49
Geobotanikada Raunkier klassifikatsiyasidan tashqari, I. G. Serebr-yakov
(1962, 1964)ning klassifikatsiyasi ham bo‘lib, bu klassifikatsiya o‘simliklarning
tashqi ko‘rinishiga asoslangandir. Bu klassifikatsiya quyidagicha tartibda berilgan:
1. Daraxtlar
bu guruhda ko‘p yillik yer ustki qismlari yog‘och-langan,
bo‘yi ikki metrdan yuqori, bitta asosiy tanaga ega bo‘lgan o‘simlik turlari chinor
(Plantanus orientalis L.), archa (Juniperus ze-ravschanika Kom.), terak (Papulis
sp), qarag‘ay (Rtsh silvestris. L), ol-ma (Ma!i8 domestica Borkh), yong‘oq
(Juglans regia L.) kabi daraxt tur-lari kiradi.
2. Butalar
bu guruhga ko‘p yillik, bo‘yi 2 3 metrdan baland bo‘l-magan,
asosiy tanasi yog‘ochlangan, bitta asosiy tanaga ega bo‘lmagan, yer yuzasidan
shoxlangan o‘simliklar anor (Runica granatum L.), maymunjon (Kubis caesius
L.), na’matak (Rosa maracandica. Bde), zirk (Vegberis integerrima Bde), uchqat
(Lonisera nummularifolia Let Sp.) kabi turlar kiradi.
3. Butachalar
bu guruhga esa ko‘p yillik, past bo‘yli, tanasi yo-
g‘ochlangan, bo‘yi 0,5 metrdan baland bo‘lmagan turlar misol bo‘la ola-di.
Pochaqirqar (Hulthemia berberifolia (Pall) Dum) bunga misol bo‘la-di.
4. Yarimbuta
chalabuta bu guruhga poyasining faqat pastki qis-mi
yog‘ochlanib, qolgan qismi har yili kuzda qurib qoladigan ko‘p yillik turlar shuvoq
(Artemisia sp), izen (Kos1aprostrata (L) Schrad), isiriq (Peganum harmala L),
yantoq (Alhagi sparsifolia Shap.) kabi turlar mi-sol bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘t
o‘simliklar ham bir qancha guruhlarga ajratiladi. Misol uchun, quyidagicha:
a) polikarp turlar hayotida bir necha martalab gullaydi, urug‘ va meva
beradigan, asosan, ko‘p yillik o‘simlik turlari;
b) monokarp turlar, ko‘pincha, qurg‘oqchil mintaqalarda tarqalib, bir necha
yil, hatto 10 15 yil umr ko‘rib, bir marta gullab, urug‘ va me-va beradigan
o‘simliklar. Bularga kovrak (Ferula)ning ba’zi bir turi, as-tra va karamdoshlarning
ba’zi bir turlari misol bo‘ladi.
O‘rta Osiyo sharoitida, bundan tashqari, kam bo‘lsa-da, chirmashib o‘suvchi
liana
turlar ham mavjud bo‘lib, ular daraxtlarga ilashib o‘sadi. Madaniy o‘simliklardan
tok o‘simligi, yovvoyi tur o‘simliklardan chir-movuq, pechak, ilonchirmovuq kabi
turlarni misol qilib olish mumkin.
Tog‘ning yuqori qismida, yaylov mintaqasida, cho‘lda o‘ziga xos
shoxlangan yostiqsimon o‘simlik turlari ham mavjud bo‘lib bularga bo‘ritikan,
akantalimonlar, sertuk astragal, esporset kabi turlar misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: