borgan sari kamaytirgan holda, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun boshqa
tizim va odamlar bilan o‘zaro faoliyat yuritishdan iboratdir.
Internet va simsiz aloqa texnologiyalarining rivojlanishi natijasida “istagan
vaqtdagi kommunikatsiya”ga ega bo‘ldik, smartfonlar va planshetlar esa “istagan
joydagi kommunikatsiya” tamoyilini amalga oshirishga imkon berdi. Hozir esa,
mashinalar boshqa mashinalarni yaratishni boshlaydigan, hayotimizni tubdan
o‘zgartiruvchi yangi inqilob ostonasidamiz.
Ishlab chiqarish sohasini batamom o‘zgartirilishini inqilob deb atalishining
sababi – o‘zgarishlar yuzaki emas, balki radikal ravishda amalga oshib, industriya
boshidan oxirigacha qayta quriladi. Biznes modellar o‘zgaradi, yangi kompaniyalar
paydo bo‘ladi, yangi “inqilobchilar”
safiga kirishga ulgurmagan, ko‘p yillik tarixga
ega jahonga mashhur brendlar kasodga uchrab, yo‘q bo‘lib ketadi.
Hozirda mijozlarning xatti-harakati o‘zgarmoqda, ular individual
yondoshuvni va noyob tovarlarni xohlamoqdalar, ommabop mollarga esa ehtiyoj
kamaymoqda. Bir xil narsalarni ishlab chiqarishga o‘rgangan korxonalar o‘z ishini
qayta tashkil qilishga majbur bo‘lmoqda.
“Sanoat 4.0” tamoyillarini tatbiq etilishi, an’anaviy
sanoat modellarida
bo‘lmagan bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishga yordam beradi. Masalan,
kompaniyalar
mijozlarning
istaklariga
qarab,
buyurtmalarga
individual
yondoshishlari mumkin.
Eski zavod va fabrikalar endi “aqlli” korxonalarga aylanib, xos
buyurtmalarga ko‘ra donabay maxsulotlar ishlab chiqarishni boshlamoqda. Bunda,
bir dona mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketadigan xarajatlar kamayib,
kompaniyalar ommabop standartlashtirilgan mahsulot narxida xoslangan noyob
mahsulot ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Misol uchun, dunyoning istalgan nuqtasidan mobil jihozingizga Nike
ilovasini yuklab olib yoki kompaniya saytiga kirib, krossovka modelini tanlashingiz,
o‘zingiz yoqtirgan futbol komandasi rangiga bo‘yashingiz, pulini to‘lab, bir necha
kundan keyin uni qabul qilib olishingiz mumkin. Yetkazib berish xarajatini hisobga
olmaganda, uning qiymati ushbu kompaniyaning oddiy ommabop krossovkasidan
qimmat bo‘lmaydi.
Individual buyurtmaga ko‘ra dvigatellar, serverlar va boshqa istagan narsa
ishlab chiqarilishi mumkin. Germaniyaning Augsburg
shahridagi Fujitsu Siemens
zavodida komputer tizimlari va serverlar muayyan buyurtmachi uchun aynan
donabay ishlab chiqariladi.
Nihoyat darajada avtomatlashtirilgan korxonada individual buyurtma
asosida ishlab chiqarilgan mahsulotga ketadigan xarajatlarning miqdori oshib
ketmaydi – agar oldin ikki juft krassovka uchun uskunalar qo‘lda qayta sozlangan
bo‘lsa, hozirda buni komyuter tizimining o‘zi bir necha daqiqada amalga oshiradi.
Elektromobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasining zavodlarini
robotlashtirilishi – kompaniya o‘z ishlab chiqarishini Xitoyda emas,
balki
Kaliforniyada tashkil etishga imkon berdi. Bu, xitoy ishchilarining mehnatidan
foydalanib, keyin esa tayyor mashinalarni olib kelishga ketadigan yo‘l xarajatlaridan
arzonga tushdi.
To‘rtinchi sanoat inqilobi nafaqat alohida kompaniyalarning biznesini
o‘zgartirmoqda, balki global miqyosdagi kuchlar mutanosibligiga ta’sir qilmoqda.
Yangi texnologiyalarni joriy etilishi, boshqa mashhur kompaniya – Adidas
uchun ham o‘z ishlab chiqarishini Germaniyaga qaytarishga imkon berdi.
Ochilayotgan fabrikada barcha jarayonlarni robotlar bajaradi.
Odamlar asta-sekin “aqlli” uylarda yashashga, smartfonda barmoqning bir
nechta harakati yordamida har qanday muammoni yechishga o‘rganishmoqda.
Shubhasiz, bunday tamoyillarni ular o‘z ish joylariga ham tatbiq etishni istaydilar.
Oxirgi yillarda Xitoy kompaniyalari butun dunyoda yuqori texnologiyalar
tadqiqotlariga investitsiyalar miqdorini keskin ko‘paytirib, buning natijasida 2013
yildan boshlab Xitoyning sanoat robotlari bozori dunyodagi eng yirik bozorga
aylandi. 2020 yilga borib Xitoyda har 10 000 sanoat ishchi o‘rinlariga o‘rtacha 150
ta robot to‘g‘ri kelishi kutilmoqda. Bu esa, 2015 yilga qaraganda 3 barobar ko‘p
deganidir.
Endi, AQSh va Germaniya singari rivojlangan davlatlar bu borada Xitoydan
o‘zib o‘tishi oson bo‘lmaydi. AQShda 2014 yilda sanoat
interneti konsorsiumi
(Industrial Internet) tashkil etilib, uni General Electric, AT&T, IBM va Intel kabi
sanoat yetakchilari boshqarmoqdalar.
Germaniyada esa shunday zavodlar borki, ular nafaqat «aqlli» sanoat
komponentlarini, balki shunday zavodlarning tayyor modellarini ham taklif
qilmoqdalar. Kayzerslautendagi Germaniya sun’iy intellekt ilmiy-tadqiqot
markazini bunga misol qilib keltirish mumkin.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya sanoati internet infratuzilmasini
rivojlantirishga 2020-yilga qadar yiliga 40 mlrd. Yevro
miqdorida investitsiyalar
kiritadi. Bu esa to‘rtinchi sanoat inqilobiga butun Yevropa bo‘yicha har yili
kiritiladigan 140 mlrd. Yevro miqdoridagi investitsiyalarining salmoqli hissasini
tashkil etadi.
Yaponiya ham bu borada ortda qolmayapti va ular o‘z industriyasini
rivojlantirish
uchun
Connected
Factories
(zavodlarni
tarmoqqa
ulash)
konsepsiyasini ishlab chiqmoqdalar. Rossiyada esa, 2017-yilda «Texnet» maxsus
yo‘l
xaritasi qabul qilinib, uning doirasida «Raqamli iqtisodiyot 2024» dasturi
tayyorlanmoqda. Qo‘shni Qozog‘istonda esa, ishlab chiqarishni raqamli
texnologiyalarga o‘tkazilishi va “Sanoat 4.0” dasturi davlat strategiyasi darajasiga
ko‘tarildi.
Do'stlaringiz bilan baham: