O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 9,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/389
Sana16.03.2022
Hajmi9,6 Mb.
#496362
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   389
Bog'liq
Moliya (1,2- modul)

 
1-rasm.
Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari
Moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida 
bo’g’ini sifatida davlat byudjeti o’z ichiga quyidagilarni oladi:

respublika byudjeti; 

Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlar. 
O‘z navbatida, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti Qoraqalpog’iston 
Respublikasining respublika byudjeti hamda Qoraqalpog’iston Respublikasiga 
bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar byudjetlaridan tarkib topadi. Viloyatning 
byudjeti esa viloyat byudjetini va viloyatga bo’ysunuvchi tumanlar va shaharlar 
byudjetlarini o’z ichiga oladi. Shuningdek, tumanlarga bo’linadigan shaharning 
byudjeti shahar byudjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar byudjetlaridan 
iborat. Va nihoyat, tumanga bo’ysunadigan shaharlari bo’lgan tumanning byudjeti 
tuman byudjetidan va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar byudjetidan tashkil topadi. 
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida davlat byudjeti o’z oldida turgan 
quyidagi muammolarni hal etishi kerak: 

daromadlar asosini mustahkamlash; 
Davlat moliyasi va mahalliy moliya 
Moliyaviy tizim 
Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi 
Tijorat korxonalari va tashkilotlari 
moliyasi 
Moliyaviy vositachilar 
moliyasi 
Notijorat tashkilotlar 
moliyasi 
Davlat byudjeti 
Byudjetdan tashqari davlat 
maqsadli fondlari
Davlat krediti 


75 

byudjet daromadlari va xarajatlari ochiq va shaffof bo’lishini ta’minlash; 

modernizatsiya qilish va zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish 
negizida davlat xarajatlari tarkibida iqtisodiyotni innovatsion usulda rivojlanish 
xarajatlariga ustuvorlik berish; 

soliqlarni umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’lish tartibini qayta ko’rib 
chiqish negizida mahalliy byudjetlar daromad bazasini kengaytirish; 

byudjet defitsiti darajasini kamaytirish; 

byudjet yordamida tartibga solish mexanizmini tako-millashtirish; 

G’aznachilik tizimi ishini takomillashtirish, byudjet mablag’laridan 
samarali foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish va h.k.. 
Byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari oldindan belgilangan ma’lum 
muddat-larda tuzilishi yoki doimiy ravishda mavjud bo’lishi mumkin. Bu 
fondlarning vujudga kelishi davlat byudjetining qabul qilinishi yoki qabul 
qilinmasligidan qat’iy nazar mablag’lar maqsadli manbaining zarurligi bilan 
belgilanadi. Birinchi navbatda, bu ijtimoiy ta’minot, sog’liqni saqlash, ishsizlikni
kamaytirish va boshqa xuddi shunday bir qancha muhim ijtimoiy ehtiyojlarni 
qondirishga tegishlidir. Bu fondlar mablag’larini shakllantirish va ulardan 
foydalanish davlat tomonidan o’ziga xos bo’lgan shakllar va metodlar yordamida 
amalga oshiriladi. Shuning uchun ham ularni moliyaviy tizimning “davlat 
moliyasi va mahalliy moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida ajratilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Mablag’lardan foydalanishning maqsadli yo’naltiril-ganligi belgisi bo’yicha 
byudjetdan tashqari davlat maxsus fondlarini quyidagi ikki guruhga bo’lish 
mumkin: 

ijtimoiy mo’ljallangan (yo’nalishga ega bo’lgan) davlat maxsus fondlari; 

tarmoqlararo va tarmoq xarakteriga ega bo’lgan davlat maxsus fondlari. 
Ayrim hollarda hududiy yo’naltirilgan(mo’ljallangan) davlat maqsadli
fondlari tashkil qilinishi mumkin. 
Davlat maqsadli fondlari moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy 
moliya” sohasining alohida bo’g’ini sifatida quyidagilardan iborat bo’lishi 
mumkin: 

Respublika yo’l fondi; 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni 
qo’llab-quvvatlash davlat qo’mitasining maxsus hisobvarag’i; 

ish bilan ta’minlashga ko’maklashuvchi davlat fondi; 

O‘zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya fondi.
Davlat maxsus fondlari tarkibida katta miqdordagi mablag’larning
to’planganligi sharoitida davlat moliyaviy nazoratining susayishi bu 


76 
mablag’lardan samarasiz foyda-lanishga va su’istemol qilish holatlarining sodir 
etilishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun ham davlat moliyaviy resurslaridan 
foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida ularni davlat byudjetiga 
jamlash (konsolidatsiya qilish) maqsadga muvofiqdir. Bunda byudjetga 
jamlangan fondlarning maqsadli yo’nalishi o’zgartirilmasdan saqlanib qolishi 
ta’minlanishi lozim. 
Davlat krediti moliyaviy tizim “davlat moliyasi va mahalliy moliya” 
sohasining o’ziga xos bo’g’ini hisoblanadi. Uning o’ziga xosligi davlatning 
markazlashtirilgan fondlariga mablag’larni jalb qilish bo’yicha moliya-kredit 
munosabatlarining alohida shakllari bilan belgilanadi. Davlat krediti davlat, 
yuridik va jismoniy shaxslar o’rtasidagi pul munosabatlarining o’ziga xos alohida 
shaklidan iboratdir. Bunda davlat, asosan, mablag’larni qarzga oluvchi va 
shuningdek, kreditor va garant (kafil) sifatida ham maydonga chiqadi. 
Davlat kreditida mablag’larni qarz oluvchi sifatida davlatning hissasi 
miqdoriy jihatdan ustunlik qiladi. Davlatning kreditor sifatidagi operatsiyalari, 
ya’ni davlat yuridik va jismoniy shaxslarga ssudalar taqdim qilganda yoki garant 
(kafil) bo’lganda, ancha torroq bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bozor 
iqtisodiyoti sharoitida byudjetdan moliyalashtirish ham qaytariluvchanlik va 
to’lovlilik (haq asosida) sharti bilan amalga oshirilsa, keng rivoj topishi mumkin. 
Hozirgi sharoitda davlat kreditining zarurligi davlat xarajatlarining davlat 
o’z daromadlari bazasini kengay-tirish imkoniyatlariga nisbatan yuqori 
sur’atlarda o’sishi bilan bog’liq bo’lib, bu narsa byudjet defitsiti sharoitida 
rejalashtirilgan byudjet xarajatlarining qoplanishini ta’minlaydi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitida pul-kredit va moliyaviy siyosatlarning bir-biri bilan o’zaro 
bog’liq holda amalga oshirilishi moliyaviy tizimning “davlat moliyasi va mahalliy 
moliya” bo’g’ini to’g’risidagi an’anaviy tasavvurlar kengayishi va keng mo’noda 
hamda uni zamonaviy tushunishga muvofiq ravishda Markaziy bank tizimini ham 
o’z tarkibiga qo’shmog’i lozim. 
Xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi moliyaviy tizim-ning mustaqil 
sohasi hisoblanadi. Uni boshqacha nomda mulkchilikning turli shaklidagi 
korxona va tashkilotlar moliyasi deb ham atash mumkin. Moliyaviy tizimning ana 
shu sohasida daromadlarning asosiy qismi shakllanadi va ular, oxir oqibatda 
davlat tomonidan o’rnatilgan qoidalarga muvofiq ravishda qayta taqsimlanib, 
barcha darajadagi byudjetlar va nobyudjet fondlarining daromadlarini 
shakllantiradi. Bir vaqtning o’zida byudjet mablag’larining katta qismi 
to’g’ridan-to’g’ri byudjetdan moliyalashtirish, byudjet ssudalari va davlat 
kafolatlari shaklida korxonalarning joriy va investitsion faoliyatlarini 
moliyalashtirishga yo’naltirilishi mumkin. 


77 
Yuqorida qayd etilganidek, moliyaviy tizimning bu sohasi tijorat 
korxonalari va tashkilotlari moliyasi, moliyaviy vositachilar moliyasi va notijorat 
tashkilotlar moliyasi kabi bo’g’inlardan tashkil topadi. Bu guruhga kiruvchi 
xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy munosabatlari tadbirkorlik 
faoliyatini tashkil etish, daromadlar va xarajatlarni shaklantirish, mulkka egalik 
qilish, o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini bajarish shakllariga bog’liq 
ravishda o’ziga xos bo’lgan xususiyatlarga egadir. Bir vaqtning o’zida, tijorat 
korxonalari va tashkilotlari moliyasi muhim ahamiyat kasb etib, aynan shu yerda 
moliyaviy resurslarning asosiy qismi shakllantiriladi. Mamlakat-ning umumiy 
moliyaviy ahvoli ana shu korxonalar moliya-sining ahvoli bilan belgilanadi. 
Bozor munosabatlari sharoitida korxonalar o’zlarining faoliyatlarini tijoriy 
hisob asosida amalga oshiradilar. Unga muvofiq ravishda ularning xarajatlari o’z 
daro-madlari hisobidan qoplanishi kerak. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish va 
ijtimoiy rivojlanishining asosiy manbai foyda hisoblanadi. 
Bu soha korxonalari real ravishda moliyaviy mustaqillikka ega, mahsulotni 
sotishdan olingan tushumni ularning o’zi mustaqil ravishda taqsimlaydi, 
o’zlarining ixtiyoriga ko’ra foydadan foydalanadilar, ishlab chiqarish va ijtimoiy 
fondlarni shakllantiradilar, moliyaviy bozorning resurslaridan, ya’ni bank 
kreditlari, obliga-tsiyalar emissiyasi, depozit sertifikatlari va boshqa vositalardan 
foydalangan holda investitsiyalar uchun zarur bo’lgan mablag’larni qidirib 
topadilar. 
Korxonalar davlatning mayda-chuyda aralashuvidan ozod bo’lib, shu bilan 
birgalikda, ishning iqtisodiy va moliyaviy natijalari uchun ularning mas’uliyati 
ham keskin oshi-rilgan. 
Bir vaqtning o’zida mamlakatning xo’jalik tizimi murakkab tuzilmadan 
iborat bo’lib, u aralash iqtisodiyot sifatida faoliyat ko’rsatadi. Uning tarkibida 
foyda olishga qaratilgan biznes sohasi bilan bir qatorda iqtisodiyotning boshqa 
sohalari ham mavjudki, ularning faoliyati ijtimoiy farovonlikka erishishga 
yo’naltirilgan. Bularning tarkibiga davlat sektoridan tashqari ba’zi mamlakatlarda 
katta masshtablarga ega bo’lgan va nisbatan yuqori sur’atlarda o’sib borayotgan 
notijorat sektori ham kiradi. Hozirgi sharoitda notijorat sektori tashkilot-larining 
yuqori sur’atlarda tez o’sib borayotganligi, bir tomondan, jamiyatni 
demokratlashtirish siyosiy jarayon-larining rivojlanishi va ikkinchi tomondan, 
bozor iqtiso-diyotining ijtimoiy yo’naltirilganligi (bu holat bizning mamlakatimiz 
uchun xarakterlidir) bilan bog’liq. 
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo’lib, foyda olish ularning asosiy 
maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanmaydi. 
Ularning qatoriga ijtimoiy, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, 
sog’liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va 


78 
tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va 
ziddiyatlarni yechish, yuridik xizmatlar ko’rsatish va shunga o’xshash boshqa 
maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat 
tashkilotlarning oldiga qo’yilgan maqsadlar xilma-xil bo’lganligi uchun bu 
sohaning juda keng va rang-barang bo’lishi, tabiiydir. Notijorat sohaning bir 
guruh korxonalari, asosan, o’z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum 
toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi. Iqtisodiyotning bu sohasi
26

odatda, davlat sektorining birinchi, tijorat sektorining ikkinchi ekanligi inobatga 
olingan holda uchinchi sektor deb ham yuritiladi
27

Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot 
bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-
biridan farq qiladi. Biroq, qator miqdoriy ko’rsatkichlarning tahlili bu sektorning 
taraqqiy topayotganligidan dalolat beradi. Notijorat soha holatini tavsiflovchi 
ko’rsatkichlar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: 


Download 9,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   389




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish