3-MAVZU: MOLIYAVIY TIZIM
REJA:
1.
Moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlari.
2.
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi.
1.
Moliyaviy tizimning sohalari
va bo’g’inlari
Faoliyat jarayonida turli pul fondlardan shakllanadigan va foydalaniladigan
moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmui
moliyaviy tizim
deyiladi. Unga
boshqacha ham ta’rif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini
24
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentyabrda imzolagan “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha
birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi Farmoni.
73
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga
moliyaviy tizim
deyiladi. Unga yana quyida ta’rifni ham berish mumkin:
“Xo’jalik subyektlari, uy xo’jaliklari, davlat va maxsus moliya institutlarining pul
mablag’larini taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-biri
bilan bog’liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, bo’g’inlari va
sohalarining yig’indisi
moliyaviy tizim
deyiladi”.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” tushunchasining
taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va
prinsipial jihatdan butunlay yangi bo’lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning
hayotga tatbiq etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo’g’inlariga nisbatan
obyektiv ravishda yangicha yondoshuvni taqozo etdi. Unga muvofiq ravishda,
dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga bo’linadi
25
:
davlat moliyasi va mahalliy moliya;
xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi.
O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul fondlari va
daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va metodlariga bog’liq ravishda
bir necha bo’g’inlardan tashkil topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy
moliya quyidagi bo’g’inlardan tashkil topishi mumkin:
davlat byudjeti;
byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari;
davlat krediti.
Shuningdek, xo’jalik yurituvchi subyektlar moliyasi quyidagi bo’g’inlardan
iborat:
tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi;
moliyaviy vositachilar moliyasi;
notijorat tashkilotlari moliyasi.
Yuqorida keltirilganlarni rasm ko’rinishda 1-rasmdagidek ifodalash mumkin.
Moliyaviy tizimning alohida sohalar va bo’g’inlarga bo’linishi YaIMni
shakllantirish, taqsimlash va qayta taqsimlashda, daromadlarni shakllantirish va
ulardan foydalanishda iqtisodiy munosabatlar subyektlarining bir-birlaridan farqli
ravishda ishtirok etishi bilan belgilanadi. Moliyaviy tizimning har bir sohasi va
bo’g’iniga pul fondlari va daromadlarini shakllantirish va ulardan
foydalanishning o’ziga xos bo’lgan shakllari va metodlari tegishlidir. Masalan,
25
Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari, ko’pchilik hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan edi.
Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A., Jevtyak P.N.,
Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko’ra, moliyaviy tizim odatda, ikki sohadan, ya’ni 1) korxonalar va
xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) umumdavlat moliyasidan iborat bo’lgan. Moskva maktabining vakillari
(Shermenev M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar) fikricha esa, moliyaviy
tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab
chiqarish sohasi moliyasi. Shunday bo’lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham SSSRning iqtisodiy bazisiga va u
tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga mazmunan mos kelgan edi.
74
korxonalar moliyasi moddiy ishlab chiqarishga, YaIMni yaratishga, uni
korxonalar o’rtasida taqsimlashga va YaIM bir qismining byudjet va nobyudjet
fondlariga qayta taqsimlashga xizmat qiladi. Davlat byudjeti orqali resurslar
davlatning markazlashtirilgan fondiga jalb qilinadi va ular hududlar, tarmoqlar va
aholining turli ijtimoiy guruhlari o’rtasida qayta taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |