433
«Bronza to‗ng‗iz»
«Kumush tangacha»
II. Ertaklar to‘plamlari
«Bolalarga aytilgan ertaklar»
«Yangi ertaklar»
«Tarixlar»
«Yangi ertaklar va tarixlar»
«
Qor malikasi
»
Asar syujeti. Bir jodugar hamma yaxshi narsani yomon suratda ko‗rsatuvchi bir
ko‗zgu yasaydi, jodugarning shogirdlari ko‗zguni ko‗kka olib chiqayotganlarida sinadi va
uning bir parchasi Kay degan bolaning ko‗ziga tushadi va Kay qo‗pol bolaga aylanadi. Bu
Qor malikasiga ma‘qul tushadi va bolani shimoldagi qasriga olib ketadi.
Kayning opasi
Gerda uni izlab yo‗lga tushadi va safarda kishilar xotirasini susaytiruvchi sehrgarlar
bog‗idan, mehribon shahzoda va malika qasridan, yovuz qaroqchilar makonidan o‗tib
borib Kayni topadi. Gerdaning ko‗z yoshi Kayning yuragidagi muzni eritadi. Ular
shundan keyin Qor malikasidan qutulib uylariga shod-xurram qaytadilar.
Ertakda tabiat
manzaralari qahramonlar ruhiy holatiga mos qilib tasvirlangan.
Xulosa: ezgu, oliyjanob narsalar mangu, yovuzlik o‗tkinchidir. Oqko‗ngillilik va
qat‘iyat hamisha g‗alaba qozonadi.
«
Bulbul
»
Asar syujeti. Chin Mochin imperatori o‗z davlatidagi bulbul haqida kitobdan o‗qib
bilib oladi va bosh vazirga bulbulni kechki bazmga topib kelishni buyuradi. Bosh vazir
oshpaz qiz yordamida bulbulni topib keladi. Bulbul kechki bazmda sayraydi va imperator
bundan ta‘sirlanib ko‗z yosh to‗kadi. Bulbulni oltin kavush bilan mukofotlashadi. Lekin
bulbul ketib qolgani ma‘lum bo‗ladi.
Bundan amaldorlar ham, imperator ham norozi
bo‗ladi. Yaponiya imperatori Chin Mochin imperatoriga avtomat bulbul yuboradi. U
bulbul «vit, vit, vilik» deb sayraydi. Bu qo‗shiqni butun mamlakatda kuylaydilar, lekin bir
baliqchi: «Bunda nimadir yetishmaydi-da», – deydi bosh chayqab. Avtomat bulbul buzilib
qoladi, uni soatsoz tuzatadi, lekin endi faqat yilda bir marta sayrashi mumkin edi.
Imperator o‗lim to‗shagiga yotib qoladi. Azroil kelib unga
hayotidagi jami gunohlarini
434
eslatadi, imperator muzika chalinishini, bulbul sayrashini istaydi,
lekin avtomat bulbul
sayramaydi. Shunda yetib kelgan bulbul sayraydi va Azroilni mast qilib, imperatorning
hukmdorlik tojini, saltanat bayrog‗ini, oltin qilichini qaytarib berishga majbur qiladi.
Imperator
bulbulga rahmat aytadi, unga qanday mukofot berishni o‗ylaydi, bulbul unga
uning huzurida birinchi marta sayraganida ko‗z yosh to‗kkanini aytib, bu uning uchun oliy
mukofot ekanini ta‘kidlaydi. Imperator uning hayotbaxsh qo‗shig‗i og‗ushida uyquga
ketadi. Uyqudan turib uning o‗limini kutib o‗tirgan amaldorlariga «salom»
deb peshvoz
chiqadi.
Xulosa: «Bulbul» ertagi qalbakilikdan, ikkiyuzlamachilikdan, yolg‗onchilikdan
qaytaradi, inson qalbini tushunib yashashga chorlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: