Usmanova N. Yu. Iqtisodiyot va moliyaviy menejment


 Ish haqi to`lash shakllari: vaqtbay va ishbay. Tarif tizimi elementlari



Download 2,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/208
Sana16.03.2022
Hajmi2,57 Mb.
#497037
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   208
Bog'liq
fayl 1668 20210827

 
20.2. Ish haqi to`lash shakllari: vaqtbay va ishbay. Tarif tizimi elementlari. 
Paxta tozalash korxonalarida ish haqi fondini hisoblash. 
Mehnat va ish haqi rejasida yakunlov bo`limining asosiy mehnat 
ko`rsatkichlarining hisoboti chiqariladi. Shu ko`rsatkichlarning asosiylari 
quyidagilar: 

Mehnat unumdorligi; 

Ishchi kuchining nisbiy sarfi; 

O`rtacha soatlik ish haqi; 

O`rtacha kunlik ish haqi; 

O`rtacha oylik ish haqi.
Mehnat va ish haqi rejasi korxona xodimlarining sonini, ularning ish haqlari 
fondini va bo`lim bo`yicha asosiy texnik iqtisodiy ko`rsatkichlarni hisoblashni o`z 
ichiga oladi. 
Korxona ishchilarini bajaradigan vazifalarining xarakteriga bog`liq holda 
ularni 3 ta guruhga: asosiy, yordamchi va yondash guruh ishchilariga bo`lish 
mumkin. 
Asosiy guruh ishchilari deb, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita 
ishtirok etadigan ishchilarga aytiladi. Bu guruh ishchilariga qayta o`rovchilar, 
tikuvchilar, bichuvchilar, bo`yoqchi-pardozlovchilar kabi ishchilar kiradi. 
Yordamchi guruh ishchilari deb, asosiy guruh ishchilari ishining 
uzluksizligini ta`minlovchi ishchilarga aytiladi. Bu guruh ishchilariga usta 


288 
yordamchilari, brigadirlar, yuk tashuvchilar, mashinalarni moylovchilar, 
tozalovchilar, slesarlar, elektriklar kabi ishchilar guruhi kiradi. 
Yondosh guruh ishchilariga esa laborantlar, kontrolyorlar, farroshlar, 
omborxona xodimlari kabi ishchilar kiradi. 
Asosiy guruh ishchilarining soni yillik mahsulot ishlab chiqarish hajmi, 
o`rnatilgan dastgohlar soni hamda dastgohlarga xizmat ko`rsatish me`yoriga 
bog`liq holda aniqlanadi. Yordamchi va yondosh guruh ishchilarining soni xizmat 
ko`rsatish me`yoriga bog`liq holda rejalashtiriladi. Korxona xodimlariga ishbay, 
ishbay-mukofatbay, vaqtbay-mukofatbay maosh sistemalarida haq to`lanishi 
mumkin. 
Ishbay ish haqi deb, ishlab chiqariladigan mahsulotning hajmiga qarab 
to`lanadigan haqga aytiladi. Ishbay ish haqi quyidagicha aniqlanadi: 
 
Ishbay ish haqi = V natur. 

 Rastsenka 
 
bu yerda:
Rastsenka
– mahsulot birligini ishlab chiqarilganligi uchun to`lanadi-
gan haq bo`lib, quyidagicha aniqlanadi: 
bu o`rinda: 
TS
– tarif stavkasi
Nv
– mahsulot ishlab chiqarish normasi. 
Ishbay-mukofotbay ish xaqi esa ishbay ish haqiga mukofotni qo`shish orqali 
aniqlanadi. Ishbay-mukofotbay sistemada asosan asosiy guruh ishchilariga xaq 
to`lanadi. 
Vaqtbay ish xaqi deb, korxona ishchilariga ularning ishlagan ishchi-
soatlariga tarif razryadlarini hisobga olgan holda to`lanadigan haqga aytiladi. 
Vaqtbay ish haqi quyidagicha aniqlanadi: 
Vaqtbay ish haqi = ishlagan ishchi soatlar 

 TS, 
bu yerda:
TS 
– tarif stavkasi, ya`ni ishlagan ish vaqti birligiga va tarif 
razryadlariga qarab to`lanadigan haq.
Vaqtbay sistemada asosan yordamchi guruh ishchilariga haq to`lanadi. 
Injener – texnik xodimlar hamda yondosh guruh ishchilariga asosan maosh 
sistemasida haq to`lanadi. 


289 
Ish haqi yillik fondi hisobi. Ish haqi fondi deb, korxonaning ishchi-xizmatchi 
xodimlariga ma`lum vaqt mobaynida haq to`lash uchun ajratilgan mablag` yoki 
fondga aytiladi.
Ish haqi fondi 3 guruhga bo`linadi: 

Ish haqining soatlik fondi 

Ish haqining kunlik fondi

Ish haqining yillik fondi 
Ish haqining soatlik fondi deb, vaqtbay sistemada ishlayotgan ishchilarga 
ularning sof ishlagan ishchi soatlari uchun, ishbay sistemada ishlayotgan 
ishchilarga esa ularning sof ishlab chiqargan mahsulotlarining hajmi uchun 
to`lanadigan haqga aytiladi. Ish haqining soatlik fondi mehnat shtatlari jadvali 
hisobiga asoslanib aniqlanadi. 
Ish haqining kunlik fondi deb, ish haqining soatlik fondidan tashqari 
ishlanmagan, lekin mehnat qonuniga ko`ra ish haqi fondidan haq to`lanishi lozim 
bo`lgan vaqt uchun ham to`lanadigan qo`shimcha haqni hisobga olgan holdagi ish 
haqi fondiga aytiladi. Bu ko`rsatkich ish haqining soatlik fondiga o`smir 
bolalarning imtiyozli soatlari uchun va tungi smenadagi ish uchun, hamda yosh 
bolalik onalarning imtiyozli soatlari uchun to`lanadigan qo`shimcha haqni qo`shish 
orqali aniqlanadi.
Ish haqining yillik fondi ish haqining kunlik fondiga mehnat otpuskasi 
kunlari uchun ham to`lanadigan qo`shimcha haqni qo`shish orqali aniqlanadi. 

Download 2,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish