Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

3.3. Erkin vazn 
 
Vazndan vaznga ko‗chishga asoslangan she‘riy tizim 
erkin vazn
sanaladi.
Erkin (sarbast) vaznda misralardagi hijolar miqdori, ularning cho‗ziq yoki qisqaligi 
hech qanday ahamiyat kasb etmaydi. Erkin she‘r 
«
verlibr
»
 
(
fransuzcha vers – she’r, 
libres – erkin so‘zlaridan
)
degan xalqaro atama bilan ham yuritiladi. Bunda misralarning 
turlicha turoqlanishi, qofiyalanishdagi erkinlik shoirga o‗z fikrini izchil ifodalash imkonini 
beradi. Erkin she‘rda ohangdorlik va ifodalilik talabi, she‘r g‗oyasi va shoir maqsadini 
ochib beruvchi har bir so‗z ijodkor xohlagan tartibda alohida satrlarga chiqarilishi 
mumkin. Cho‗lpon, H.Olimjon, G‗.G‗ulom, M.Shayxzoda, Usmon Nosir, Mirtemir kabi 
shoirlar ijodida erkin she‘rning ajoyib namunalari uchraydi.
Mirtemirning «Onaginam» she‘ri erkin vaznda yaratilgan she‘rning eng go‗zal 
namunasi hisoblanadi: 


54 
Onaginam 
Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi – g‘ashlik.
Bedavo sizloviqday sizlatguvchi – g‘ashlik.
Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon 
Chuchvaraga chekkuvchi – g‘ashlik.
Meni o‘ylab notavon va nimjon, 
G‘ashimga tekkuvchi – g‘ashlik.
Suyaklarimni sirqiratib 
och tevatday g‘ajiguvchi,
Ko‘zimda yosh tirqiratib, 
jig‘ildonimda achchiq bo‘zaday 
achiguvchi – g‘ashlik...
Dunyoga qayta kelishimga ko‘zim yetsaydi,
Yigit yoshimga to‘lmay turib,
Ayriliq zaylida qoq yog‘ochday qurib,
Jon bergan onamni ko‘rishimga ko‘zim yetsaydi,
Tizzasiga bir nafas bosh qo‘yishimga ko‘zim yetsaydi,
Onalik mehriga obdan to‘yishimga ko‘zim yetsaydi,
«
Oq sutingni oqlay
»
, – deyishimga ko‘zim yetsaydi,
Menda g‘ashlik netardi? 
Yantoq o‘tinidek,
Tamaki tutunidek, 
Tong paytida taralgan badbaxtlik tunidek –
Cheksiz fazolarga tarqab ketardi! 
Onaginam! 
Odam bo‘ldimmi menam? 
Yigit yoshimgacha bir chelak suv keltirib 
bermagan bo‘lsam, 
Yo tashnaligingda bir kosa sharbat to‘ldirib 


55 
bermagan bo‘lsam, 
Yo non yopishing uchun
Hatto bir yo‘la bir kun 
Sahrodan o‘tin orqalab kelmagan bolangman...
Yo sigirni podadan ayirib, 
Yo echkini hovliga qayirib, 
Og‘zingdan so‘z chiqmay yelmagan bolangman...
Sening arzimas bir yumushingni ado etolmaganim, 
Sening bir ishorangga yuz o‘mbaloq oshib 
ketolmaganim.
Seni jindak xushvaqt qilgani, 
Seni jindak xushbaxt qilgani 
Tagsiz jarlardan o‘tolmaganim, 
Seni so‘nggi yo‘lga o‘zim kuzatolmaganim –
Tog‘day zil, 
Abadiyatday cheksiz armon bo‘lib qoldi dilimda, 
onaginam! 
Odam bo‘ldimmi menam?
Ha, odam sanashar meni elimda.
Senga qilolmagan xizmatim, 
Sen deb chekolmagan zahmatim –
Jindak zehnim, jindak she’rim, jindak g‘azalxonligim,
Onalik mehriga to‘ymagan mehrim, jindak yaxshilik va 
yomonligim 
Meni odam sanagan elimga baxshida, jafodiyda 
onaginam! 
Elga xizmatim – senga xizmatim emasmi, axir,
El meni farzandim demasmi, axir! 
Rozi bo‘l, odam sanalay menam...
Dunyoga qaytib kelurman,


56 
Lekin boshqa o‘g‘il bo‘lib...

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish