6-MAVZU. KARDANLI UZATMAGA OID UMUMIY MA’LUMOTLAR.
KARDAN SHARNIRLARINING KINEMATIKASI
REJA:
1.
Kardan sharnirlarining kinematikasi.
2.
Kardanli vallarning kritik aylanishlar chastotasini aniqlash.
3.
Kardanli uzatmani hisoblash.
Zamonaviy avtomobillarda kardan uzatmalar, ayniqsa, yetakchi ko’prigi orqada
bo’lganlarida qo’llanilib kelinmoqda.
Kardan uzatmaning
vazifasi burovchi momentni bir biridan uzoqda va bir
chiziqda yotmagan nuqtalarga uzatishdan iborat. Atomobillarda harakat, asosan,
uzatmalar qutisining ikkilamchi o’qidan yetakchi ko’prikda joylashgan bosh
(markaziy)uzatmaga uzatiladi. Ular orasidagi masofa uzoq, ikkala qismning o’qlari
bir umumiy chiziqda yotmaydi, masofa harakat paytida o’zgarib turadi. SHuning
uchun bunday sharoitda kardan uzatmalarni qo’llashning samarasi yuqori bo’ladi.
CHunki, ular harakat beruvchi va qabul qiluvchi nuqtalarni bir biriga nisbatan
og’maligi 30
0
gacha bo’lgan holatini kompensatsiya qilaoladi.
Kardanli uzatma quyidagilardan tashkil topgan:
•elastik mufta
•shlitsali birikma
•oldingi kardanli val
•tayanch podshipnik
•oldingi kardan sharniri
•orqa kardan val
•orqa kardan sharniri
1-rasm. Kardan sharnirlari.
a-burchak tezliklari teng bo’lmagan; 1-qopqoq; 2-stakan; 3-ninasimon podshipnik;
4-salnik; 5 va 9-vilkalar; 6-saqlagich klapan; 7-krestovinv; 8-moylagich; 10-bolt;
b-burchak tezliklari teng bo’lgan sharikli; 1-ichki yarim o’q; 2 va 3-etakchi va
yetaklanuvchi vilkalar; 3-shtift; 4-shpilka; 6-tashki yarim o’q; 7-etakchi yonbosh
shariklar; 8-markaziy sharik; v-burchak tezliklari teng bo’lgan kulachokli; 1-tashki
o’q; 2 va 6-vilkalar; 3 va 5-qulachoqlar; 4-disk; 7-ichki yarim o’q.
Kardanli uzatma o‘qlari bir-biriga to‘g‘ri yotmagan va o‘z holatini o‘zgartira
oladigan vallar yordamida burovchi momentni kuch uzatmaning bir agregatidan
boshqa agregatiga uzatib beradi. Avtomobilning kuch uzatmasiga o‘rnatilgan
kardanli uzatma dvigateldan olinadigan burovchi momentni uzatmalar qutisi orqali
bitta yetakchi ko‘prikka tarqatish qutisi yordamida bir nechta ko‘prikka uzatib
berishi lozim. Avtomobil notekis yo‘llarda yurganida yetakchi ko‘prik ramaga
nisbatan tik tekislikda tebranib, uzatish burchagi o‘zgarib turadi. Shu sababli
burovchi momentning uzatmalar kutisidan (yoki taqsimlash kutisidan) yetakchi
ko‘prikga o‘zgaruvchan burchak ostida uzatishda kardanli uzatmadan foydalaniladi.
Kardan sharnirlar o‘qlari bir-biriga nisbatan to‘g‘ri yotmagan vallardan burovchi
momentni o‘zaro uzatish uchun xizmat kiladi. Tepish va buralma tebranishlar
xavfini kamaytirish uchun aksari zamonaviy avtomobillarda kardanli, sharnirli
hamda ikkita val shuningdek, oraliq tayanchdan tashkil topgan kardanli uzatmadan
foydalaniladi. Bunda uzatmaning uzayib qisqarishini ta’minlaydigan shlitsali
birikma mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |