471
haqidagi
ma’lumotlarning
to‘liq
emasligi
yoki
noaniqligi,
bozor
kon’yunkturasining, ya’ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va
boshqalarning o‘zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o‘zgarishi, tabiiy
ofatlarning
yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning
buzilishi va to‘xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi,
ularning moliyaviy holati va ishdagi obro‘si haqidagi ma’lumotlarning to‘liq
emasligi va boshqalar.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo‘lgan soha deb hisoblanadi. Undagi
risklar ikkita katta guruhga bo‘linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta’siriga ba’zi bir
qimmatli qog‘ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga
uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko‘ra
ko‘pchilik emitent va qimmatli qog‘ozlar egalari zarar ko‘rishlari mumkin.
Tizimli risklarga quyidagilar kiradi:
foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski;
siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga ba’zi bir qimmatli qog‘ozlar yoki ularni majmuasi
uchraydi, ya’ni ma’lum bir korxonaning qimmatli qog‘ozlari yoki tarmoqning
qimmatli qog‘ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi:
tadbirkorlik
riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Moliyaviy risk. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:
a)
kredit riski;
b)
valyuta riski;
c)
foiz stavkasini o‘zgarish riskidir.
Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka
kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini to‘liq yoki umuman to‘lay
olmaslik riski.
Valyuta riski- bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va
hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori
bo‘ladi.
Foiz stavkasining o‘zgarish riski- bu risk kredit resurslari o‘zgaruvchan
stavkada qo‘llanilganda ro‘y beradi.
Mamlakat riski- bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo‘lib, uning mazmuni
shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy
jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar
yaratishi va hatto loyihani barbod qilishiham mumkin.
Siyosiy mamlakat riski- hukumatning chet el investorlari va kreditorlari
ishtirokidagi loyiha faoliyatini to‘xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan
472
bog‘liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida
qo‘llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy
shart-sharoitlarni
o‘zgartirishi bilan bog‘liq.
Ma’muriy risklar- loyiha korxonalari va loyiha faoliyatining boshqa
ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli
litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog‘liq.
Huquqiy risk- bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma’muriy va boshqaruv
risklari bilan bog‘liq.
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo‘lmagan tashqi risklardan biri
bo‘lib, unga yer silkinishi, yong‘inlar, suv toshqini, bo‘ronlar va boshqa tabiiy
hodisalar.
Do'stlaringiz bilan baham: