3.
Iqtisodiyotning turli bo‘g‘inlarida risklar
Bozor iqtisodiyoti sharoitida risk bu – tadbirkorlik faoliyatiga ta’sir etuvchi
eng asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Riskning o‘ziga xos xususiyatlari bu -
noaniqlik, kutilmagan xolat, ishonchsizlik va tahmin. Siyosiy va iqtisodiy
nobarqarorlik sharoitida risk darajasi oshadi.
Riskning ikkita funksiyasi bor: rag‘batlantiruvchi va himoyalovchi.
Riskning rag‘batlanturuvchi funksiyasining ikkita jihati bor, ya’ni
konstruktiv va destruktiv. Konstruktiv jihati shunday bir holatda yuzaga keladiki,
bunda risk iqtisodiy qarorlarni hal qilishda katalizator rolini o‘ynaydi, ayniqsa
innovatsion, investitsion qarorlarni qabul qilishda. Destruktiv ko‘rinishi esa
asoslanmagan risk bilan qabul qilingan va amalga oshirilgan qarorlar natijasida
yuzaga keladi.
Riskning himoyalovchi funksiyasi ham ikki jihatga ega: tarixiy-genetik va
ijtimoiy - huquqiy. Tarixiy-genetik jihati shundan iboratki, insonlar doimo
stixiyali tarzda kutilmagan noxush voqealardan o‘zlarini asrash shakllari va
vositalarini izlaydilar. Amaliyotda bu sug‘urtalangan rezerv fondlarini tashkil
etish, tadbirkorlik risklarini sug‘urtalash kabi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy-huquqiy jihati esa, xo‘jalik, mehnat, jinoiy qonun hujjatlari to‘plamida
risk kategoriyalarini joriy qilishda namoyon bo‘ladi.
Bulardan tashqari riskning yana quyidagi xususiyatlari mavjud bo‘lib, ular
qarama- qarshilik, alternativlilik va noaniqliklardir.
Qarama-qarshiliklar quyidagilarda namoyon bo‘ladilar: risk bir tomonlama
muhim iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy-ahloqiy natijalarga olib keladi, ya’ni
ijtimoiy, texnik rivojlanishni tezlashtiradi, jamiyatning fikr va ma’naviy muhitiga
ijobiy ta’sir qiladi. Ikkinchi tomonlama esa, aksincha ta’sir qilishi mumkin, ya’ni
risk ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlanishga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Alternativlilik, bu bir yoki bir qancha ko‘rinishdagi qarorlarni tezlik bilan
473
tanlashda namoyon bo‘ladi. Tanlash lozim bo‘lmagan joyda riskli jarayonlar ham
vujudga kelmaydi va risk bo‘lmaydi.
Noaniqlilik, bu albatta noaniq, ya’ni kutilmagan xolatlar bilan bog‘liq.
Uning yuzaga kelish va tus olish shakli noaniq bo‘lib qolaveradi. A.Marshal,
Dj.fon Neyman,
O.Morgenshtern, F.Naytlar riskga quyidagicha yondashganlar: “Risk va
noaniqlilik kategoriyasi iqtisodiy munosabatlarda katta rol o‘ynaydi. Xo‘jalik
faoliyatining ajralmas qismi bo‘lgan noaniqlilik barcha murakkab va muxim
iqtisodiy xodisalarning asosida yotadi. Noaniqlilik mohiyati riskda namoyon
bo‘ladi”.
O‘tgan asrning 20-yillarida F.Nayt birinchilardan bo‘lib daromad doim
noaniqlilik bilan bog‘liq degan fikrni olg‘a suradi. P.Samuelson esa, quyidagilarni
ta’kidlagan: “Noaniqlilik qarama-qarshiliklar natijasida kelib chiqadi, ya’ni
insonlar nimalarni kutmoqdalar-u, nimalar sodir bo‘lmoqda, buning natijasi esa
foyda yoki zararda namoyon bo‘ladi”.
Samarali tashkil qilingan bozor iqtisodiyotida mahsulot ishlab chiqarish kam
xarajat qilish bilan, uning taqsimoti esa bozor talabiga asosan amalga oshiriladi.
Raqobat korxonalarning xarajatlarini iloji boricha minimum darajagacha
kamaytirishga, tovarlar ishlab chiqarishni strategik rejalashtirishga va faqat bozor
talabiga mos keluvchi tovarlar ishlab chiqarishga majbur qiladi.
Ma’lumki, faqat iqtisodiy erkinlik, mulkchilik xuquqi, raqobat va boshqa
bozor atributlari mavjud bo‘lgan xolda iqtisodiyot samarali bo‘lishi mumkin.
Bozorning eng muhim atributlaridan biri - bu iqtisodiy erkinlik hisoblanadi.
Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy erkinlik asosida faoliyat ko‘rsatish
makro, mezo va mikro darajada turli xil risklarga bog‘liq bo‘ladi. Agar
O‘zbekistonda davlat taktikasini shartli ravishda:
davlat boshqaruvi bilan bozor mexanizmining samarali bog‘lanishi
bo‘yicha;
ichki ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni saqlab qolgan holda raqobatbardosh
soxalarni rivojlantirish, tadbirkorlik yo‘lini tanlash;
aholi daromadlarini adolatli taqsimlash yo‘nalishini bosh yo‘nalish deb
tanlash kabilar bo‘yicha o‘tkazilishini inobatga oladigan bo‘lsak, shu ochiq
maqsadli siyosat modelida ham bir necha guruh risklar - ijtimoiy-siyosiy, fiskal-
monetar va iqtisodiy risklarning bo‘lishi muqarrar.
Risk tadbirkorlik faoliyatining eng asosiy elementlaridan biri hisoblanib, u
keng ma’noga ega bo‘lgan ko‘p qirrali tushuncha. Shuning uchun bank
faoliyatining samaradorligiga erishish, uning moliyaviy barqarorligini ta’minlash
uchun iqtisodiyotdagi mavjud risklar, ularning bank faoliyatiga ta’sir qilish
tomonlarini chuqur o‘rganib chiqish zarur.
474
Iqtisodiyotning tabaqalashgan darajasida risklarni quyidagicha ta’riflash
mumkin:
iqtisodiy risk;
ijtimoiy-siyosiy risk;
fiskal-monetar risk.
Iqtisodiy risk deganda, umumiy yirik tizim va uning tarkibi rivojlanishida,
shu jumladan, agar bunday tizimning umumiqtisodiy muvozanatini va uning
YaIMning o‘sish sur’atini jahon bozorida raqobatbardosh mahsulotni chiqarish
orqali o‘rnatish maqsadi qo‘yilgan bo‘lsa, u holda ishlab chiqarish shakllarini
oqilona uyg‘unlashuvini tanlashda yuzaga keladigan risklar majmui tushuniladi,
davlatning antitsiklik usullar va boshqalardan foydalanib samarali chora-tadbirlar
o‘tkazishini taqozo qiladi
.
Ijtimoiy-siyosiy risk deganda, umuman yirik tizim va uning tarkibi
rivojlanishida, shu jumladan, davlatning narxni shakllantirish siyosatiga,
shuningdek, mulk va intellektual boylik jamg‘armalarining manbalarini:
aholining barcha guruhini umumiy tavsifdagi risklardan ijtimoiy
himoyani ta’minlashga;
daromadlarning adolatli taqsimlanishiga;
ishsizlikni qisqartirishga;
taklif yoki talabning jismoniy hajmlarini narx va boshqalar orqali tartibga
solishga safarbar etish va jamlash bo‘yicha masalalarni yechishga aralashuvida
yuzaga keladigan risklar majmui tushuniladi.
Siyosiy risk - bu korxonalar va tashkilotlar faoliyatiga siyosiy ahvoldagi
o‘zgarishlar ta’siridir, bunga chegaralarning bekilishi, boshqa davlatlarga
mahsulot, xom ashyo olib chiqish taqiqlanishi va aksincha boshqa davlatlardan
mahsulot, xom ashyo olib kirili shining ta’qiqlanishi.
Fiskal-monetar risk davlat o‘tkazayotgan moliyaviy va byudjet siyosati
yordamida, narhlar darajasini barqarorlashtirish va optimal soliq me’yorlarini, pul
massasining ta’minoti va kon’yukturasini tartibga solish bo‘yicha Markaziy
bankning samarali aralashuvi va boshqalar orqali yirik, murakkab tizimlar
barqarorligi va iqtisodiy o‘sishini ta’minlash bo‘yicha masalalarni echishda
yuzaga keladigan risklar majmuidan iborat.
Tarmoqlar riski ham mavjud bo‘lib, u ma’lum bir tarmoqning iqtisodiy-
moliyaviy faoliyatidagi boshqa tarmoqlarga nisbatan o‘zgarib turish darajasi bilan
tug‘ridan-tug‘ri bog‘liqdir. Tarmoq riskini boshqarishda quyidagilarn ie’tiborga
olish kerak bo‘ladi:
alternativ tarmoqlar faoliyati qay darajada, tarmoqlar natijalari o‘rtasidagi
farq va sabablari;
475
yaxshi faoliyat ko‘rsatib kelayotgan tarmoqda keskin o‘zgarishlar bor
bo‘lsa, sababi nimadan iborat;
bank mablag‘idan foydalanmoqchi bo‘lgan korxonaning moliyaviy
natijasi bilan o‘z tarmog‘i ichidagi o‘xshash korxonalar moliyaviy natijalari
o‘rtasidagi farq.
Tarmoq riskini boshqarishda ishlatiladigan tushuncha bu sistematik risk deb
yuritiladi. U orqali tarmoqlarda yuz berayotgan tebranishlar darajasi butun
iqtisodda yuz berayotgan tebranishlar darajasiga nisbatan solishtiriladi.
Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan tarixiy va
iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u kishilar faoliyatida yoki tabiiy hodisalarda mumkin
bo‘lgan yuqotishlar salmog‘ini bildirgan, hamda tarixan jamiyat rivojlanishi bilan
odamlarning halokatdan qo‘rqish darajasiga moslashib turgan.
Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi riskning iqtisodiy kategoriya
sifatida yuzaga kelishiga va subyektlar faoliyatida mustahkam o‘rnashib olishiga
imkoniyat yaratdi. Shuning uchun ham risklar bizni tunu-kun, har yer va har joyda
o‘rab kelmoqda. U bizning hayotimizda har doim ham qochib bo‘lmaydigan va
echish lozim bo‘lgan bir jarayon bo‘lib biror-bir natijani yuzaga kelishiga asos
bo‘ladi. Bunday natija salbiy va ijobiy bo‘lishi mumkin. Riskning sinonimi
sifatida biz ishonchizlikni, imkoniyatsizlikni, bir voqea bo‘lish bo‘lmasligini
oldindan aytib bera olmaslik kabilarni misol qilib ko‘rsatishimiz ham mumkin.
Insoniyat tabiatan riskdan qochishga intiladi. Agar biz riskni nazorat qila
olmasak, odatda, undan qochishga harakat qilamiz. Chunki, har qanday ishonchsizlik
o‘ziga xos tarzda ma’lum darajadagi yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |