Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

«
raqib
»

«
rind
»

«
soqiy
»

«
ag‘yor
»
va boshqa timsollar lirik qahramon 
darajasiga ko‘tarila olmaydi. 


147 
Kechinma va o‗ylari lirik asarda ifoda etilgan va she‘rxonni o‗ziga tuyg‗udosh qila 
oladigan shaxs timsolini lirik qahramon deyish mumkin.
Lirik qahramon ko‗ngil holatini ifodalagani, bevosita «men» nomidan so‗zlashgani, 
o‗zining eng ichkin, muqaddas tuyg‗ularini she‘rxon bilan o‗rtoqlashgani uchun 
o‗quvchiga yaqin va tuyg‗udosh bo‗lib qoladi. 
Adabiyotshunoslikda lirik qahramon 
tushunchasi 1921-yili rus olimi Y.N.Tinyanov tomonidan kiritilgan.

RUHIYAT TAHLILI. 
Ruh – o‗ta murakkab tushuncha. Uni sezgi a‘zolarining 
birortasi bilan his qilish mumkin emas. Ruhiyatga daxldor narsalarni ko‗ngil bilan tuyish 
mumkin, xolos. Demak, ruh odamning ko‗ngliga tegishli narsa ekan. Inson aqli ruhni to‗la 
tushunishga ojizlik qiladi. Qur‘oni Karimda ham ruhning izohini odam tushunolmasligi 
ta‘kidlangan. Lekin har bir odam o‗zida aqldan tashqari yana qandaydir bir qudrat ham 
borligini biladi. Shuning uchun ba‘zan odam aqliga ma‘qul kelmasa-da, ko‗ngliga 
o‗tirishgan ishni qilgisi keladi. Ayni shu holat badiiy asarlarning qahramonlarida ham o‗z 
aksini topishi kerak. Ya‘ni adabiy qahramonlarning xatti-harakatlarigina emas, balki 
ko‗ngil kechinmalari ham ularning tabiatlariga muvofiq bo‗lishi lozim.
Qachondir qilingan ish, aytilgan fikr, so‗zlangan so‗z eskirishi mumkin, lekin inson 
ruhiyatining xususiyatlari hech qachon eskirmaydi. Shuning uchun badiiy ijodda odam 
ruhiyati tasviriga katta e‘tibor qaratiladi.
Siz badiiy asarlarda inson ruhiyatining tushuntirib berish qiyin bo‗lgan jihatlari 
tasviriga ko‗p marta duch kelgansiz. Chunonchi, raqibini yiqitolmagan Alpomishga qarata 
Oybarchin tomonidan aytilgan: «Qizlar sizni narmoda deb aytadi, Qizlarning aytgani 
menga botadi. Mardlar olishmaydi, siltab otadi, Maydon bo‗lsa, ish ko‗rsatib ketadi», – 
degan so‗zlar yigit ruhiyatini ostin-ustun qilib yuborgani va shu vaqtgacha eplolmagan 
dushmanini ko‗kka otgani sizga ma‘lum. Yoki birovga qo‗pol gapirishni bilmaydigan 
Otabekning uch yovuz dushmanga qarshi yolg‗iz jangga kirishi ham uning ruhiyatida 
kechayotgan jarayonlarga mos.
«Ulug‗bek xazinasi» romanidagi har bir personajning qilgan ishi, aytgan gapi uning 
ruhiy holatiga mos keladi. Qanchalar yovuz va shuhratparast bo‗lmasin, otasiga tig‗ 
ko‗tarish Abdullatif uchun ham oson kechmaydi. Asarda o‗g‗liga qarshi kurashishi lozim 


148 
otaning ham, ota halokatiga sabab bo‗lgan bolaning ham ruhiyati juda ta‘sirli va ishonarli 
ko‗rsatilgan. Yozuvchi o‗tmishda nima bo‗lganini aytibgina qo‗ymaydi, balki o‗tmishdagi 
yovuzlikni sodir etganlar yoki undan jabr ko‗rganlar qanday sezimlarni kechirganliklarini, 
qanday ruhiy holatga tushganliklarini ham ishonarli ko‗rsatib beradi. Ayni shu holat bu 
romanning ta‘sirchanligini ta‘minlagan. Negaki gap voqeada emas. Bo‗lar ish bo‗lgan, 
voqealar eskirgan, lekin qahramonlarning ruhiy holatlari hech qachon eskirmaydi. 
Ularning haqqoniy tasviri barcha davrlardagi kishilarga ta‘sir qilaveradi. Badiiy ijodda 
ruhiy tahlilning o‗rni katta. U yoki bu badiiy asar insonning ruhiyatini qanchalik teran va 
ishonarli aks ettirishiga qarab baholanadi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish