O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

2.
 
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi moliyaviy 
munosabatlarning quyidagi bo’g’inlaridan iborat: 

davlat byudjeti tizimi; 

davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, federativ 
davlatlarda esa – federatsiya a’zo-larining krediti; 

maxsus fondlar; 

davlat korxonalari moliyasi. 
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi (tuzilmasi), eng avvalo, 
davlat tuzilishiga (qurilmasiga) bog’liq. Unitar (yagona) davlatlarda byudjet 
tizimi quyidagi ikki bo’g’indan iborat: 

davlat byudjeti; 


81 

ko’p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq okruglari 
byudjeti). 
Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar o’zlarining 
daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining tarkibiga kirmaydi. 
Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo’g’indan tarkib topgan: 

davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat byudjeti); 

federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti, Kanadada – 
provintsiyalar byudjeti, GFRda – yerlar byudjeti, Shveytsariyada – kantonlar 
byudjeti va h.k.); 

mahalliy byudjetlar. 
Mahalliy byudjetlar o’zlarining daromadlari va xarajatlari bilan federatsiya 
a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o’z navbatida, davlat federal byudjetining 
tarkibiga kirmaydi. 
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning yetakchi
bo’g’inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat va o’z-o’zini boshqarish hududiy 
organlarining funk-tsiyalari va vazifalarini moliyaviy ta’minlashga mo’ljal-
langan markazlashtirilgan pul mablag’lari fondini shakllantirish va unday 
foydalanishning shaklidan iboratdir. 
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy rejasi 
hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning qonunchilik 
hokimiyat organi – parlament tomonidan tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda 
(urushlar, iqtisodiy tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat davlat byudjetining 
mablag’lariga tayanadi va ular yordamida davlat xarajatlarini qoplaydi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini qayta 
taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning bu bo’g’ini orqali 
mamlakat MDining 40% gacha bo’lgan qismi qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat bo’lib, ular 
yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% gacha va ayrim davrlarda 
undan ham ko’proq qismi shakllantiriladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan xorijiy 
mamlakatlarda asosiy soliqlar hisoblangan jismoniy shaxslardan olinadigan 
daromad solig’i, korxonalarning foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo’shilgan 
qiymat solig’i va bojxona bojlari davlat byudjetiga birik-tirilgan. 
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo’ljallangan xarajatlar, 
iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini saqlash xarajatlari, ijtimoiy 
xarajatlar, subsidiyalar amalga oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga 
kreditlar taqdim etiladi. Bir vaqtning o’zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat 
organlariga, hukumat maxsus fondlariga va davlat korxonalariga subsidiyalar va 
kreditlar berish orqali mamlakat moliyaviy tizimning barcha bo’g’inlariga o’z 
ta’sirini ko’rsatadi. 


82 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko’pchiligining davlat byudjetlari uchun 
doimiy ravishdagi byudjet defitsiti xos bo’lib, u davlat zayomlari hisobidan 
qoplanadi. Davlat zayomlarining muomalaga chiqarilishi davlat qarzining 
o’sishiga olib keladi. Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar 
qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari bilan qo’shib 
hisoblagandagi umumiy summasidan iborat. 
Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning ikkinchi 
bo’g’inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya a’zolarining moliyasi va 
federatsiya a’zolari hamda munitsipalitetlarga tegishli bo’lgan mahalliy 
byudjetlar, korxonalar moliyasidan iborat. 
Federatsiya a’zolarining daromadlari to’g’risidagi masala har bir 
mamlakatda o’ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, AQShda shtatlar byudjetlariga 
egri (bilvosita) soliqlar va eng avvalo, sotuvdan olinadigan soliqlar biriktirilgan 
bo’lsa, GFRda asosiy to’g’ri (bevosita) soliqlar bo’yicha tushumlar – aholidan 
olinadigan daromad solig’i va korxonalardan olinadigan foyda solig’i 50%:50% 
nisbatda federal byudjet va erlarning byudjeti o’rtasida bo’linadi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi bo’g’ini davlat 
krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, yuridik va 
jismoniy shaxslar o’rtasidagi kredit munosabatlaridan iborat bo’lib, unga ko’ra 
davlat va boshqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag’larni qarzga 
oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va mahalliy zayomlar, 
odatda, byudjet defitsiti mavjud bo’lsa, ya’ni odatdagi daromadlar davlatning 
xarajatlarini qoplamasa muomalaga chiqariladi. 
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb etuvchi soliqlar 
(asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy maqsadlarga yo’naltiriladigan 
mablag’larning salmog’i mahalliy byudjetlarda davlat byudjetiga nisbatan ancha 
yuqori. Bu byudjetlar ham doimiy ravishda defitsitli bo’lib, ular Davlat 
byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yo’li bilan kerakli 
mablag’larni oladi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim bo’g’inlaridan 
yana biri bu byudjetdan tashqari maqsadli fondlardir. Bozor iqtisodiyoti 
rivojlangan mamlakat-larda eng yirik byudjetdan tashqari maxsus fondlarning 
orasida milliy mug’urta fondlari alohida o’rinni egallaydi. Bu fondlar korxona 
xodimlari va tadbirkor-larning sug’urta badallari hamda davlat byudjetidan 
beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug’urta fondlarining 
mablag’lari yosh, nogironlik va boquvchisini yo’qotgan hollar bo’yicha 
pensiyalarni to’lashga, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgani, 
homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar bo’yicha nafaqalar berishga sarf-lanadi. Bunda 
mablag’larning asosiy qismi yosh bo’yicha pensiyalarni to’lashga yo’naltiriladi. 


83 
Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori ish haqi va 
to’langan sug’urta badallarining miqdoriga nisbatan belgilanadi. 
Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935 yil qabul qilingan qonunga 
binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir o’zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib 
kelayapti. Pensiya ta’minoti tizimi doimiy band bo’lgan yollanma xodimlar va 
o’z-o’zi bilan band bo’lgan shaxslarga nisbatan qo’llaniladi. Temir yo’l tizimida, 
federal xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat organlarida xizmat qilganlar 
uchun pensiya ta’minotining maxsus tizimi amal qiladi. 
Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy sug’urta fondi 
bo’lib, bu fond AQSh federal byudjetining tarkibiga kiradi. 
Qarilik bo’yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan miqdorda – 62-64 
yoshdan) boshlab to’lanadi. Pensiyani olish uchun minimal darajadagi sug’urta 
stajiga ega bo’lmoq lozim, ya’ni 40 chorak – 10 yil davomida sug’urta badallarini 
to’lash kerak. 
Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug’urta qilin-gan shaxs 
tomonidan olingan ish haqining o’rtacha miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng 
kam ish haqi olingan 5 yilni chegirgan holda). Pensiyaning o’rtacha miqdori 
o’rtacha maosh-ning 40% ini, past darajadagi daromadga ega bo’lgan shaxslar 
uchun esa 60% ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda pensiya uchun murojaat 
qilinganda, ana shu narsani rag’batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 
0,5% ga , ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga muvofiq 
ravishda pensiya avtomatik ravishda indensatsiya qilinadi. Pensionerning 
qaramog’idagilar uchun qarilik pensiyasining 50% i miqdorida qo’shimcha 
to’lanadi. 
AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-darmon, oziq-
ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha miqdori past kvartira haqi kabi 
qo’shimcha imtiyozlarga ega. 
GFRda yangi pensiya tizimi 1992 yilning 1 yanvaridan joriy etilgan. Boshqa 
yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda ham pensiyaning miqdori o’rtacha 
ish haqi va to’langan sug’urta badallarning miqdoriga bog’liq. Bu yerda davlat 
pensiya ta’minoti tizimi yetakchi rol o’ynaydi. 
Italiyada pensiya islohoti 1995 yilda o’tkazilgan. Unga muvofiq
o’zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan. 
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo’lsa-da, haqiqatda uning 
darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 70%i qonunda ko’zda tutilgan 
muddatdan oldinroq pensiyaga chiqadi.
Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan Ispaniyada -
7,5%, Avstriyada - 14,8%, Fransiyada – 11,8%, GFRda - 10,8%, Buyuk 
Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.


84 
Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar moliyaviy tizimning 
bo’g’inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar G’arbiy Yevropa mamlakatlarida 
Ikkinchi jahon urushidan so’ng va 1945-1950 yillarda temir yo’l va havo 
transporti, energetika tarmog’i va boshqa tarmoqlar korxonalarining 
milliylashtirilishi munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. O‘sha paytlarda bu 
tarmoqlar texnikaviy jihatdan o’ta qoloq va raqobatga chidamsiz edi. Ularni 
modernizatsiya qilish va yangilash juda katta miqdordagi mablag’larni talab 
etdiki, bu mablag’lar Davlat byudjeti, ya’ni soliq to’lovchilar hisobidan ajratildi. 
Bu tarmoqlar modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg’or bo’lishiga 
qaramasdan, moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki zararga
ishlaydigan bo’lib qolaverishdi. Davlat korxonalari moliyaviy holati og’ir-
ligining asosiy sababchisi ular mahsulotlariga nisbatan past baholar siyosatining 
yurgizilayotganligidir. 
O‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar hukmron 
doiralarining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga ko’ra ko’pgina davlat 
tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi va bu narsa davlat mulkining 
miqdorini keskin kamaytirdi. 

Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish