Viii – mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari


 Yillik ishlab chiqarish xarajatlari va kalkulyatsiya bandlari buyicha



Download 254,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana16.03.2022
Hajmi254,47 Kb.
#495060
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
8-MAVZU (1)

8.3. Yillik ishlab chiqarish xarajatlari va kalkulyatsiya bandlari buyicha 
xarajatlar 
 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi 
xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda Uzbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Maxsulot 
(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda 
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi tо‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq amalga 
oshiriladi. 
Mahsulot (ishlar, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi 
xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga kо‘ra, kuyidagi elementlar bilan 
guruhlarga ajratiladi: 
- ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati 
chiqarilib tashlangan holda); 
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari; 
- ishlab chiqarishga tegishli bо‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga 
ajratmalar;


- asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi; 
- ishlab chiqarish axamiyatiga ega bо‘lgan 
boshqa 
xarajatlar.
I. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar. 
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli 
bо‘ladi: 
1. Ishlab chiqariladigan mahsulot asosini tashkil etib, uning tarkibiga 
kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar kо‘rsatishda) 
zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xomashyo va materiallar. 
2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni о‘rash uchun 
mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish extiyojlariga 
sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar 
sinovini о‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish), ishlab 
chiqarish jarayonida foydalaniladigan, xarid qilinadigan materiallar, shuningdek
asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar, instrumentlar, moslamalar, 
inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari va asosiy fondlarga kirmaydigan 
boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi. 
3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xо‘jalik yurituvchi subyektda montaj 
qilinadigan yoki qо‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim 
tayyor mahsulotlar. 
4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xо‘jalik yurituvchi 
subyektning ichki tarkibiy bо‘linmalari tomonidan bajariladigan, faoliyatning 
asosiy turiga tegishli bо‘lmagan, lekin ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan 
ishlar va xizmatlar. 
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bо‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot 
tayyorlash bо‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xomashyo va materiallarga 
ishlov berish, iste’mol qilinayottan ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun 
sinovlar о‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya etilishi ustidan 
nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli 
bо‘ladi. 
Xо‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport 
xizmatlari (xomashyo, materiallar, detallar, instrumentlar, inventarlar, yuklarning 
boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va tayyor mahsulotni 
saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan 
xizmatlarga tegishli bо‘ladi. 
5. Tabiiy xomashyo (yer rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan 
yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish 
ishlariga haq tо‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq tо‘lash, sanoat 
korxonalari tomonidan suv xо‘jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida va 
undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq tо‘lash. Sanoatning xomashyo tarmoqlari 
uchun — yog‘och-taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan (rudadan) 
foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yeki atrof-muxitni 
tiklash xarajatlari. 
6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab chiqarishga, 
binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib olinadigan barcha 


turlari, xujalik yurituvchi subyektlarning transporti tomonidan bajariladigan ishlab 
chiqarishga xizmat kо‘rsatish bо‘yicha transport ishlari. 
7. Xо‘jalik yurituvchi 
subyektning 
texnologik, transport va boshqa ishlab chiqarish 
hamda xо‘jalik extiyejlariga sarflanadigan barcha turdagi xarid kilinadigan 
energiY. (Xujalik yurituvchi 
subyektning 
о‘zi tomonidan ishlab chikariladigan elektr 
energiyasi va energiyaning boshqa turlariga, shuningdek, xarid kilinadigan 
energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya kilish va uzatish xarajatlari 
xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi). 
8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yо‘qolish normalari 
doirasida va ulardan ortiqcha yо‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam chiqishi. 
9. Xо‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan moddiy 
resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish ishlari ham shu 
jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli elementlariga kirishi kerak 
(mehnatga haq tо‘lash xarajatlari, asosiy fondlar amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar 
va boshqalar). 
10. Xо‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni yetkazib 
beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga kiritiladi. 
11. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan 
qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va о‘rash-joylash materiallari kiymati 
ularning amalda sotilishi, foydalanishi, ishlatilishi yoki omborga kirim qilinishi 
narxi bо‘yicha chiqarib tashlanadi. 
12. «Moddiy xarajatlar» elementi bо‘yicha aks ettiriladigan moddiy resurslar 
qiymati sotib olish narxidan, jumladan, barter bitishuvlarida, qо‘shimcha narx 
(ustama)dan, ta’minot, tashki iktisodiy tashkilotlar tomonidan tulanadigan 
vositachilik takdirlashlaridan, tovar birjalari xizmatlari qiymatidan, xususan, 
brokerlik xizmatlaridan, bojlar va yig‘imlardan, transportda tashishga haq 
tо‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va 
yetkazib berishga hak tо‘lashdan kelib chiqib shakllanadi. 
II. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bulgan mehnatga haq tо‘lash xarajatlari. 
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan mexnatga haq tо‘lash xarajatlari 
tarkibiga quyidagi moddalar kiritiladi: 
1. Xо‘jalik yurituvchi subyektda qabul qilingan mehnatga haq tо‘lash 
shakllari va tizimlariga muvofiq bajariladigan narxnomalar, tarif stavkalari va 
lavozim maoshlaridan kelib chiqib hisoblangan, amalda bajariladigan ish uchun 
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bо‘lgan ish haqi, shu jumladan, bajarilgan ishni 
hisobga olish bо‘yicha dastlabki xujjatlarda nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi 
tusdagi tо‘lovlar. 
2. Kasb mahorati va murabbiylik uchun tarif stavkalari va okladlarga 
ustamalar. 
3. Ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bogliq bulgan kompensatsiya tusidagi 
tо‘lovlar, shu jumladan: 
- texnologik jarayon jadvalida nazarda tutilgan tungi vaqtda, ishdan tashqari 
vaktda, dam olish va bayram (ishlanmaydigan) kunlarida ishlaganlik uchun tarif 
stavkalari va okladlarga ustamalar va qо‘shimcha haq; 


- kо‘p smenali rejimda ishlaganlik, kasblarni birga kushib olib borganlik va 
xizmat kо‘rsatish zonalarini kengaytirganlik uchun ustamalar; 
- hukumat tomonidan tasdiqlangan kasblar va ishlar rо‘ixati bо‘yicha og‘ir, 
zararli, alohida zararli mehnat va tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun 
ustamalar, xususan, ushbu sharoitlardagi uzluksiz ish staji uchun ustamalar; 
- aloka, temir yо‘l, 
dars, 
avtomobil transporti va katta yо‘llar xodimlari 
doimiy ishi yо‘lda о‘tadigan yoki qatnov tusiga ega bо‘lgan boshqa xodimlarning 
ish haqiga, xо‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan jо‘nagan paytadan 
boshlab shu joyga qaytib kelgan paytigacha tо‘lanadigan yо‘lda о‘tgan har bir 
sutka uchun tо‘lanadigan ustamalar; 
- qurilishda, rekonstruksiya qilishda va mukammal ta’mirlashda bevosita 
band bо‘lgan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollarda vaxta usuli 
bilan ishlarni bajargan xodimlarga ishning kо‘chma va qatnov xususiyata uchun 
ustama; 
- doimiy ravishda yer osti ishlarida band bо‘lgan xodimlarga ularning 
shaxtada (konda) ish joyiga jо‘nab ketishlaridan va orqaga qaytishlarigacha 
о‘tadigan normativ vaqt uchun qо‘shimcha haq; 
- mehnatga haq tо‘lashning rayonlar bо‘yicha tartibga solinishiga, shu 
jumladan, rayon koeffitsiyentlari va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq chо‘l, 
suvsiz va yuqori tog‘ joylarida ishlaganlik uchun koeffitsiyentlar bilan belgilangan 
tо‘lovlar; 
- xо‘jalik yurituvchi subyekt joylashgan joydan (yig‘ilish punktidan) ish 
joyiga va orqaga qaytadigan yо‘lda о‘tadigan kunlar uchun vaxtada ishlash 
jadvalida nazarda tutilgan, shuningdek, xodimlarning meteorologiya sharoitlariga 
kura va transport tashkilotlari aybi bilan yо‘lda tutilib qolingan kunlar uchun tarif 
stavkasi. 
4. Ish vaxta usulida tashkil etilganda, ish vaqti jamlanib hisoblanganda va 
qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa hollarda xodimlarga ularga ish vaqtining 
normal davom etishidan ortiq ishlaganligi munosabati bilan beriladigan dam olish 
(ortiqcha ishlagan ish vaqti uchun dam olish) kunlari uchun haq tо‘lash. 
5. Ishlamagan vaqt uchun haq tо‘lash: 
- amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq navbatdagi (har yilgi) va qо‘shimcha 
ta’tillar, navbatdagi (har yilgi) foydalanilmagan va qо‘shimcha ta’tillar uchun 
kompensatsiyalar, о‘smirlarning imtiyozli soatlari, bolani ovqatlantirish uchun 
onalar ishidagi tanaffuslar, shuningdek, tibbiy kо‘rikdan о‘tash bilan bog‘liq vaqt 
uchun haq tо‘lash; 
- majburiy ta’tilda bо‘lgan xodimlarga asosiy ish haqini qisman saqlab qolgan 
holda haq tо‘lash; 
- donor xodimlarga qonini tekshirish, topshirish kunlari uchun va qon 
topshirilgan har bir kundan keyin beriladigan dam olish kunlari uchun haq tо‘lash; 
- davlat vazifalarini bajarganlik uchun (harbiy yig‘inlar, favqulodda vaziyatlar 
bо‘yicha yig‘inlar va boshqalar) mehnat haqi tо‘lash. 
6. Xо‘jalik yurituvchi subyekt shtatida turmaydigan xodimlar mehnatiga ular 
tomonidan 
fuk
arolik-xuqukiy tusdagi tuzilgan shartnomalar bо‘yicha ishlar 
bajarilganligi uchun haq tо‘lash, agar bajarilgan ish uchun xodimlar bilan hisob-


kitob xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan amalga oshirilsa, pudrat shartnomasi 
ham shu jumlaga kiradi. 
7. Belgilangan tartibga muvofiq ishlab chiqarish jarayonida katnashuvchi 
xodimlar mehnatiga haq tо‘lash fondiga kiritiladigan tо‘lovlarning boshqa turlari. 
III. Ishlab chiqarishga tegishli bо‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar. 
Ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalarga quyidagilar kiradi: 
1. Qonun hujjatlari bilan belgilangan normalar bо‘yicha mehnatga haq tо‘lash 
fondiga ijtimoiy tusdagi majburiy ajratmalar. 
2. Nodavlat pensiya jamg‘armalariga, ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaga va ixtiyoriy 
sug‘urtaning boshqa turlariga ajratmalar. 
IV. Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi. 
Asosiy vositalar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi bо‘yicha xarajatlar tarkibiga kuyidagilar kiradi: 
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki (tiklash) qiymatidan kelib 
chiqib xisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi (xisoblangan eskirish), 
lizing bо‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun hujjatlariga 
muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya ham shu jumlaga 
kiradi. 
2. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bо‘lgan nomoddiy aktivlar eskirishi har 
oyda xо‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan dastlabki qiymati va ulardan foydali 
foydalanish muddatidan (birok, xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan 
ortiq emas) kelib chiqib hisoblanadigan mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga 
tegishli bо‘ladi. Foydali foydalagann muddatini aniklash imkoni bо‘lmagan 
nomoddiy aktivlar bо‘yicha eskirish normasi besh yil hisobiga belgalanadi, biroq 
xо‘jalik yurituvchi subyekt faoliyati muddatidan ortiq emas. 
V. Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar. 
Ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlarni xisobga olishning navbatdagi 
kompleks moddalari 

Download 254,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish