Yer kadastri kitobi
Yer kadastri kitobi
- yerga egalik qiluvchilarning asosiy yer hisobi hujjati. Ye.k.k. Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan shakl (forma)da yerga egalik qiluvchi tashkilot,
korxona, muassasa, uyushma, kichik korxona, qoʻshma korxona,
dehqon va fermer
xoʻjaliklariga tuman yoki shahar hokimligi tomonidan beriladi. Ye.k.k. yerga egalik qiluvchilar
yoki yerdan foydalanuvchilarga muddatsiz, uzoq muddat yoki qisqa muddatga foydalanish
uchun berilgan yerlarga boʻlgan huquklarni, yerlarning
tabiiy va iqtisodiy bahosi, yer turlarining
tarkibi hamda fuqarolar tomorqa yerlari haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. Ye.k.k.ni
toʻgʻri va oʻz vaqtida olib borish xujalik rahbari va yer tu-zuvchi mutaxassisga yuklatiladi.
Ye.k.k. ga oʻz vaqtida oʻzgartirish kiritib borish, uni daxlsiz saqlash masalalarini tuman
(shahar) yer resurslari xizmati boshligʻi nazorat qiladi.
Davlat Ye.k.k. 4 boʻlimdan iborat: 1) yer maydonlaridan foydalanish huquqiga egalikni
roʻyxatga olish — tuman (shahar)dagi yerdan foydalanuvchilarning
nomi va egasi, egalik qilish
huquqi va ijarasi, foydalanish muddati va maqsadi, yer uchastkasining joylashgan urni va
maydoni, yer
uchastkasining kadastr raqami, yerdan foydalanish huquqini beruvchi hujjatning
nomi, oʻrtacha tuproq bonitet bali va uning kadastr bahosi qayd etiladi; 2) yer maydonlari
turlari soni — barcha yerdan foydalanuvchilar boʻyicha sugʻoriladigan ekin maydonlarining
alohida hisobi, shuningdek shahar yerlarining
tuman tarkibiga kirishi, davlat zaxira yerlariga
kiruvchi shahar turidagi qoʻrgʻonlar qayd etiladi; 3) yer turlarining si-fati — madaniy-texnika,
ozuqa ekin turlarining hosildorligini va yerlarning tuproq unumdorligiga koʻra tavsifi hisobga
olinadi. Yer turlarining tafsiloti yerlarning sifat tafsiloti va qishloq xoʻjalik yer turlarining
bonitet bali boʻyicha
kadastr bahosi keltiriladi; 4) yer turlari — q.x. yer turlari (shudgor, koʻp
yillik daraxtzorlar, yaylov va pichanzor yerlar, boʻz yerlar), oʻrmon yerlari va ularning tarkibiga
kiruvchi yer turlarining nomlari hamda ulardan foydalanish maqsadiga oid izoh beriladi.
E.k.k. yer uchastkasining miqdor va sifat holati hamda bahosi toʻgʻrisidagi axborot manbai
hisoblanadi (yana q.
Yer
kadastri
,
Yerni iqtisodiy baholash
).
Yer munosabatlarini tartibga solishga doir qonun va meʼyoriy hujjatlar toʻplami [I qism], T.,
2000.
Qosimjon Rahmonov.
[1]
1.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada
boshqa til boʻlimlariga ishorat
yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Yer_kad
astri_kitobi&action=edit)
Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Yer_kadastri_kitobi&oldid=
2391685
" dan olindi
Adabiyot
Manbalar