O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari
quyidagilardan iborat: 

O‘zbekiston Respublikasining asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari 
prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash vaqtida O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan strategik resurslarga belgilanadigan 
chegara narxdan jahon narxining oshishi natijasida tushadigan mablag’lar; 

davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda 
O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish 
chog’ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha tushadigan mablag’lar; 

Jamg’armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan Jamg’arma 
mablag’larining bo’sh qoldiqlarini joylashtirishdan keladigan daromadlar; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar. 
Jamg’armaning mablag’lari uning O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida 
ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada shakllantiriladi. O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki Jamg’arma hisobvaraqlariga tushgan mablag’larni ular 
tushgan kuni amalda bo’lgan Markaziy bankning almashuv kursi bo’yicha chet el 


205 
valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamg’armaning valyuta hisobvarag’iga o’tkazadi. 
Soliq va to’lovlarning ayrim turlari bo’yicha mablag’larni Jamg’arma hisobvarag’iga 
o’tkazish belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jamg’arma mablag’lari tushumi 
manbalari va ulardan foydalanish yo’nalishlari har yili belgilangan tartibda 
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg’arma balansida 
aks ettiriladi. 
Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi: 

avvalo yoqilg’i-energetika kompleksi, kimyo sanoati, mashinasozlik, 
rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy tarmoqlarida, shuningdek 
transport va telekommunikatsiya sohasida Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan 
g’oyat muhim loyihalarni moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy 
moliyaviy institutlar ishtirokidagi loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi ulushini 
qo’shma moliyalashtirish; 

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat ishlab 
chiqarishlarini joylashtirish uchun ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish 
va tiklash loyihalarini moliyalash maqsadida, shu jumladan Davlat byudjeti 
mablag’lari hisobidan qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish; 

yangi tashkil etilayotgan moliyaviy institutlar hamda iqtisodiyotning 
bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida strategik ahamiyatga ega 
bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga investitsiya kiritish; 

davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va xorijiy 
kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin to’lash; 

O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
tomonidan 
tasdiqlangan 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari doirasida 
tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit liniyalari orqali 
investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda amalga oshirish; 

ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy asoslarini 
ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish yo’li bilan 
moliyalashtirish; 

yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar hamda 
strategik ahamiyatga ega bo’lgan boshqa tovarlarni tasdiqlangan davlat 
dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun imtiyozli kreditlar berish; 

birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan hududlarda 
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish bo’yicha 
ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat dasturlari va loyihalarini, Davlat 
byudjeti va investitsiya dasturining tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant 
asosida moliyalashtirish (qo’shma moliyalashtirish); 


206 

tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning investitsiya 
dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta 
jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining ishlatilishini ko’paytirish, 
raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va uni eksport qilish hajmlarini oshirish 
hamda qo’shilgan qiymat o’sishini ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni 
qo’shma moliyalashtirish; 

Jamg’arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti bilan bog’liq 
bo’lgan xarajatlarni qoplashga. 
Mablag’larni berish muddati va shartlari Jamg’armani boshqarish bo’yicha 
Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg’arma tomonidan beriladigan kredit resurslari 
bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6 foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi. 
Jamg’armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet el valyutasida 
ajratiladi. 
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg’arma va tijorat banki 
o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha bo’yicha alohida 
belgilanadi. 
Ajratilgan mablag’larning qaytarilishi tijorat banklari tomonidan kechiktirilgan 
holatlarda har bir kechiktirilgan kun uchun muddati kechiktirilgan to’lovlar bo’yicha 
qarzdorlik summasining 0,01 foizi miqdorida (qarzga olingan mablag’lar hajmining 
10 foizidan oshmagan holda) penya undiriladi. 
Jamg’arma mablag’lari hisobidan birgalikda moliyalashtiriladigan import 
kontraktlari bo’yicha avans to’lovlarini to’lash, qoidaga ko’ra, etkazib beruvchi 
tomonidan qayta moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank 
tomonidan, avans to’lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim etgan holda 
amalga oshiriladi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish