Viii – mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari



Download 254,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana16.03.2022
Hajmi254,47 Kb.
#495060
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-MAVZU (1)

I,
 
II,
 
III,
 
IV
 
bandlarda keltirilgan xarajatlar elementlari 
bо‘yicha ajratiladi. 
1. Ishlab chiqarish jarayoniga xizmat kо‘rsatish xarajatlari: 
- ishlab chiqarishni xomashyo, materiallar, yonilg‘i, energiya, instrument, 
moslamalar va boshqa mexnat vositalari va buyumlari bilan ta’minlash xarajatlari; 
- asosiy ishlab chiqarish fondlarini ish holatida saqlash xarajatlari (texnik 
kо‘rik va qarov, joriy va mukammal tuzatish xarajatlari). Asosiy ishlab chiqarish 
vositalarini barcha turda (joriy, о‘rtacha, mukammal) tuzatishlarni xо‘jalik yuri-
tuvchi subyektning о‘z kuchi bilan о‘tkazish xarajatlari ishlab chiqarish 
xarajatlarining tegishli elementlari (moddiy xarajatlar, mexnat haqi tо‘lash 
xarajatlari va boshqalar) bо‘yicha maxsulot (ishlar, xizmat)lar tannarxiga kiritiladi. 
Zarurat bulganda ayrim tarmoqlarning xо‘jalik yurituvchi subyektlari 
Uzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ruxsati bilan mukammal tuzatish 
ishlarini о‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini tashkil qilishlari mumkin. Ushbu 
zahiraga ajratmalar «Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida 
aks ettiriladi va kо‘zda tutilayotgan xarajatlar qiymati hamda asosiy vositalar har 
bir obyektini mukammal tuzatishlarning davriyligidan kelib chiqqan holda anik-


lanadi. Zahiraga ajralmalar normasi har bir hisobot yili oxirida qayta kо‘rib 
chiqiladi va zarur bо‘lganda yangi moliya yili uchun ajratmalar mikdori 
kо‘paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Agar mukammal tuzatishga zahira 
mablag‘lari summasi ushbu obyektni tuzatishga kilingan haqiqiy xarajatlar 
summasidan oshib ketsa, oshib ketgan summa bо‘iicha tuzatish kiritilishi kerak: 
agar haqiqiy xarajatlar zahiradagidan oshib ketsa, u holda oshib ketgan summa 
«Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi. 
- yong‘indan saqlash va qо‘riqlashni hamda xо‘jalik yurituvchi subyektlarni 
texnikaviy foydalanish qoidalari, nazarda tutilgan boshqa maxsus talablar bilan 
ta’minlash ular faoliyatini nazorat qilish xarajatlari. 
Idoradan tashqari, qо‘riqlash xarajatlari bunday qо‘riqlash mavjud bо‘lishini 
talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bо‘lgan taqdirda 
maxsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritilishi mumkin. 
- ishlab chiqarish faoliyatiga tegishli bо‘lgan asosiy vositalarni joriy ijaraga 
olish bilan bog‘liq xarajatlar; 
- tabiatni muhofaza qilish maqsadlaridagi fondlarni saqlash va ulardan 
foydalanish bilan bog‘liq joriy xarajatlar, jumladan, ifloslantaruvchi moddalarni 
atrof-muxitga yо‘l qо‘yiladigan normalar doirasida va undan ortiqcha chiqarganlik 
uchun tо‘lovlar; 
- ishlab chiqarish bilan bog‘liq bо‘lgan va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 
mehnatning normal sharoitlari va texnika xavfsizligini ta’minlash xarajatlari; 
- xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog‘liq 
bо‘lgan sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlari; 
- tekin kо‘rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq-ovqat, ayrim tarmoklar 
xodimlariga oziq-ovqatlar qiymati, Xо‘jalik yurituvchi subyekt xodimlariga 
beriladigan tekin uy-joy haqini tо‘lash xarajatlari (yoki uy-joy, kommunal 
xizmatlar va boshqalar uchun pul kompensatsiyasi summasi). 
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tekin beriladigan va shaxsiy 
foydalanishda qoladigan buyumlar qiymati (shu jumladan, formali kiyim-bosh, 
maxsus ovqatlar yoki ular pasaytirilgan narxlar bо‘yicha sotilishi munosabati bilan 
imtiyozlar summasi); 
- ishlab chiqarish jarayoniga tegishli bо‘lgan boshqaruvning texnik 
vositalarini, aloka uzellarini, signalizatsiya vositalarini, boshqaruvning boshqa 
texnik vositalarini, hisoblash markazlarini saqlash va ularga xizmat kо‘rsatish 
xarajatlari; 
- konun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bо‘lgan xodimlarni 
tibbiy kо‘rikdan о‘tkazganlik uchun tibbiy muassasalarga haq tо‘lash. 
2. Ishlab chiqarish xodimlarini belgilangan ishlab chiqarish jarayoniga tegishli 
bо‘lgan xizmat safarlariga yuborish bо‘yicha normalar doirasida va ulardan 
ortiqcha xarajatlar. 
3. Ishlab chiqarish ishchilarini va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy 
sug‘urta kilish xarajatlari. 
4. Brak tufayli kelib chiqadigan yо‘qotishlar. 
5. Ishlab chiqarishning ichki sabablariga kura bekor turishlar tufayli 
yо‘qotishlar. 


6. Kafolatli xizmat muddati belgilangan buyumlarni kafolatli tuzatish va 
ularga kafolatli xizmat kо‘rsatish xarajatlari. 
7. Mahsulot (xizmatlar)ni majburiy sertifikatsiya kilish xarajatlari. 
8. Ishlab chiqarish jarohatlari tufayli mehnat qobiliyati yо‘qotilishi 
munosabati bilan tegishli vakolatli organlarning qarorlari asosida va karorlarisiz 
tо‘lanadigan nafaqalar. 
9. Umumiy foydalaniladigan yо‘lovchilar transporti xizmat kо‘rsatmaydigan 
yо‘nalishlarda xodimlarni ish joyiga olib borish va olib kelish bilan bog‘liq 
xarajatlar. 
Maxsulot tannarxi nazariyasida mahsulot tannarxi strukturasi degan muhim 
tushuncha mavjud. U ayrim xarajatlarning mahsulot ishlab chiqarish uchun 
sarflanadigan jami xarajatlar summasidagi nisbatini kо‘rsatadi. Odatda, struktura 
foiz hisobida о‘lchanadi. 
Tannarx strukturasi tarmoklar va korxonalarning xususiyatiga, ishlab 
chiqarish texnologiyasi va ishlab chiqarishning tashkil qilinishiga bog‘liqdir. 
Mahsulot tannarxining strukturasi о‘zgarmas miqdor hisoblanmaydi. 
Sanoatning о‘sishi, texnika va ishlab chiqarish texnologiyasi takomillashishi, 
asosiy va aylanma fondlardan foydalanishning yaxshilanishi, ish haqi miqdorining 
о‘zgarishi, iste’mol buyumlari baholarining tartibga tushishi va transport 
tariflarining о‘zgarishi bilan mahsulot tannarxi strukturasi ham о‘zgaradi. 
Mahsulot tannarxida qaysi guruxdagi xarajatlar asosiy о‘rin tutishiga karab, 
sanoat tarmoqlari bir-biridan fark qiladi — kо‘p mehnat, kо‘p material, kо‘p 
energiya, kо‘p mablag‘ talab kiladigan bо‘ladi. Buni 8.1 - jadvaldagi 
ma’lumotlardan kо‘rish mumkin. 

Download 254,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish