Plastiklik
— kon jinsining kuch ta’sirida batamom buzilmasdan qoldiq deformatsiyalanish
xususiyati.
Deformatsiyalanuchanlik
— kon jinsiga kuch ta’sir etganda deformatsiyalanib o’zining
shaklini va o’lchamlari o’zgartirish xususiyatidir.
Qovushqoqlik
— kon jinsining uni bo’laklarga ajratuvchi, uzuvchi kuchlarga qarshilik
ko’rsatish qobiliyatidir. Qovushqoq tog’ jinslari qiyin buzilish qobiliyatiga ega bo’ladi.
Mo’rtlik
— kon jinslarining statik kuch ta’sirida buzilish xususiyatidir. Mo’rt kon jinslari
kuch ta’sirida qovushqoq kon jinslariga nisbatan oson buziladilar.
Darzdorlik
– turli sabablarga ko’ra hosil bo’lgan va har xil o’lchamlardagi darzlar bo’lib, ular
massivni alohida bloklarga ajratadi va bloklar nisbatan yaxlitlikka ega bo’ladi.
Bo’lakdorlik
– kon jinslarini massivdan ajratib olinganda, ularning maydalanganlik darajasini
tavsiflaydi .
Rudani portlatish asosida massivdan ajratib olinganda ruda bo’laklari A: V: S = 1,5:1: 0,7
nisbatiga ega bo’ladi , bunda A – bo’lak uzunligi, V - bo’lak eni va S - bo’lak balandligi .
Amaliyotda bo’lakdorlik maydalangan ruda tarkibida o’lchami katta bo’lgan bo’laklar
mavjudligini foizlarda o’lchanadigan miqdori bilan tavsiflanadi.(O’lchami katta bo’laklar
«negabarit» deb ataladi va bunday bo’laklar ularni yuklash mashinalari ishchi organlari, yoki
rudani tushirish lahimlari o’lchamlaridan katta bo’ladi).
Jipslashish
– maydalangan ruda yoki kon jinslari bo’laklarini vaqt o’tishi bilan bir-biri bilan
yopishib, monolit holatiga aylanish xususiyati.
Ko’pchish koeffitsienti
- massivdan ajratib olingan ruda, ko’mir yoki kon jinslarining hajmini
ularning massivdagi hajmidan katta bo’lishini tavsiflaydi va maydalangan kon jinslari hajmini
massivdagi hajmiga bo’lgan nisbati orqali aniqlanadi.
Zichlik
(kg/m
3
yoki t/m
3
) – tog’ jinsining tabiiy namligidagi massasining hajmiga nisbati
orqali tavsiflanadi.
Kon jinsini zichligi uning nisbiy (
0
) va xajmiy og’irligi (
) bilan xarakterlanadi.
Kon jinsining nisbiy og’irligi
V
G
0
g/sm
3
formula bilan aniqlanadi. Bu yerda
G
— kon
jinsining ma’lum sharoitdagi og’irligi bo’lsa,
V
— uning xajmi.
Hajmiy og’irligini aniqlashda
G
1
— kon jinsining tabiiy holatdagi og’irligi bo’lib, uni shu
holdagi hajmi
V
1
bo’ladi, unda hajmiy og’irligi
1
1
V
G
, g/sm
3
bo’ladi.
Kon jinsining g’ovakliligi g’ovaklilik koeffitsienti
bilan xarakterlanadi va quyidagi ifoda
bilan aniqlanadi:
100
0
;
bu yerda:
0
— kon jinsining nisbiy og’irligi, g/sm
3
.
—kon jinsining hajmiy og’irligi, g/sm
3
.
Kon jinsining elektr, tovush va issiqlik o’tkazuvchanligi ma’lum kon jinslari uchun
laboratoriyalarda aniqlanib geologiya-qidiruv ishlari va boshqa sohalarda ushbu xususiyatlardan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |