtirish. Aytish joizki, yuqorida zikr etilgan ustuvor vazifalarning
barchasi soliq siyosatimizni takomillashtirish bilan bevosita bog‘liqdir. “...Soliq
tizimi nafaqat soliqlarni undirish, balki birinchi galda, rag‘batlantirish xususiyatiga
ega bo‘lishi lozim”.
7
Respublikamizda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlar zimmasidagi soliq yukini izchil kamaytirishga alohida e’tibor
qaratib kelindi. Bunda, birinchi navbatda, ularning daromadlaridan undiriladigan
bevosita soliqlarning salmog‘ini pasaytirish lozimligi alohida ahamiyatga ega.
Buning natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag‘lar ulushining
ko‘payishi evaziga ularning aylanma mablag‘lari miqdorini oshirib borish va
optimal darajasini saqlash, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, uning
samaradorligini oshirish maqsadida investitsiyalarni keng jalb etish, ishchi-
xodimlar mehnatini yanada rag‘batlantirish imkoni yaratiladi.
O‘zbekistonda soliq yukini kamaytirishga yuridik shaxslardan olinadigan
foyda solig‘i, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, ish beruvchilar
uchun ish haqi tarzidagi daromadlarga nisbatan yagona ijtimoiy to‘lov va boshqa
shu kabi asosiy soliqlar stavkalarini kamaytirish, ayrim samarasiz soliqlar va
yig‘imlarni bekor qilish yoki ularning soliq solish bazasini qisqartirish,
shuningdek, iqtisodiyotning ayrim tarmoq va soha korxonalariga soliqlardan turli
imtiyozlar berish orqali erishildi. Natijada soliq yuki yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 1991 yilda 41,2 foizni tashkil etgani holda 2000 yilda 27,9 foizni, 2015
yilda esa 20 foizni tashkil etdi (4-rasm). Boshqa majburiy to‘lovlarni hisobga
olganda bu ko‘rsatkich 30-33 foizdan oshmaydi. Dunyo davlatlari soliq
amaliyotida bu ko‘rsatkich normal holat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti I.Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: "O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan
20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9 foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsada,
davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi".
8
7
"Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir".
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo’shma majlisidagi
ma’ruzasi. “Xalq so’zi” gazetasi. 2005 yil 29 yanvar.
8
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari
va 2015 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasidan olingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |