Yonilg’i-moylash mahsulotlarining sifat va miqdoriy yo’qolishlari
ehtimoli
. Benzin va dizel yonilg’isini tashish, saqlash va tarqatish jarayonida
quyidagi yo’qotishlar ro’y berishi mumkin:
yonilg’ini sisternaga quyishda, joylarda sisternadan sig’imlarga to’kishda,
tashishda, shlanglardan, quyish jo’mragidan tomchilab oqish, sachrash, yoniga
oqib ketish sababli miqdoriy yo’qotishlar;
avtotsisterna, rezervuar, quvuro’tkazgichlardagi nosozliklar sababli sizib chiqish,
tomchilash oqibatidagi miqdoriy yo’qotishlar;
quyish jarayonida to’lib-toshib ketish, tashish paytida chayqalishlar oqibatida
qopqoq orasidan sachrab oqib chiqish natijasidagi miqdoriy yo’qotishlar;
transport vositalarining yonilg’i quyish jarayonidagi to’kilish, sachrash, toshib
ketish, to’la bakning qopqog’idan chayqalib yoki harorat ko’tarilishi oqibatida
kengayib oqib chiqish natijasidagi miqdoriy yo’qotishlar;
transport vositasi yoki boshqa texnikadagi nosozliklar natijasidagi tomchilash,
terlash, sachrash sababli miqdoriy yo’qotishlar;
barcha jarayonlarda bug’lanish natijasidagi miqdoriy yo’qotishlar.
Yonilg’i-moylash mahsulotlari miqdoriy yo’qotishlardan tashqari sifat
ko’rsatkichlari pasayishi ham ro’y berishi mumkin, buni sifat yo’qotishlari deb
ataladi va ular quyidagilarga bo’linadi:
56
tashish jarayonida sisternalar, quyish moslamalaridagi qoldiq mahsulotlar bilan
aralashib ifloslanish;
sisternalarda yig’ilib qolgan mexanik zarrachalar, zang va chang qo’shilishi
natijasidagi ifloslanish;
ob-havo sharoitidan kelib chiqib suv bug’larining kondensatsiyalanishi (kun
davomidagi harorat farqidan), yog’in-sochinning aralashishi natijasidagi
namlanish;
yengil uglevodorodlarning bug’lanishi oqibatida sifatining yomonlashuvi;
texnika ishlash jarayonida turli sabablarga ko’ra, shu jumladan, tabiiy ravishdagi
sifat o’zgarishlari (oksidlanish, ifloslanish, eskirish, prisadkalar kuchining
kamayishi).
Bu kabi yo’qotishlar muqarrar ekanligini etiborga olgan holda O’zbeksiton
Respublikasi Vazirlar Maxkamasi qoshidagi ―O’zdavneftgazinspeksiya‖ va
―O’zbekneftgaz‖ milliy holding kompaniya-larining 2010 yil 5 yanvardagi ―Neft,
gazkondensat va neft mahsulotlarini qabul qilish, tashish, saqlash va jo’natishda
tabiiy yo’qolishlarning me’yorlari‖ deb nomlangan qo’shma qaror bilan barcha
korxona va tashkilotlar uchun mo’ljallangan me’yorlar qabul qilingan.
Ushbu me’yorlarda neft mahsulotlarining tabiiy bug’lanib yo’qolishdan
himoyalash vositalarining takomillashganligining hozirgi holati, alohida hududlardagi
iqlim sharoitining ta’siri inobatga olingan va germetik mayda taralardagi
mahsulotlarga qo’llanmaydi.
O’zbekiston Respublikasining hududi 3 ta iqlim mintaqalariga bo’lingan
bo’lib, 3nchi mintaqada eng ko’p yo’qotishlar bo’lishi mumkin. Bu mintaqaga
kiruvchi tumanlar va shaharlar ro’yxati ushbu xujjatda keltirilgan.
YOQSH lardagi tabiiy yo’qotishlarning eng ko’p miqdori yozgi davrga to’g’ri
kelib, yer ustiga o’rnatilgan sig’imdagi har bir tonna benzin uchun bir oyda 1,39 kg
ni, eng kam miqdori qishki mavsumga to’g’ri kelib, yer ostida joylashgan sig’im
uchun 0,84 kg ni tashkil qiladi.
Ushbu me’yorlar yillik hisobotlar paytida yetishmagan yonilg’ilarni ro’yxatdan
chiqarish uchungina ishlatiladi. Me’yordan ortiq yo’qotishlar uchun YOQSH
rahbarlari amaldagi qoidalar bo’yicha javob beradi.
Тabiiy yo’qotishlarni kamaytirish uchun barcha jihozlar soz holatda bo’lishi,
ularga o’z vaqtida texnik xizmat ko’rsatilib borishi, zarur holatlarda joriy ta’mir
ishlari bajarilib borilishi kerak.
Neft mahsulotlarini tashish, saqlash va tarqatish jarayonlarida faqat texnologik
jihozlardangina foydalanilishi lozim, agar mahsulotlar boshqa qo’shimcha idishlarga
olinib, ulardan texnikaga quyilsa, yo’qotishlar me’yordan ko’p bo’ladi. Yonilg’i
saqlash sig’imlari imkoniyat darajasida to’la ushlanishi maqsadga muvofiq, chunki
sig’imdagi bo’shliq hajmi yonilg’i bug’lari bilan to’ladi va quyish jarayonlarida,
harorat o’zgarishi jarayonlarida tashqariga chiqib isrof bo’ladi hamda atrof muhitni
ifloslantiradi.
Sig’imlarning germetikligini ta’minlamaslik ham yonilg’ilarni bug’lanib
yo’qolishiga olib keladi.
57
Yonilg’i-moy mahsulotlari sarfining transport vositalarining nosozligi tufayli
ortishiga transport vositalarining egalari, korxonalarning mas’ul xodimlari javob
beradi.
Moylash materiallaridan samarali foydalanish maqsadida ishlatilgan motor
moylari alohida, industrial va transmission moylar alohida yig’iladi va ularni
maxsuslashtirilgan korxonalarga topshiriladi. Yig’ilgan moylar tozalanib, yangi
distilyatlar bilan aralashtirib, qo’shimcha prisadkalar qo’shilib qayta ishlatiladi.
Buning uchun Angren shahrida maxsus korxona tashkil etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |