Iii bob. Kichik biznes va xususiy korxonalarni tashkil etish


-ilova Shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik



Download 0,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/21
Sana16.03.2022
Hajmi0,67 Mb.
#494052
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-mavzu(2)

2-ilova
Shaharlar va tumanlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik
sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyasining namunaviy
tuzilmasi
Inspeksiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
- tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni mo‘ljallagan ariza beruvchining huj- 
jatlarini hamda buning uchun zarur bo‘lgan asoslarni qabul qilish va ek- 
spertizadan o‘tkazish;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muhandislik kommu- 
nikatsiyalariga ulanish, turar joylarni noturar joy toifasiga o‘tkazish, 
obyektlarni qurish va rekonstruktsiya qilishga texnik shartlarni belgilangan tart- 
ibda rasmiylashtirish uchun ularning vakolatlari doirasida majburiy tartibda 
kelishiladigan va ruxsat olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash;
- yuqorida ko‘rsatilgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni hisobga ol- 
gan holda tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, reyestrni 
yuritish, shuningdek, ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo‘yish;
- ariza beruvchiga barcha ruxsat beruvchi hujjatlar bilan uning tadbirkorlik 
sub’yekti sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma be r- 
ish;
- yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish kitobi bilan ta’minlashda adliya idoralari bilan o‘zaro hamkorlik qi- 
lish.
Inspeksiya yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi vazifalarni
amalga oshiradi:
- davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun, shuningdek, tugatilishi munosabati bilan 
davlat reyestridan chiqarish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilish va ek- 
spertizadan o‘tkazish;
- tadbirkorlik subyektlarining davlat reestrini yuritish;
57


- tadbirkorlik subyektlarini soliq va statistika organlarida hisobga qo‘yishni tash­
kil etish hamda muhr va shtamp tayyorlash uchun ichki ishlar organlarining 
ruxsatnomasini olish;
- statistika kodlari va soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini ko‘rsatgan 
holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani, shuningdek 
muhr va shtamp tayorlash uchun ichki ishlar organlarining ruxsatnomasini tad- 
birkorlik subyektlariga berish;
- yilning har choragida ro‘yxatdan o‘tkazilgan va hisobda turgan ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan tadbirkorlik subyektlari sonini soliq va statistika organlari bilan 
solishtirish;
- obyektlarni qurish, qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun vako- 
latli organlarda va foydalanish tashkilotlarida ruxsat beruvchi (chiqish- 
ruxsatnoma) loyiha oldi hujjatlarini, shu jumladan geodeziya-topografiya 
kartasi, arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i va muhandislik kommunikatsiya- 
lariga ulanish uchun texnik shartlarni rasmiylashtirish;
- obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun tegishli rux- 
satnoma olib berilishini ta’minlash;
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun turar joylarni noturar joylar 
toifasiga o‘tkazish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni tezkor ravishda 
rasmiylashtirish;
- yangi tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini tekshirishlarni ro‘yxatdan 
o‘tkazish kitobi bilan ta’minlash:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ruxsat beruvchi 
hujjatlarni rasmiylashtirish bilan bog‘liq boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Inspeksiyaning tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
(taqdim etilgan hujjatlarni ekspertiza qilish) va davlat reyestrini yuritishga doir 
vazifalari Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish bo‘limi (mutaxassisi) 
tomonidan (Tadbirkorlik subyektlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, hisobga 
qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to ‘g‘risida Nizom) 
ga asosan amalga oshiriladi.
Tadbirkorlik subyektlarini huquqiy shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish 
uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga (shaxsan kelib yoki pochta orqali) mazkur 
Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza taqdim etiladi. Davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish to‘g‘risidagi arizaga:
- ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi (davlat korxonalari 
negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
notarial tasdiqlangan ta’sis hujjatlari talab etilmaydi);
- tadbirkorlik subyektining pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat (fermer va 
dehqon xo‘jaliklari, shuningdek? davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan 
jamiyatlar bundan mustasno);
- belgilangan tartibda shaharlar (tumanlar) statistika organlari tomonidan berilgan 
firma nomi to‘g‘risidagi guvohnoma;
- muhr va shtamp eskizlari uch nusxada ilova qilinadi.
58


Huquqiy shaxs bo‘lmasdan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektini davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish arizaga ilova qilinadigan quyidagi hujjatlar asosida amalga 
oshiriladi (1a-ilova):
- yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun;
- 3 x 4 sm o‘lchamli ikkita fotosurat;
- ro‘yxatdan 
o‘tkazish 
yig‘imining 
belgilangan 
miqdori 
to‘langanligi 
to‘g‘risidagi bank to‘lov hujjati;
- muhr va shtamp eskizlari uch nusxada (yakka tartibdagi tadbirkor xohishiga 
ko‘ra);
- dehqon xo ‘j aligini davlat ro ‘yxatidan o‘tkazish uchun:
- qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy yig‘ilishining yoki 
yuqori boshqaruv organining yohud boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi ish 
beruv-chisi (ma’muriyati)ning xo‘jalik tashkil etish to‘g‘risidagi qarori;
- muhr va shtamp eskizlari (ariza beruvchining xohishiga ko‘ra).
Yakka tartibdagi tadbirkor va huquqiy shaxs bo‘lmagan dehqon xo‘j aligini 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ariza berishda pasport ko‘rsatiladi.
Tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish va hisobga olish, statistika va 
soliq organlariga tag‘dim etish uchun zarur bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari 
to‘g‘risidagi ma’lumotlar «Tadbirkorlik subyektini davlat ro‘yxatidan o‘tazish, 
hisobga qo‘yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi 
Nizomiga» 2, 2a, 4, 5, 5a, 5b, 6, 6a, 7-ilovalarda keltirilgan.
59



Download 0,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish